1-rasm. “Ipoteka-bank” ATIB Surxondaryo filialining bo’lim va komissiyalari.7 Auditorlik bo’limsi. Auditorlik bo’limsining vazifalari ichki audit Departamentining har bir o‘tkazilgan ichki audit bo‘yicha taqdim etadigan hisobotlarini o‘rganish. Ichki audit bo‘yicha har choraklik hisobotlarni o‘rganish va ularni bank Kengashiga taqdim etish, tashqi auditorlar uchun texnik vazifalarni ishlab chiqishda bank Kengashiga ko‘maklashishdan iborat.
Bank xatarlarini nazorat qilish bo’limsi. Bank tavakkalchiligini nazorat qilish bo‘yicha bo’limning vazifalariga tavakkalchilikni boshqarish bo‘yicha bank siyosatini ko‘rib chiqish va kelishish kiradi. Tavakkalchilikni boshqarish bo’yicha taomillarni kelishib olishda Bo’lim qonunchilik normalari va bank Ustavi talablariga rioya etilgan holda, shuningdek bankning ijroiya organi, uning bo‘limlari va bank ishchilarining faoliyatini to‘g‘ri rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqishda, bank uchun tavakkalchilik va foydalilik o‘rtasidagi maqbul muvozanatga erishishga intilishi kerak.
Xodimlarni baholash, rivojlantirish va mukofotlar bo’limsining vazifalari:
bankning barcha xodimlariga individual ustamalar va boshqa turdagi rag'batlantirish to'lovlarini belgilash to'g'risida qaror qabul qilish (zarur bo'lganda);
bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlariga ish haqi va boshqa to'lov turlari bo'yicha ustamalar shkalasini belgilash;
bank xodimlarini o'qitish (qatnab o'qish va kechki o'qish) uchun to'lash to'g'risida qarorlar qabul qilish;
kollegial qarorga muhtoj bo'lgan xodimlar bilan ishlash masalalarini ko'rib chiqish.