II boshlovchi:
Jonlar fido Vatanga,
Bu gullagan chamanda.
Yuqtirmaymiz zarra gard,
Nomi aziz jon- tanga!
I boshlovchi:
Yog’diramiz ming rahmat
Onamiz, otamizga!
Omon qolmas yov, kalxat,
Suqsa bosh yurtimizga!
II boshlovchi:
Shuning bilan Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab tayyorlangan tadbirimiz o’z nihoyatiga yetdi.
E’tiborlaringiz uchun tashakkur! Doimo sog’ - omon bo’linglar!
BIZLAR – KICHIK ASKARLAR!
Xush kelibsiz, mehmonlar
Assalom sizga,
Tabarruk insonlar,
Ming ta’zim sizga!
Qo’llarim ko’ksimd,a
Dildan ehtirom.
Mo’tabar, murabbiy
Sizga, ming salom.
Assalom, mustaqil O’zbekistonim!
Assalom, qudratli, nurli bo’stonim.
Erk va ozodlik muborak bo’lsin!
Bizdek farzandlaring doim bor bo’lsin!
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, qadrli mehmonlar!
Aziz ota-onalar hamda o’quvchilar!
Bugungi qutlug’ ayyom munosabati bilan o’tkazilayotgan tantanali tadbirimizga xush kelibsiz!
Biz bugun 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O’zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 27 yillik to’yini nishonlash maqsadida ushbu koshonaga yig’ildik.
E’tiboringizga “Bizlar-kichik askarlar!” mavzusidagi tadbirni havola qilamiz.
Dunyoda “Vatan” so’zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi, vatan himoyachisi bo’lishdan ortiq shon-sharaf ham yo’q. Mazkur tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’lib, asrlar osha ajdodlarimiz o’gitlarida, xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlarida yashab kelmoqda.
Bu bayram-el yurtga sadoqat bayrami. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, kelajagibuyuk davlat barpo etayotgan O’zbekiston fuqarolarining tinch-osoyishta hayoti, bunyodkorlik yo’lidagi mehnati xavfsizligining kafolatidir.
Vatan himoyachisi deganda ko’z o’ngimizda kimlar gavdalanadi?
Men muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan akamni ko’z oldimga keltiraman.
Kursantlarga harbiy bilim berib kelayotgan dadamni birinchi navbatda eslayman.
Hozirgi kunda nafaqadagi bobom ham vatan himoyachisi bo’lgan.
Vatan himoyachisi deganda ko’z o’ngimizda, eng avvalo, qomatiga harbiy libos yarashgan, tug’ilgan yurti va oq sut bergan xalqini jondan sevuvchi, zamonaviy harbiy bilim va ko’nikmalarga ega, tinchlik va barqarorlikni saqlashdek oliyjanob maqsad yo’lida har qanday jasoratga tayyor mard va botir o’g’lonlar namoyon bo’ladi.
Yurtimiz sokin va tinch
Qalbimiz to’la sevinch.
Qo’riqlar posbonimiz,
Shundan tinch osmonimiz.
Posbonlar kimlar ular?
Eng bahodir, mard shular.
Yurt jasur o’g’lonlari,
Benazir polvonlari.
O’z ona makonini
Ayamasdan jonini
Qo’riqlar har on, har dam
Minnatdor ona-Vatan.
Qarang, ular saf tortib kelishmoqda.
(“askarlar “qo’shig’ini kuylab chiqishadi)
Biz posbonmiz, yurtimiz
Askarlari.
Dushmanlarning yuzin qilib
Teskari
Yerimizdan, elimizdan
Haydaymiz
Vatanimiz muqaddas deb
Ataymiz.
Vzvod, rostlan!
Saflarimiz, qatorimiz
Mustahkam
Vijdonimiz bizlargadir
Bosh hakam.
Tinch uxlasin, otamizu
Onamiz
Gulag to’lsin xonadonu
Xonamiz.
Qirg’inlarni ko’rmasin
Oshyonimiz.
Unga sodiq shu yurtning
Posbonimiz!
Qo’riqlaymiz har bir qarich
Yerimiz,
G’urirlanib qaddimizni
Kerib biz.
Dostları ilə paylaş: |