6. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING DASTLABKI VA ASOSIY
HIMOYALARINI O’TKAZISH, SO’NGRA ULARNI SAQLASH VA
FOYDALANISH TARTIBI
6.1. Malakaviy ishning dastlabki himoyasini o’tkazish tartibi.….…………… 44
6.2. Taqrizchilarga taqdim etish..............…..........................……….…..….….45
6.3. Ma`ruza va taqdimotlarni tayyorlash ..................................................…...46
6.4. Malakaviy ishning asosiy himoyasini o’tkazish tartibi....................…….. 48
6.5. Malakaviy ishni baholash mezonlari...............…................................……49
6.6. Bitiruv malakaviy ishni chet tilidagi izohli lug`at tuzish.............................52
6.7. Bitiruv malakaviy ishni saqlash va undan foydalanish tartibi.…................ 52
ILOVALAR............................…...........................…..................….....................53
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………….............................70
4
SO’Z BOSHI
Oliy ta`lim muassasalarida bakalavrlarni tayyorlash tasniflagichiga ko’ra
5140400- Biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi bo’yicha bitiruvchilarning
yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga fanlararo davlat imtihonlari, bitiruv
malakaviy ishini tayyorlash va himoya qilish jarayonlari kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta`lim vazirligining 2010 yil 9
iyundagi 225-sonli
buyrug`iga asosan oliy ta`limda tahsil oluvchi talabalar yakuniy
davlat attestatsiyasi talablariga binoan bitiruv malakaviy ishini yozadilar va
himoya qiladilar.
Yakuniy davlat attestatsiyasini o’tkazishdan maqsad - 5140400- Biologiya
o’qitish metodikasi yo’nalishi bo’yicha bitiruvchilarni Davlat ta`lim standarti
talablari darajasiga muvofiqligini ta`minlash hamda kasbiy pedagogik masalalarni
echish asosida ularning amaliy va nazariy tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan
iborat.
Bitiruv malakaviy ish “Oliy ta`lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishini
tayyorlash tartibi haqida Nizom” asosida tayyorlanadi. O’quv yili uchun yakuniy
attestatsiya sinovlarining dasturlari va bitiruv malakaviy ishni baholash mezonlari
kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinadi va oliy ta`lim muassasasi Ilmiy metodik
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzulari ta`lim muassasasining bitiruvchilarni
tayyorlovchi kafedralar tomonidan mutaxassislarga talabgorlarning talablarini,
shuningdek, zamonaviy fan, texnika, texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda
belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi tahliliy, ilmiy-tadqiqiy yoki amaliy
yo’nalishida bo’lishi mumkin.
Bo’lajak pedagoglarning bitiruv malakaviy ishlari bo’yicha muammo echimi
yuzasidan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish va olingan natijalarga ishlov
berish, umumlashtirish va tahlil qilish kabilar ifoda etilishi lozim. Bitiruv
malakaviy ishida bakalavr umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo’yicha bilimlar
qo’llanilishini talab qiladigan tugallangan kasbiy pedagogik topshiriqni echadi.
5
Bu ishda bakalavr:
- echilayotgan topshiriq bo’yicha muammo holatining sharhi va bu
masalaning tahlilini beradi;
- kasbiy-pedagogik talablarni ifodalaydi, topshiriqni echish talqinlarini ko’rib
chiqadi va oqilona yo’lni aniqlaydi;
- oqilona yo’lning hisob-kitobi, pedagogik va metodik echimini beradi;
- topshiriq echimi bo’yicha xulosa va takliflarni beradi hamda ularni mos
sohalarida qo’llash imkoniyatini aniqlaydi.
Talabaga bitiruv malakaviy ish topshirig`i uchinchi kursda o’qish davomida
beriladi. Ish umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni talaba o’zlashtirib borgani sari
to’rtinchi kurs va pedagogik amaliyot davomida mazkur standartda bajarish uchun
ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi.
Bitiruv malakaviy ish himoyasini o’tkazish bo’yicha oliy ta`lim muassasasida
rektor buyrug`i bilan Davlat attestatsiya komissiyalari tashkil etiladi.
Har kalendar yilida oliy ta`lim muassasasi rektorining taklifi asosida Oliy va
o’rta maxsus ta`lim vazirligining buyrug`i bilan ushbu ta`lim muassasasida
ishlamayotgan olimlar, ishlab chiqarishning etakchi mutaxassislari tarkibidan
Davlat attestatsiya komissiyasi raislari tayinlanadilar.
Davlat attestatsiya komissiyalari, mutaxassis tayyorlovchi tayanch oliy ta`lim
muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari tarkibidan, shuningdek, mazkur soha
kadrlarini iste`molchilari bo’lgan ta`lim muassasalarning yuqori malakali
mutaxassislari, turdosh oliy ta`lim muassasalarning etakchi professor-o’qituvchi va
ilmiy xodimlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tizimidagi muvofiq
sohalar olimlaridan shakllantiriladi.
Bitiruv malakaviy ish himoyasini o’tkazish bo’yicha Davlat attestatsiya
komissiyasining tarkibi oliy ta`lim muassasasi rektori tomonidan himoya
boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.
5140400- Biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi bo’yicha bitiruv malakaviy
ish himoyasiga ta`lim dasturlarini to’liq tugatgan va o’quv rejasida nazarda tutilgan
barcha attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan shaxslar qo’yiladi.
6
Bitiruv malakaviy ishlar himoyasi (yopiq mavzulardagi ishlardan tashqari)
Davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, a`zolarning uchdan ikki
qismi ishtirok etgan holda o’tkaziladi.
Bitiruv malakaviy ishlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda
baholanadi hamda attestatsiya komissiyasining majlis bayoni belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgandan so’ng shu kunning o’zida e`lon qilinadi.
Davlat attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi
natijalari asosida ularga 5140400- Biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi
bo’yicha bakalavr darajasidan o’rnatilgan nusxada diplom berish haqida qaror
qabul qiladi.
Davlat attestatsiya komissiyalarining qarorlari ochiq ovoz berish yo’li bilan,
majlisda ishtirok etuvchilarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng
bo’lgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ushbu metodik tavsiyanoma O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim
to’g`risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, oliy ta`lim
muassasasining 5140400- Biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi bo’yicha
bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yiladigan
talablar asosidagi Davlat ta`lim standarti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent
davlat pedagogika universitetlarida yillar mobaynida to’plangan boy tajribalar
asosida tuzilgan.
Mualliflar tomonidan taqdim etilayotgan mazkur metodik tavsiyanoma
bitiruvchi talabalarga malakaviy ishlarni tayyorlash va ularni himoya kilish
jarayonida zaruriy manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu qo’llanma asosida
bitiruvchi talabalar malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi
shuningdek, bitiruv malakaviy ishining mazmuni va tarkibiy tuzilishi va
rasmiylashtirish hamda tayyorlash ketma-ketligi bo’yicha ularga qo’yiladigan
umumiy talablarni aniqlab oladilar.
|