Bitiruv oldi amaliyot xisoboti



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə7/14
tarix22.09.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#146884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Xisobot

1. Butun olam to`rida ma'lumotlar omboridan keng foydalaniladi. Masalan, ulardan kerakli web sahifani qidirib topishda foydalaniladi.
To`rda qidiruv maxsus saytlardan boshlanadi. Bu sayt sahifasida qidiruv qay tarzda va nimani qidirish kerakligiga qarab, kerakli maydonchalarga ma'lumotlar kiritiladi. Bundan tashqari, bu sahifada qidiruv CGI stsenariyini ishlatish uchun HTML kod ham bo`ladi.
Brauzer qidiruv haqidagi ma'lumotni serverga qidiruv satri orqali jo`natadi. qidiruv satrida bu qidiruv uchun mo`ljallangan CGI stsenariyi va u joylashgan papka ko`rsatiladi. Odatda barcha CGI stsenariylar serverning cgi-bin papkasiga joylanadi. qidiruv satrida nima qidirilishi ham ko`rsatiladi. Bu narsa stsenariydan “/” belgisi bilan ajratiladi. qidirilayotgan ob'ekt xossalari bir-biridan “&” belgisi (ampersend deb o`qiladi) bilan ajratiladi. Bo`sh joy o`rniga “+” ishorasidan foydalaniladi.
Masalan, qidiruv ma'lumotlari omboridan ismi-sharifi Aliev Vali bo`lgan va Pop tumanida yashovchi shaxsni qidir stsenariyi yordamida topish uchun quyidagi HTML kod yoziladi.

2. Qidiruv satri web serverga jo`natilgach, undagi ma'lumotlar CGI orqali ma'lumotlar omboriga jo`natiladi.
3. Ma'lumotlar omboridan qidiruv talablariga javob beruvchi yozuvlar ajratib olinadi.
4. Ajratib olingan ma'lumotlarni cgi yangi html sahifa ko`rinishida serverga kiritadi. Server bu sahifani brauzerga jo`natadi.
WEB XIZMATLAR
Web xizmatlari va uning yaqin qarindoshi .NET ko`pchilikka ma'lum bo`lmagan texnologiyalardir. Ular Internetden shaxsiy yoki tijorat maqsadida foydalanish samaradorligini keskin oshirib yuboradi. Ular turli dasturlar va xizmatlardan masofadan turib foydalanish, turli ma'lumotlarni kompyuteringizning ishchi stoliga avtomatik etkazib berishga xizmat qiladi. Bu texnologiyalar o`ta moslashuvchan bo`lib, ulardan turli maqsadlarda foydalanish mumkin.
Masalan, bu texnologiyalar asosida minut sayin o`zgarib turadigan obi-havo, bozordagi narx-navo yoki valyuta kursi haqidagi ma'lumotlarni doimiy ravishda olib turish mumkin. Bu texnologiya yordamida tijorat bo`yicha hamkorlarning kompyuter tizimlarini birlashtirish mumkin.
Bu ikki texnologiya oxirgi paytda ko`p muhokama qilinayotganligiga qaramay, uning imkoniyatlarini noto`g`ri tushunayotganlar kam emas. Ular juda murakkab tuyulsada, aslida moduli dasturiy komponentalar bo`lib, internetning maxsus aloqa protokollaridan foydalanadilar. Ular Internetda jimgina inqilob qilayotgan texnologiyalardir, chunki bu texnologiyalardan foydalanish shaxsiy kompyuterning operatsion tizimidan voz kechish imkonini beradi. Narxi bir necha yuz, xatto, yuz ming dollar turadigan dasturni sotib olish o`rniga undan internet orqali kompyuterning web brauzerida bepul foydalanish mumkin.
Web xizmatlari tushunchasiga ko`p narsalarni kiritishsa-da, aslida haqiqiy web xizmatlari faqat bir qator protokollar va texnologiyalardan foydalanadilar. web xizmatlarning negizi XML (Extensible Markup Language – kengayadigan hoshiyalash tili) dir. Bu til yordamida taklif qilinayotgan va qilinadigan xizmatlar tavsiflanadi.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin