RAQS RAQS RAQS RAQS
Endi ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz.
Raxmat . Sizlarga yaxshi kayfiyat tilagan holda II SHARTni boshlaymiz. Bu shartda yigitlarimiz vatan himoyasiga qanchalik darajada jismonan tayyor ekanliklarini namoyish qiladilar. Shunday qilib II shartimiz TOSH KO`TARISH. 1- raqamli ishtirokchimizdan sahna qolishlarini va qolgan ishtirokchilardan sahnani tark etishlarini so`raymiz.
Marhamat ishtirokchilarimiz baholangunga qadar bizda musiqali tanaffuz.
TAQLID TARANNUM
III- SHART Arg`amchada uchish.Bu shartda har bir ishtirokchi 1 minut ichida necha marta arg`amchada ucha olishini sinovdan o`tkazamiz. Marhamat 1- ishtirokchi keling.
Marhamat ishtirokchilarimiz baholangunga qadar bizda musiqali tanaffuz.
VATAN HAQIDA QO‘SHIQ
Endi ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz.
IV- SHART Bizning mard-u maydon o`g`lonlarimiz nafaqat vatan posboni balki oila qo`rg`onidirlar. Oxirgi shartimizda yigitlarimiz 7 minut ichida bayram salatini tayyorlashlari kerak.
Marhamat.
Salat tayyor bo`lguncha she`rlar aytiladi.
Halovat izlaydi hatto qushlar ham,
Bexavotir joyga quradi uya.
Uyi tinch, yurti tinch har bitta odam,
Shukrona aytadiVatanni suya.
Hamid Olimjonlar kuylagan Vatan,
Ruhlari hali ham tinchlik bermaydi.
Aylanay Oybegim aytgan so‘zidan,
Yurtim “tuprog‘ida oltin gullaydi”…
Hamma sharofatlar mustaqillikdan,
Bugunda o‘zbekni dunyo taniydi.
Qodiriy, Cho‘lponu Usmon Nosirlar,
Bu kunni bir kelib ko‘rsa qaniydi.
Shubha qilganlarga Temur da’vati,
Kelib bir ko‘rsinlar imoratlarni.
O‘zni tutgan elim buyuk savlati,
Ko‘rsin bunda kechgan jasoratlarni…
Ollohga beadad shukurlar bo‘lsin,
Vatanim osuda kechirgin hayot.
Xurlikning bolasi o‘ynasin, kulsin,
Kuylasin hamisha tinchlikdan bayot…
Farishta momolar duolar qilsin,
Qaldirg‘och in qursin har bir ayvonga.
Navqorin bo‘ylarga tumorlar ilsin,
Ko‘z tegmasin sira O‘zbekistonga!!!
RAQS RAQS RAQS
Marhabo : Endi 4- shart bo`yicha ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. Marhamat umumiy ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. Barcha ishtirokchilarni sahnaga taklif qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |