12
rejalashtirayapsiz?
6. Ish haqini qanday kelishasiz? Soatbaymi yoki
ishbaymi?
Yoki
shunchaki
oylik
maosh
belgilanadimi?
7. Ishchilarga qanday ijtimoiy paket taqdim etishni
rejalashtiryapsiz? Ular qancha turadi?
8. Qo’shimcha ish uchun oylik to’laysizmi?
MOLIYAVIY MA’LUMOTLAR REJASI
Har qanday biznes boshqaruvining markazida ushbu
biznesning moliyaviy boshqaruvi turadi. Daromad
keltiruvchi biznes tashkil etishning eng birinchi
qadamlaridan biri bu moliyaviy boshqaruv tizimini
tashkil etishdir.
Ushbu tizimni tuzishda quyidagi 4ta yo’nalish
bo’yicha ma’lumot berilishi kerak:
1. Naqd pul muomalasi rejasi: Ushbu reja
biznesdagi barcha naqd pul tushum va
xarajatlarni nazorat qiladi. Naqd pul muomalasi
rejasining mavjudligi har qanday biznesning
rentabelligini aniqlash uchun zarurdir.
2. Daromadlar jadvali: Ushbu jadval shuningdek
daromad va zarar jadvali deb ham yuritiladi.
Ushbu jadval biznes kelib tushayotgan naqd
pulni qanchalik yaxshi boshqara olishini ko’rsatib
beradi.
Ushbu
jadval
kelib
tushayotgan
tushumlar va biznes xarajatlarini hisoblab boradi.
3. Rentabellik me’yori tahlili: Yalpi daromadning
xarajatlar umumiy mosligidagi ko’rsatgichi.
Ushbu tahlilda biznesda mavjud bo’lgan
xarajatlarni qoplash uchun qancha daromad
qilish kerakligini aniqlab berishga yordam beradi.
Ushbu
tahlilni
barcha
bizneslar
amalga
oshirishlari muhim hisoblanadi.
4. Balans hisoboti: Ushbu hisobot asosan yilning
oxirida amalga oshirilgan tahlil natijasida
tuziladi. Ushbu
hisobotda biznesning ayni
damdagi moliyaviy holatini aks ettiruvchi mavjud
bo’lgan mulk, shaxsiy kapital, naqd pul, to’lov
majburiyatlari o’rin oladi.
Agar moliyaviy ishlarda tajribangiz bo’lmasa va
moliyaviy boshqaruv tizimini qanday ishga qo’yishni
bilmasangiz, unda ushbu soha bo’yicha
tajribali
mutaxassisni topishingiz shart. Mutaxassis sizga
moliyaviy boshqaruv tizimini tuzib berishga yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: