I boshlovchi: Endigi tabrik so’zini yaqindagina harbiy xizmatni o’tab qaytgan askar yigit Anvarjondan eshitsak.
Harbiy askar: Vatan himoyachilari kuni muborak bo’lsin!
Men yaqinda harbiy xizmatdan qaytdim. Harbiy xizmatni o’tash har bir yigit uchun sharafli burchdir.
Davlatimiz tomonidan mudddatli harbiy xizmatni o’tabqaytgan askarlarga ko’pgina imtiyozlar berilgan. Jumladan, namunali xulqi, intelektual salohiyati, astoydil xizmati bilan boshqalarga o’rnak bo’lgan askarlarga oily o’quv yurtlariga kirishlari uchun tavsiyanomalar beriladi. Bunda ular oily ta’lim muassasalariga kirish uchun yig’ilgan maksimal ballning yig’ilgan 27 %iga imtiyozli ravishda ega bo’ladilar. Bu esa yurtboshimiz tomonidan biz askarlarga ko’rsatilayotgan yuksak e’tibor va g’amxo’rliklar samarasidir.
Bularning barchasi biz -yoshlarni ona - vatanimizni asrab- avaylashga , uning shuhratini yanada yuksaltirish yo’lida o’qib,izlanishga va hayotda o’z munosib o’rnimizni topishga undaydi.Men bundan faxrlanaman ( O’quvchilar harbiy askarga guldastalar taqdim etishadi).
(“Andijon polkasi” raqsi ijro etiladi).
I boshlovchi: Endi harbiylar hayotidan qatra xandalar tomosha qiling.
Bir harbiy xizmatdan horib, charchab qaytib kelayotsa , yo’lda bitta shisha idish topib olibdi. Shisha og’zini ochgan ekan, undan bitta jin chiqib kelibdi.
U jindan so’rabdi:
- Sen haqiqatdan jinmisan?
-Albatta,xo’jayin.
-Hamma narsani qilishni,ayganlarimni uddalashni bajara olasanmi?
-Albatta,xo’jayin.
-Unda menga chetelga borish uchun bitta “zagranpasport”
qilib ber!
-Uch yuz dollor, xo’jayin!
-A?
-Ha. Hozir jinlar ham tadbirkor bo’lib ketishgan-ku!
II boshlovchi Har bir askar xizmati Vatanga qasamyod qilishdan boshlanadi va unga umrbod amal qiladi.
Sahna pardasi ochiladi. Sahna to’rining markazida harbiy xizmatga chaqirilgan askarning tik turgan davlat bayrog’i oldida tiz cho’kib, do’stlari yonida qasamyod qilayotgan payti tavirlangan.Uning yonida oq libosda turgan askar onasining Vatan himoyasiga otlangan o’g’lonlar uchun duoga qo’l ochib,oq fotiha berayotgani tasviri keltirilgan.
Ayni shu pallada ikki o’quvchi qo’lida guldasta bilan sahnaning ikki chekkasida turib she’r o’qiydi.
1- o’quvchi: Shaxdam qadam ila olg’a bosarlar,
Bo’y- basti kelishgan,o’ktam o’g’lonlar,
Havas ila boqar sizga odamlar,
Xalqni baxt-la asragan,ko’ksi qalqonlar!
2- o’quvchi: Tinchlik hukm surar yurt osmonida,
Anvoyi gullar bor bog’- bo’stonida,
Hamisha hushyordir yurt qo’rg’onida,
Mudom omon bo’lsin, bedor posbonlar!
( O’quvchilar “Botir askarlar ” qo’shig’ni ijro etishadi).
I boshlovchi: Endi sahnaga harbiylar sulolasi vakillarini taklif qilamiz.
Marhamat.
Ota va o’g’ilcha harbiy kiyimda shaxdam qadamlar ila sahnaga chiqib kelishadi.