Attestatsiya yoki baholash uchun suhbat. Attestatsion suhbat ishchilarning davriy baholash metodlaridan biridir. Yillik attestatsiya suhbati ishchilarning unumdorligini baholashning eng yaxshi metodlaridandir. Yuzma-yuz suhbat ikkala tomon uchun ham ish bilan bogʻliq turli masalalarni muhokama qilish imkoniyatidir. Bu suhbat savol-javobdan koʻra muhokama tarzida kechadi. Bunda e’tibor karyera rivoji, kamchiliklar, takomillashtirish zarur boʻlgan sohalar, trening, lavozim ko‘tarilishi uchun imkoniyatlar va hokazolarga qaratiladi.
Ishdan boʻshashdagi suhbat. Ishdan boʻshashdagi suhbat ishchiga tashkilotdan boʻshaganda yoki ketayotganida boʻladi. Tashkilot -
Ishchining ketish qarorining aniq sababini biladi
Pensiya fondi, guruh sugʻurtasi, toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovlar qachon toʻlanishi haqida ma’lumot berishi
Tashkilot siyosati haqidagi ishchining fikridan javob reaksiyasini bilishi
Oxirgi chek toʻlovi qachon tayyor boʻlishi va qanday berilishi haqidagi ma’lumot beriladi
Ishchiga berilgan barcha kitoblar, ma’lumotnomalar, vositalar, jihozlar oʻsha paytning oʽzida tekshirilishi mumkin.
Muammoli suhbat. Muammo suhbati, asosan, muammo keltirib chiqaruvchi ishchilar uchun boʻladi. Bu holatda ishchi ogohlantirishga qaramasdan muammo keltirib chiqaruvchi, ish unumdorligi va xatti-harakatlari qoniqarsiz boʻlgan. Suhbat qiluvchida esa ogohlantirish va eslatmalardan koʻra yechim taklif etish ehtimoli koʻproq boʻladi. Ishchining past ish unumdorligi sababi yuzma-yuz suhbatda aniqlanishi mumkin, bular uy muammolari, sogʻliq muammosi, ta’limning yetishmasligi, ishidan qoniqmaslik, atrof-muhit muammosi, iyerarxik muammo va shu kabilar boʻlishi mumkin. Koʻpchilik tashkilotlarning maslahat beruvchi xodimlari kabi qulayliklari bor va ularga maslahatchi bilan maslahat soati taklif qilinishi mumkin.