Bizlar kichik askarlar



Yüklə 309,32 Kb.
səhifə25/33
tarix07.01.2024
ölçüsü309,32 Kb.
#209627
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
14 yanvar Vatan himoyachilar kuni ssenariylar

O’g’il : Dadajon,askar akam
Qadam tashlar gurs, gurs, gurs
Vatanimga,xalqimga
Sodiqman deb began so’z.
Shundaymi?
Ota: - Shunday!
O’g’il : Men ularning ukasi,
Qanday bo’lishim kerak?
Vatan ishiga tayyor –
Bo’lib turishim kerak.
Shundaymi?
Ota: - Shunday!
O’g’il : Vatanimni, xalqimni
Ko’z qorachig’imdek asrayman.
Askar akamga o’xshab,
El ishonchin oqlayman.
Shundaymi?
Ota: - Shunday!
Ofarin,ota o’g’il,
Tilginangga bol -shakar,
Sen ham bir kun ulg’ayib,
Bo’lasan botir askar.


II boshlovchi: Yana sizlarni qatra xandalar tinglab, tomosha qilishga taklif etamiz.
Praporshik uyiga kelib xotiniga dedi:
- Qornim rosa ochiqdi, darhol olib kelgin ovqatingni.
Xotin unga nisbatan nolishini boshladi:
- Bugun shunday charchadim- ki! Kun bo’yi bir marta o’tirib turishga ham vaqtim bo’lmadi.
- Praposhikning xotiniga rahmi keldi va uni ikki yuz marta o’tirib turishga majbur qildi.
I boshlovchi:
Yurtimizda To’marisning avlodlari Barchinoyday shiddatli, shaxdli,qasamyodiga sodiq, ahdlari qutlug’ posbon libosini kiygan ayollarimiz talaygina. Biz ana shu elkalarida yulduzchalar porlab turgan xotin- qiz harbiylarimizni bugungi bayram ila quyidagi ash’or ila chin ko’ngildan tabriklaymiz. Doimo ular sog’ - salomat bo’lishsin, omad, baxt ularni hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz.
1- o’quvchi:
Baxtlisizlar, kun tun elga tinchlik so’rab,
Lekin doim yurolmaysiz kulib yayrab.
Yurtni ko’proq sevgim kelar sizga qarab,
El posboni libosin kiygan qizlar.
2- o’quvchi:
Elkangizda yulduzchalar porlab turar,
Sizni mudon yorug’likka chorlab turar.
Siz kulganda osoyishta olam kular,
El posboni libosin kiygan qizlar.

  1. o’quvchi:

Siz- jasur malikasiz,jur’atlisiz,
Gulchehrasiz-hamda go’zal siyratlisiz,
O’rni kelsa,shamoldan ham shiddatlisiz,
El posboni libosin kiygan qizlar.
I boshlovchi:
Hurmatli mehmonlar,aziz ustozlar!Shu aziz vatan deb, el-u yurt tinchligini o’ylab,shahid ketgan marhum ota – bobolarimiz, akalarimiz xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqlashlaringizmi so’rayman.

Yüklə 309,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin