Bizlar kichik askarlar



Yüklə 309,32 Kb.
səhifə28/33
tarix07.01.2024
ölçüsü309,32 Kb.
#209627
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
14 yanvar Vatan himoyachilar kuni ssenariylar

Uchuvchi:
Men bo’lgum dovyurak uchuvchi,
Bepoyon osmonni quchuvchi
Samolyot uchadi qushdayin,
Ko’rsangiz go’yoki tushdayin.
To’pchi:
Bo’lg’usi to’pchiman, merganman.
Shu ishga mehrimni berganman.


Havo hujumi mudofaasi:
Havoda hujumda mudofaa kerak,
Bu ishda bo’lsa bas eng jasur yurak.


Askar:
Men askar bo’laman piyoda
Hammadan chaqqonu ziyoda.


Raketachi:
Raketachi bo’lish ham shon, ham sharaf,
Unga bilim kerak va kuch har taraf.


Harbiy aloqachi:
Menga juda yoqar harbiy aloqa
Tugmani bossangiz xabarlar oqar.
Yetkazasi uni turli yoqlarga
Dengizga, osmonga, hatto tog’larga.
Dengizchi:
Dengizchi dengizda, yoki qirg’oqda
Vataniga sodiq xizmat qilmoqda.


Chegarachi:
Chegara qo’riqlar eng mard yigitlar,
Yuragi olovu asli burgutlar
Sezgirlik, epchillik, eng zarur xislat
Vatanini sevar, shunqorlar behad.
Qasamyod: Vatan himoyasi uchun, qutlug’ zaminning har bir qarich tuprog’ini asrash uchun tayyorman.

Ana shunday mard, jasur o’g’lonlarimiz bor ekan, biz o’z yurtimiz uchun xotirjammiz.


Tinchlik bo’lsin, keng jahonda,


Tinchlik bo’lsin dunyoda.
Bu dunyoda tinchlik so’zi
Hamma so’zdan ziyoda.

Men bir, ikki, uch dedim


Bilakda bor kuch dedim.
Bellashishni kim xohlar,
Kel, maydonga tush dedim.
Kim chayir-u, kim chaqqon
Bilib qo’ysin har bir jon
Changalimga kim tushsa
Chiqarmayman men omon.
Maydonga tez qani chiq
Polvon bo’lsang meni yiq
Ishonmasang o’zingga
Yo’limga bo’lma to’siq.
Oqlab vatan osh, tuzin
Qaratmay yerga yuzin.
O’zbekiston bayrog’in,
Ko’taray ko’kka o’zim.
Pirlar menga yor bo’lgay,
Vatan madadkor bo’lgay.
O’g’il-qizlar shuhrati,
Elga iftixor bo’lgay.
Raqs.03.

Vatan-muqaddas dargoh. Uning har bir qarichi biz uchun azizdir. Shu yurtda tug’ilib, o’sib, shu yurtda kamol topgan zot borki, umr bo’yi unga nisbatan buyuk muhabbat bilan yashaydi.


Bu jannatmakon diyorda ne-ne ulug’ zotlar o’tmagan. Ularning vatan ravnaqiga qo’shgan hissalari ham dunyoga mashxur. Biz Mirzo Ulug’bek, Xorazmiy, Beruniy, Farg’oniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi bobolarimiz bilan xaqli ravishda faxrlanamiz. Ularning qoldirgan boy merosini o’qib-o’rganamiz. Nafaqat biz, balki dunyo ilm ahli ham ularning zakovatiga qoyil qolishgan.


“Tinch elning bog’i – gullar”, deydi donishmandlarimiz, shukrona aytamiz. Vatanimiz-tinch, yurtimiz obod. Osoyishtalik tufayli kundan kunga rivojlanib borayotgan davlatimiz jahonga yuz tutmoqda. Dunyo ahli bugun O’zbekistonga, shu zaminda yashovchilarga havas bilan qarashadi.


Ha, to’g’ri aytasiz, tinchlik – ulug’ ne’mat. Tinchlik bor joyda bolalar kulgusi jaranglab turadi. Hayot gullab yashnaydi. Bizning mana shunday osoyishtaligimizni qo’riqlayotgan harbiy askasrlarimizga bugun tasannolar aytamiz. Ular tufaylu yurtimizda osuda tonglar otmoqda.



Yüklə 309,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin