SOAP (Simple Object Access Protocol – ob'ektlar bilan ishlashning sodda protokoli) web xizmatlar bilan bog`lanishning standartidir. Boshqa muhim texnologiyalar WSDL (Web Services Description Language – Web xizmatlarini tavsiflash tili) and UDDI (Universal Description, Discovery and Integration – universal tavsiflash, yaratish va integratsiyalash)lardir.
1. Web xizmatlari va .NET dasturlar boshqa xizmatlardan brauzer yordamida Internet orqali masofadan turib foydalanish imkonini beradi. Dastlab .NET da yoki web xizmatlar sifatida ishlatiladigan xizmatlar, dasturlar yaratilishi kerak. Web xizmatlar odatda JAVA tilida yoziladi.
.NET da ishlaydigan dasturlar Visual Studio.NET platformasida yaratiladi. Unda dasturlar yaratish uchun turli tillar, masalan, Visual Basic.NET, Visual C#.NET kabi tillardan foydalanish mumkin. Bu xizmatlar va dasturlar yozilgach, ular ilovalar serveriga joylanadi va bu server talablarga ko`ra bu xizmatlarni etkazib beradi. Xizmatlar joylashgan sayt xizmatlar provayderi (etkazib beruvchisi) deyiladi.
2. WSDL (Web Services Descriptions Language –web xizmatlarni tasvirlash tili) xizmatlarni tavsiflash uchun xizmat qiladi. Tavsiflash paytida bu xizmatning aniq joylashgan o`rni, uni qanday ishga tushirish, u taklif qiladigan xizmat turi va shunga o`xshash ma'lumotlar aniqlashtiriladi. Xizmatlarni tavsiflovchisi XML tili konstruktsiyalarida yaratiladi.
3. Servis registrlarida taklif qilinayotgan xizmat turlari qayd qilinadi. Xizmat tavsiflovchilari ularni SOAP (Simple Object Access Protocol – ob'ektlarga etishishning soda protokoli) protokoli yordamida servis registrida qayd qiladilar. Servis registrlarida UDDI (Universal Description Discovery and Integration – tavsiflash, yaratish va joriy qilishning universal standarti) deb nomlanuvchi standartlar guruhi yordamida kompaniyalar o`zlari va taklif qilinayotgan xizmatlari xaqida axborotni e'lon qiladilar. Foydalanuvchilar esa kerakli xizmatlarni qidirib topadilar va ishlatadilar.