Bizlar kichik askarlar



Yüklə 309,32 Kb.
səhifə30/33
tarix07.01.2024
ölçüsü309,32 Kb.
#209627
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
14 yanvar Vatan himoyachilar kuni ssenariylar

Raqs. Serjantlar
Maqolllar
1. Vatan – muqaddas, uning har qarichi aziz.
2. Vataning tinch – sen tinch.
3. Tinchlik bilan – el ko’karar
Yomg’ir nilan yer ko’karar.
4. Ona yerning tuprog’i - ona sutidek aziz.

5. El qudrati - chin qudrat,


Vatan tuprog’i qimmat.
6. Yurt qo’risang o’sarsan,
Qo’rimasang to’zarsan.


Sahna ko’rinishi:
Sahnada stulda ayasi bilan dadasi choy ichib o’tiradi.. shu payt kichkina o’g’ilchasi yugurib keladi:
-akajonim keldi.
Orqasidan qizil diplomini ko’tarib talaba o’gli kirib keladi.
-assalomu alaykum dadajon, ayajon
-vaalaykum salom, o’g’lim.
-kel, kel bolam.
O’g’il:-onajon, dadajon, meni tabriklang. Sizlarning tarbiyangiz va ustozlarim ko’magi yordamida bugun menga barchaning ko’z oldida kollejimiz direktori qizil shahodatnomani qo’limga tutqazdilar. Ustozlarim va o’rtoqlarim mendan faxrlanishdi. Ota-onangga raxmat deyishdi.
Ota:-Barakalla o’g’lim, senga ishonardim, bizning yuzimizni yerga qaratmasdan, shunday aqlli va ziyrak bola bo’lganliging uchun senga ham rahmat o’g’lim.
Ona: - o’rgilay bolaginamdan, o’zimning bilimdon, zukko o’g’lim.
Ota:- qoyil, mana ota o’g’ilda, hamma baholari besh. Ko’rayapsanmi Fazodjon, sen ham akangdan o’rnak ol. O’g’lim, mana endi aqlingni amalda ko’rsatishni vaqti keldi. Har bir yigit vatan oldidagi burchini bajarishi shart. Bobong ham, men ham harbiy xizmat safariga borganmiz. Sen ham endi o’z askarlik burchingni bajarishing kerak. Ya’ni biz seni endi onang bilan kelishib xizmat safariga yubormoqchimiz. Posbonlar safida seni ko’rish bizning orzuyimiz.
Ona:- Ha, bolaginam, askar bo’lish vataning oldidagi eng oily burchingdir. Xudo xohlasa ukang ham askar bo’ladi, shundaymi bolam?
Fazod:- ha, oyijon, shunday.
O’g’il:- ho’p bo’ladi, oyijon, dadajon, vatanim sarhadlarini qo’riqlashdek vazifani a’lo darajada bajarishga so’z beraman
Ona:- Mana o’g’lim, kiyimlaringni taxlab, chamadoningni joylab qo’ydim. U yerda och yurma, o’zingni ko’pn urintirma, ustozlaring so’ziga quloq sol. Xat yozib turish esingdan chiqmasin. Dadasi, keeling, o’g’lingizga oq fotiha bering.
Ota:- Iloho omin, oy borib, omon qaytgin bolam. Yo’llaring behatar bo’lsin.



Yüklə 309,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin