Biznes boshqaruvi va statistika



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə10/12
tarix19.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#117810
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
HISOBOT

Keskin raqobat. Rentabellikning pasayishi va mijozlar ehtiyojlarining
o’zgarishi sharoitida banklar o’rtasida raqobat yanada kuchayadi. An’anaviy biznes
modeliga ega banklar og`ir sharoitda qolishadi va bozorda o’z ulushini saqlab
qolish uchun, ular rivojlanishning yangi yo’nalishlariga moslashishiga to’g`ri
keladi. Davlat ishtirokidagi banklar davlat tomonidan ko’rsatilgan yordam,
mijozlarning katta bazasi va sotishning tarmoqlangan tizimi tufayli nisbatan
barqaror bo’ladi. Shuningdek, jismoniy shaxslar to’lovlariga xizmat ko’rsatish sohasida yuqori texnologiyalarni qo’llab, bozorga bankka oid bo’lmagan tashkilotlar
chiqmoqda. Banklarga nisbatan u larning tartibga soluvchi majburiyatlari kamroq
va jiddiy investistiyalarni texnologiyalarga va dasturiy ta’minotlarni ishlab
chiqishga ajratishadi.
Chakana xaridorlarda bundan keyin ham tayanch moliyaviy xizmatlarga
ehtiyoj saqlanib qoladi, ammo zamonaviy texnologiyalar tufayli 24/7 tartibidagi
xizmatlardan foydalanish, bank bilan yuqori tezlikda o’zaro hamkorlik qilish va
yakka tartibdagi yondashuv o’ta muhim bo’lib qoladi. Aholining moliyaviy
jihatdan bilimlari yanada oshadi va bank xodimlari bilan bevosita muloqotga
kirishmasdan, masofaviy kanallardan foydalanishni afzal ko’rishadi. Internet
tufayli mijozlar uchun turli banklarning xizmatlari va takliflarini taqqoslash va
o’zi tanlashi oson bo’ladi. Bir vaqtning o’zida, ma’lumotlarning ko’pligi tufayli,
bankni tanlash to’g`risida qaror qabul qilishda his – hayajon va nufuzga oid
omillar birinchi o’ringa chiqadi.

4-rasm. “Ipoteka-bank” ATIB Surxondaryo filialining bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni.17

Diagrammadan ko’rishimiz mumkinki, “Ipoteka-bank” ATIB Surxondaryo filialining mijozlarga xizmat ko’rsatish sifati orqali mijozlar soni yildan yilga oshgan.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin