Bizlar kichik askarlar



Yüklə 309,32 Kb.
səhifə19/33
tarix07.01.2024
ölçüsü309,32 Kb.
#209627
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
14 yanvar Vatan himoyachilar kuni ssenariylar

Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch,
Hamma: - Saflarimiz zich.
Yakka ovoz: - Baland bo’lsin parvozing
Hamma: - Samolarda uch.
Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch,
Hamma: - Doim zafar quch.
Yakka ovoz: - Qudratimiz qoshida
Hamma: - Dushman makri puch.
Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch,
Hamma: - Tanga sig'mas kuch.
Yakka ovoz: - Vatan uchun ko'ksimiz -
Hamma: - Qalqon va qilich.
Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch,

Hamma: - Olam bo'lsin tinch.




Yakka ovoz: - Ona yurtni qo’riqlash -
Hamma: - Eng muqaddas burch!
“TO`XTA” degan buyruq boladi o`quvchilar to`xtaydi. «Sahnaga yuzlanib, o'ngga buril!» Saflan!

Marhabo chiqadi. Ballar e`lon qilinadi


O`quvchilar taqdirlanadi.




Boshlovchi: Mana shu qutlug' bayram kunida biz Vatanni himoya qilishdek murakkab, ayni paytda dunyodagi eng olijanob va mas'uliyatli burchni sharaf bilan ado etayotgan mard va jasur posbonlarimizni hamda barcha hamyurtlarimizni samimiy qutlaymiz!


Boshlovchi: Bugungi tantanali bayram bilan tabriklash uchun so`zni maktabimiz direktori
_________________________ga beramiz.


Rahmat.

Bugungi bayram tadbirimiz shu bilan yakun yasaymiz.


E`tiboringiz uchun, rahmat.




Tayyorladi: Buxoro shahar 4- sonli nemis tiliga ixtisoslashgan davlat umumta`lim maktabi sinf rahbari Qutliyeva Dilbarning ”O`zbegim o`g`lonlari” mavzusida o`tkazgan tadbir mazmunnomasi.

14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni»ga
«O`zbekiston askarlari»

Zal bayrmona sharlar bilan bezatiladi. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlari, vatan himoyachilari bo`lmish yosh askarlar plakatlari namoyish etilgan. Sahnaning o`ng tomonida davlatimiz bayrog`i qo`yilgan.


Sahnaga vatanni madh etuvchi kuy orqali ikki boshlovchi va yosh askarlar libosida o`quvchilar chiqadilar.
1-boshlovchi: Assolomu alaykum, hurmatli ustozlar! Qadrli mehmonlar, aziz o`quvchilar!
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etiladi.
O`quvchilar sahnaga birin-ketin chiqib davlat ramzlari haqida so`zlaydilar.
- 1991-yil 1sentabr O`zbekiston respublikasi o`z mustaqilligiga erishgan kun.
-Mustaqil davlatimizning o`z gerbi bor.
-O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`iga ega.
-O`zbekiston sportchilarining g`oliblik shohsuppasiga ko`tarilganlariga yangrovchi madhiyamiz bor.
Yosh askarlar vatanni madh etuvchi she`r aytadilar:
-Vatan deya ko`z ochsam,
Shirin o`yga tolaman.
Shunday go`zal zamonda,
Yayrab nafas olaman.

-Yurtim deya she`r yozsam,


Tanda jonim yayraydi.
Quvonchga to`lib bu dam
Sevin chyoshim tinmaydi.

-Azizlarim, ayting


Bu ishtiyoqmi yo havas
Vatan degan tuyg`uga
Bo`lgim kelar hamnafas.

-Maqsadimiz yagona,


Keling birdam bo`laylik,
Shu el, shu diyor uchun
Yonib xizmat qilaylik!

Yosh askarlar ijrosida «Askarlar» qo`shig`i kuylanadi.


1-boshlovchi: Davlatimiz o`z havfsizligini ta`minlash, yurt tinchligini SAqlash
maqsadida o`z armiyasiga va qurolli kuchiga egadir.
2-boshlovchi O`zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari
1992-yil 14-yanvarda tashkil topgan
1-boshlovchi: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 bobi, 125- moddasida: «O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari O`zbekiston Respublikasining davlat suverinitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va havfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.»
2-boshlovchi: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 126 - moddasida O`zbekiston Respublikasi o`z xavfsizligini ta`minlash uchun yetarli darajada Qurolli kuchlariga egaligi aytib o’tilgan.
O`quvchilar «Iftixor» she`rini aytishadi.
1-o`quvchi:


Yigirma yil o`tdi, lahzadek go`yo,
Qo`limni duoga ochayotirman.
Ozodlik, ozodlik, sening qadringni
Yurakdan his etib yashayotirman.

Yüklə 309,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin