(ekranda chegarachi askarlar hayoti namoyish etiladi. Ular aytgan qo’shiq ohista taralib turibdi)
(oradan 6 oy vaqt o’tdi)
Onamga xat. Sanjar
Salom ona, onajonginam,
Yana sizga yozmoqdaman xat.
Salomatmiaziz otam ham,
Ukalarim yurgandir xushvaqt.
Salom ona, onajonginam…
So’rida ko’rpa qaviyotgan ona. Shu chog’ uning oldiga o’g’li yugurib keladi va deydi:
-oyi, oyijon! Suyunchi bering, akamdan xat keldi.
Ona: suyunchi sendan aylansin, bolam. Qani, tezroq ochib o’qigin-chi, akang nimalarni yozibdi? O’zi sog’ – omon ekanmi, faqat shoshilmasdan o’qi.
O’g’il: Xo’p bo’ladi, oyijon. (Xatni ochib o’qiydi)
“Assalomu alaykum, mehribon onajon! So’g’- omon yuribsizmi? Otam, ukalarim va singillarimning sog’liqlari yaxshimi? Sizlarni juda sog’indim!
Men sog’ – salomatman. Harbiy xizmatni a’lo darajada o’tayapman. Kuni kecha komandirimizdan Rahmatnoma oldim. Chegarachi do’stlarim bilan vatan osoyishtaligini qo’riqlashdek sharafli burchni ado etayotganim uchun ham qalbim g’ururga to’ladi.”
Ona: Barakalla, bolam. Umring uzoq bo’lsin!
O’g’il: oyijon, men ham katta bo’lsam akam kabi chegarachi bo’laman. Ular kabi Vatanimizni qo’riqlayman.
Ona: - Niyatngga yet, bolam. Buning uchun maktabda a’lo baholarda o’qishing, sport bilan muntazam shug’ullanishing, qat’iyatli, chaqqon va epchil bo’lib ulg’ayishing kerak bo’ladi.
“Botir askarcha” she’ridagi ota va o’g’il dialogi.
Dadajon, askar akam,
Qadam tashlar gurs, gurs, gurs.
Vatanimga, xalqimga,
Sodiqman, deb bergan so’z.
-shundaymi?
-shunday!
-Men ularning ukasi
Qanday bo’lishim kerak?
Vatan ishiga tayyor
Bo’lib turishim kerak.
-shundaymi?
-Shunday!
Vatanimni, xalqimni
Ko’z qoramdek saqlayman.
Askar akamga o’xshab
El ishonchin oqlayman.
-Shundaymi?
-shunday!
Ofarin, ota o’g’il
Tilginangga bol-shakar
Sen bir kun ulg’ayib
Bo’lasan botir askar.
Alpomishdek botir, jasur yigitlar,
Arslon ham sizlardan dars olsa kerak.
Vatan uchun har nega qodir yigitlar,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak.
Siz sohibqironning vorislarisiz,
Kelajak kun sizga bog’liqdir, beshak.
Chayir va zabardast aziz o’g’lonlar,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak!
Dunyoda bor ekan sizday o’glonlar,
Tinch va xotirjam uradi yurak.
Ko’ksi Vatan uchun qalqon yigitlar,
Qutlug’ bayramingiz, bo’lsin muborak!
Tinch turmas azaldan bu ko’xna olam,
Endi dunyo yuzi urush ko’rmasin.
Aqlli, baquvvat, kuchli yigitlar
Qutlug’ bayramingiz, bo’lsin muborak.
Sizgadir olqishlar, sizga sharaf-shon,
Doimo yor bo’lsin sizlarga zafar,
Bugun bayramingiz bilan qutlabon,
Mening ham sizlarga tilagim bisyor.
Unutmang, vatanga siz doim kerak,
Qutlug’ bayramingiz bo’lsin muborak!
Qadrli mehmonlar, aziz ustozlar! Barchangizga sog’lik, baxt-saodat tilagan holda bugungi Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tantanali kechamizga yakun yasaymiz.
Vatanimiz tinch, osmonimiz beg’ubor bo’lsin! Ona-yurtimiz osoyishtaligini himoya qilayotgan jasur o’g’lonlarimiz doimo omon bo’lsinlar! Yana bayramlarda ko’rishguncha xayr.
Dostları ilə paylaş: |