Bizlar kichik askarlar


(Askarlar she’r aytishadi)



Yüklə 309,32 Kb.
səhifə27/33
tarix07.01.2024
ölçüsü309,32 Kb.
#209627
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
14 yanvar Vatan himoyachilar kuni ssenariylar

(Askarlar she’r aytishadi):
Qurolim mehrla ko’ksimga qo’yib,
Diyorim nomini ko’ksimga o’yib,
Xalqimni, elimni jonimdan suyib,
Ona vatanimga xizmat qilaman.

Ajdodlar o’gitin yodimda saqlab,


Tinchlik kalomini doimo yoqlab,
Sharafli farzandlik burchimni oqlab,
Ona vatanimga xizmat qilaman.

Men askarman doimo,


Hushyorlik menga qurol.
Darrov sezaman hatto,
Shitirlasa gar shamol.

Axir ona – Vatanim,


Tikkan menga ko’zini.
Fido etib bu jonim,
Oqlayman yurt tuzini.

Qo’riqlayman el tinchin,


Tonglarning kulgusini.
Keksalar baxt-sevinchin,
Go’daklar kelgusini.

Mustaqil ona vatan,


Mening ko’z qarog’imda.
Axir shu yurt, shu chaman,
O’stirdi quchog’ida.


Boshlovchilar: Beshikdagi o’g’il go’dak
Bo’lajak posbon demak.

Demishlarki, o’g’il bola dunyoga kelsa , dalayu- bog’lar, sahroyu sarhadlar shirin entikib qo’yarkan-bizni qo’riqlaydigan inson tug’ildi, deb Ollohga shukronalar aytarkan.


Chunki o’g’lonlar qadim-qadimdan Vatan himoyachisi, yurtining suyangan tog’i bo’lib kelgan. Ular hali go’dakligidanoq kamondozlik, nayzabozlik, chavandozlik, merganlik sirlarini o’rganishgan.


(sahnaga beshik tebratib o’g’liga alla aytayotgan ona namoyon bo’ladi)


Alla bolam, arslonim
Mening jasur o’g’lonim.
Kun va soat sayin o’s
Yomonlik yo’lini to’s.


Bola ulg’ayib, zabardast yigit bo’lipti.
(bola ulg’ayib, zabardast yigit ko’rinishida chiqadi)
Ona:
O’glim, senga bir nolam,
Vataning sotma bolam!
Qo’riqla uni har dam,
Shu tumor bersin yordam.
(qo’lidagi tumorni bo’yniga osib qo’yadi)
O’z yurtin sevgan har zot
Unga sodiq umrbod.
Seningdek mard o’g’lonlar
Vataniga qo’rg’onlar.


Yigit:
Onajon , gapingiz rost
Yurtni sevish qanday soz!
Qalbimda bir his o’sar,
Yomonlik yo’lin to’sar.
(barakalla o’g’lim, barakalla)

1. Har bir bola kelajakda chiniqqan va mard bo’lishni o’rganishi kerak. Uning eng birinchi orzusi ota-onasining yonida bo’lishi, osmon tinch bo’lishi, urushning bo’lmasligidir.


2. Yurtimiz urush daxshatini ko’rmasin. Ammo har qaysi mamalakatda kuchli armiya, albatta, mudofaa o’z yurtini qo’riqlash uchun saqlanadi. Bizda ham shunday armiya mavjud, qurolli kuchlarimizning turlari ham ko’p.


3. Har bir bola katta bo’lgach , o’z harbiy burchini o’tashni o’zining eng muqaddas burchi deb biladi. Voyaga yetgach, ana shu Qurolli kuchlarimizning qaysidir qismida xizmat qilishlari haqida ko’p o’ylaydilar.


4. Ana ular, bo’lajak vatan himoyachilari, tankchilar va desantchilar, uchuvchilar, to’pchilar, piyoda askarlar, havo hujumidan mudofaa qo’shni askarlari, raketachilar, harbiy aloqachilar, dengizchilar va chegarachilar.


5.Mana bizning mard va jasur himoyachilarimiz. Ularning orzulari ham, aytmoqchi bo’lgan so’zlari ham bir olam.





Yüklə 309,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin