Biznes va tadbirkorlik


havf  bo`lishi  mumkinu,  ammo  mol  go`tiga  bo`lgan  ehtiyoj  sigirlar  saqlab



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


havf  bo`lishi  mumkinu,  ammo  mol  go`tiga  bo`lgan  ehtiyoj  sigirlar  saqlab 

qolinishaga  kafolat manbai? Sababi shundaki, fillar aksariyat hollarda umumiy 

resurs hisoblanishadi, sigirlar bo`lsa xususiy mulk ob’ektidir. 

Fillar  qarovsiz  holatda  erkin  ko`chib  yurishadi.  Har  qanday  brakoner  o`zi 

topishi  mumkin  bo`lgan  fillardan  imkon  qadar  ko`prog`ini  o`ldirishga  intiladi. 

Brakonerlar  juda  ko`p  va  ular  fillarni  saqlanib  qolishi  va  tarqalishidan  deyarli 

                                                           

28

 N. Gregory Mankiw  Principles of Microeconomics, 7e, ch 11 



 

307 

 

hech qanday manfaat ko`rishmaydi. 



Bundan  farqli  o`laroq  chorva  mollari  xususiy  mulk  bo`lgan  fermalarda 

saqlanadi.  Ferma  egalari  chorva  sonini  imkon  qadar  ko`payishidan  manfaatdor, 

sababi ular daromad manbaidir. 

Dunyo  davlatlari  hukumatlari  fillar  saqlab  qolishni  ikki  xil  usul  bilan 

amalga  oshirishga  urinib  ko`rishishdi.  Keniya,  Tanzaniya  va  Uganda  kabi 

davlatlarda  fillarni  o`ldirish  va  ularni  suyagini  sotishni  noqonuniy  faoliyat  deb 

belgilab  qo`yishdi.  Biroq  bu  qonunlarni  amalga  oshirish  qiyin  kechdi  va 

muammo aktual ko`rinishda saqlanib qoldi. 

Botsvana, Malavi, Namibiya va Zimbabve kabi davlatlar esa fillar xususiy 

mulk  sifatida  kishilarga  taqsimlab  berishdi  va  faqatgina  mulk  egalarigagina 

ularni o`ldirishga ruxsat berishdi. Yer egalarida endilikda fillarni saqlab qolishga 

rag`bat  paydo  bo`ldi  va  fillar  soni  ko`paya  boshladi.  Xususiy  mulk  va  uning 

ortidagi  daromad  olish  maqsadi  sabab  Afrika  fillari  yaqin  oradi  xuddi  sigirlar 

kabi qirilib ketish muammosidan xalos bo`lishadi. 



Tayanch  so`z  va  iboralar:  Eksklyuzivlik    iste’molda  cheklanganlik  

xususiy  mahsulotlar    ommaviy  resurslar    umumiy  resurslar    ”tekinxo`rlar”  

harajatlar va daromadlar tahlili umummilliy resurslar fojeasi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

Amaliy mashg`ulot materiallari 

 


308 

 

1-MAVZU. Mikroiqtisodiyot Faniga Kirish 



 

 

Kishilarning  cheksiz  ehtiyojlarida  resurslarning  cheklanganlik  muammosini 



har  qanday  hal  etilishi  tanlash  holatini,  ya’ni  insonlarning  turli  ehtiyojlarini 

qondiruvchi  tovar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarish  uchun  bir  resursni  ishlatish 

mumkin emasligini ko’zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech 

nima»  xilidagi  qarorni  qabul  qilmaydi.  Ko’pincha  inson  bir  iqtisodiy  ne’matning 

ma’lum  miqdorini  olish  uchun  boshqasining  ma’lum  miqdoridan  voz  kechadi. 

Bunday  tanlov  murosali  deb  ataladi.  Murosali  tanlov  asosida  muqobil  qiymat 

tamoyili yotadi. 

Muqobil  qiymat  –  bu  voz  kechilgan  boshqa  iqtisodiy  ne’mat  qimmati  bilan 

o’lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir. 

Shuni  esda  saqlash  lozimki,  inson  ehtiyojlarining  birini  qondiruvchi  iqtisodiy 

ne’matlarni  tanlash,  boshqa  ehtiyojni  qondiruvchi  iqtisodiy  ne’matlardan  voz 

kechishga olib keladi. 



Tikuvchi  uy  sharoitida  kasanachilik  asosida  paypoq  va  qo’lqop  ishlab 

chiqaradi.  Agar  tikuvchi  bir  soat  vaqtini  paypoq  tikishga  sarflasa  10  ta  paypoq 

yoki  qo’lqop  tikishga  sarflasa  5 ta qo’lqop  tikishi  mumkin.  Tikuvchi bir  kunda 8 

soat  mehnat  qilishi  ma’lum  bo’lsa,  tikuvchining  bir  kunlik  ishlab  chiqarish 

imkoniyatlari  chizig’ini  grafikda  aks  ettiring  va  ishlab  chiqarish  imkoniyatlari 

chizig’i  formulasini aniqlang. 

 

1- masala  

O’zbekistonlik  tadbirkor    Moskvaga  sayohat  qilgani  bormoqchi.  Moskvaga 

samolyot  va  poezd  reyslari  har  kuni  mavjud.  Moskvagacha  bo’lgan  masofani 

samolyot  4  soatda,  poezd  esa  6  kunda  bosib  o’tadi.Agar  tadbirkor  samolyotda 

borishni ma’qul ko’rsa parvoz vakti uning ish vaqtiga to’gri kelganligi bois, bir ish 

kunidan  mahrum  bo’ladi.  Poyezdda  boradigan  bo’lsa,  tadbirkorning  ish  kuni 

dushanbadan  jumagacha  ekanligini  inobatga  olsak,  u  har  bir  ish  kuni  uchun  80 

ming so’m pul mablag’ini olishdan mahrum bo’ladi. Agar, samolyot chiptasi 900 

ming  so’m,  poyezd  chiptasi  esa  500  ming  so’m  bo’lsa,  tadbirkor  uchun  maqbul 

variantni aniqlang. 



Yechimi: 

Tadbirkor Moskvaga samolyotda borishni ixtiyor etsa kamida 900 ming so’m 

pul  mablagi  sarflaydi.  Agar  u  poyezdni  tanlasa  4  kunlik  safari  davomida  ko’pi 

bilan  4  kun  ishlashini  inobatga  olsak,  Poyezdda  ketish  unga  ko’pi  bilan 

500+4x80=820 ming so’mga aylanadi. Tadbirkor uchun maqbul variant poyezdda 

ketish. 


Javob: Poyezdda ketish. 

2 - masala  

Tikuvchi  uy  sharoitida  kasanachilik  asosida  paypoq  va  qo’lqop  ishlab  chiqaradi. 

Agar tikuvchi bir soat vaqtini paypoq tikishga sarflasa 10 ta paypoq yoki qo’lqop 

tikishga  sarflasa  5  ta  qo’lqop  tikishi  mumkin.  Tikuvchi  bir  kunda  8  soat  mehnat 

qilishi ma’lum bo’lsa, tikuvchining bir kunlik ishlab chiqarish 


309 

 

imkoniyatlari chizig’ini grafikda aks ettiring va ishlab chiqarish imkoniyatlari 



chizig’i  formulasini aniqlang. 

Yechimi: 

Mahsulot ishlab chiqarish variantlarini aniqlaymiz: Tikuvchi 8 soat davomida 

paypoq tikish bilan mashg’ul bo’lsa u holda 80 ta paypoq tika oladi, lekin qo’lqop 

tika olmaydi. Agar u 8 soatning bir soatini qo’lqop tikishga sarflasa 70 ta paypoq 

va 5 ta qo’lqop tikadi. Tikuvchining bir kunlik ishlab chiqarish variantlari quyidagi 

jadvalda keltirilgan: 



 

Ishlab chiqarish variantlari 



















Paypoq  80 

70 

60 

50 

40 

30 

20 

10 



Qo’lqop  0 



10 

15 

20 

25 

30 

35 

40 

Tikuvchi  bir  soat  paypoq  tikishdan  voz  kechsa  u  10  ta  paypoqdan  voz 

kechgan bo’ladi, lekin u qo’shimcha 5 ta qo’lqop tikadi. Demak, 10 ta paypoqning 

alternativ qiymati 5 ta qo’lqopga teng. 

Tikuvchining  ishlab chiqarish  imkoniyatlari  chizig’i  formulasini aniqlaymiz. 

Tikuvchi bir kunda L soat ishlaydi deylik. Shundan Lq soatni qo’lqop tikishga, Lp 

soatni paypoq tikishga sarflaydi. 

 

Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Demak, Lq+ Lp=8 (1). 

Tikuvchining paypoq va qo’lqop ishlab chikarish funktsiyalarini yozamiz: 

P=10x Lp Q=5xLq(2) 

Bu yerda: P – paypoqlar soni (donada); 

Q – qo’lqoplar soni (donada) 

(2)-chi formulalardan Lp va Lq larni aniqlaymiz 

K L = I - ( 3 )10 

(3) ni (1 )ga qo’yamiz: 

—Ya +—K = 80 yoki 5 10 

P = 8 0 -2 xQ (4) 

5   10   15   20   25   30   35   40  

80 


70 

60 


50 

40 


30 

20 


10 



310 

 

(4) - funksiya orqali tikuvchining ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’ini va 



8  soatlik  ish  kunida  paypoq  va  qo’lqop  ishlab  chiqarishning  barcha 

kombinatsiyalarini aniqlash mumkin. 



3-масала 

 Fermerda  ball  boniteti  har-xil  bulgan  uchta  ekin  maydoni  bor.  U  bu 

maydonlarga  bugdoy  yoki  paxta  ekishi  mumkin.  1-maydondan  160  t  kartoshka 

yoki 50 t bugdoy, 2-maydondan 300 t kartoshka yoki 100 t bugdoy, 3-maydondan 

esa 140 t kartoshka yoki 60 t bugdoy olishi mumkin. Fermerning hosil imkoniyati 

chizigini grafikda tasvirlang.

29



Yechimi: 



1 - maydondan 160 t kartoshka yoki 50 t bug’doy 

2 - maydondan 300 t kartoshka yoki 100 t bug’doy 

3 - maydondan 140 t kartoshka yoki 60 t bug’doy 

 

 

 

 

 

 

4-masala 

 

 

Zahro opasi va singlisi bilan kichik korxona ochdi. Zahro 1 yilda 400 qizlar 

yoki  450  erkaklar  ko’ylagi  tika  oladi.  Opasi  esa  350  qizlar  yoki  400  erkaklar 

ko’ylagi  tika  oladi.  Singlisi  esa  300  qizlar  va  350  erkaklar  ko’ylagi  tika  oladi. 

Oilaviy kichik korxonaning ishlab chiqazish imkoniyatlarini hisoblang va grafikda 

tasvirlang 



Berilishi: 

Zahro: ayollar 400ta, erkaklar 450 

Opasi: ayollar 350ta, erkaklar 400 

Singlisi: ayollar 300ta, erkaklar 350 

 

 

   



 

 

   



        

5-masala 

Oila 1 kunda 20dona savat yoki 10 litr vino ishlab chiqaradi. 1 oyda 24 kun 

ishlaydi deylik. Oila 1 oy ichida savat ishlab chiqarishga α

e

 ish kuni va vino ishlab 



chiqarishga α

v

 ish kuni sarflaydi deylik. U holda oilada savat(S) va vino(V) ishlab 



chiqarish funktsiyalari mos ravishda quyidagi ko’rinshda: 

C=20*α


e    

B=10*α


v

 

                                                           



29

 N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 8 bet 

     А 

1050 


        

     


 

      1200         Е 

Ishlab chiqarish egri chizig’i 

Bug’doy  

210 

160 


 

60 


 

160           460   600   Kartoshka 



Bug’doy

 


311 

 

Bir  oila  1  oyda  savat  va  vino  ishlab  chiqarish  imkoniyatlari  quyidagi 



kombinatsiyalardan iborat bo’ladi. Ya’ni:  

C=20*α


e

 

α



e

+ α


v

=24 


S savat miqdori  

V vino miqdori  

α



 va α



v

 aniqlaymiz 

α

e

=C/20  



α

v

=B/10 



Endi bu munosabatlarni resurslar teng qiymati 

C/20+B/10=24 

yoki C=480-2*B 

Ushbu tenglama orqali oilaning 24 ish kunida savat va vino ishlab chiqarish 

mumkin  bo’lgan  barcha  kombinatsiyalarni  aniqlash  mumkin.  Bu  to’plamlar 

grafikda keltirilgan 

 

 

 



   

 

 



 

   


        

 

 



 

 

 



   Savat  ishlab  chiqarish  bilan  vino  ishlab  chiqarishni  almashtirish 

koeffitsienti,  ya’ni  savat  ishlab  chiqarishni  vino  ishlab  chiqarishga  chekli 

transformatsiya koeffitsieti:  

ChTK=-ΔC/ΔB=-2 

ΔC/ΔB=C(B) 

Chekli  transformatsiya  koeffitsieti  oila  1  tovrdan  qo’shimcha  1  birlik  ishlab 

chiqarish bilan 2 tovardan qancha hajmda voz kechish kerakligini bildiradi. 

Demak,  oila  10l  vino  ishlab  chiqarishga  sarflaydigan  har  ish  kunini  savat 

to’qishga sarflasa, u 20 dona ortiqcha savat ishlab chiqargan bo’ladi. 

 

6-masala 

Uch  ishchi  resurslarni  iqtisod  qilish  maqsadida  o’zlarining  ratsionalizatorlik 

takliflarini kiritdilar. Birinchi ishchining ratsionizatorlik taklifi 35%, 2- ishchiniki 

50%,  3-  ishchiniki  esa  15%  resurslarni  iqtisod  qilishga  olib  keladi.  Uchala 

ratsionizatorlik taklifi birgalikda qancha resurslarni tejashga olib keladi? 



Berilishi: 

1-ishchi–35%   

2-ishchi–50%   

Сават 


(дона

       В* В



0

     


 

      N     

Вино

(литр) 


С 

А 


312 

 

3-ishchi–15%   



Yechish: 

35+50+15=100%; 100%÷3=33.3%.  

Demak, o’rtacha33.3 % 

 

 



2-MAVZU IQTISODIYOTNING O`NTA TAMOYILI 

30

 



Muammolar va tatbiqlar 

1. 


Quyidagilar asosida ba’zi tanlovlarni tasvirlang: 

a. 


Oila mashina sotib olishga qaror qildi 

b. 


Kongres a’zosi milliy parkka qancha xarajat qilishga qaror qilyapti 

c. 


Kompaniya prezidenti yangi fabrika ochishga qaror qilyapti 

d. 


Professor  darsga  tayyorgarlik  k’rish  uchun  vaqt  qanchaligini  haqida  qaror 

qilyapti


e. 


Kollejning  yaqindagi  bitiruvchisi  aspiranturaga  borish  kerakmi  yoki  yo’q 

deb o’ylayapti 

2. 

Siz  ta’til  olish  to’g’risida  qaror  qabul  qilishga  urinayapsiz.  Ta’til 



narxlarining  ko’p qismi(bilet uchun xarajatlar, mehmonxona va ish haqi) dollarda 

o’lchanadi,  ammo  ta’tilning  faqat  psixologik  foydasi  bor.  Bu  foydani  narxga 

qanday taqqoslay olasiz? 

3. 


Siz  shanba  kunini  qo’shimcha  ishingizda  o’tkazishni  rejalashtirayotgan 

edingiz, ammo do’stlaringiz sizdan chang’i  uchishga borishni so’rashdi. Chang’i  

uchishga borishning haqiqiy narxi qanday? 

Endi  siz  kutubxonada  dars  qilib  kiningizni  o’tkazishni  rejalashtirgan  edingiz.  Bu 

holatda chang’i uchishga borishning narxi qanday bo’ladi? Tushuntirib bering. 

4. 


Siz  basketbolda  pul  tikib,  100$  yutib  oldingiz.  Sizda  pulni  hozir  sarflash 

yoki 5% to’laydigan bank hisob raqamiga bir yilga  qo’yishingiz o’rtasida tanlov 

paydo bo’ldi. 100$ni hozir sarflashning alternative bahosi qanday bo’ladi? 

5. 


Siz boshqaradigan kompaniya yangi mahsulotni rivojlantirish uchun  5 mln 

dollar investitsiya qildi, ammo rivojlantirish biroz tugallanmagan. Yaqinda bo’lib 

o’tgan  majlisda,  sizning  sotuvchilar  guruhingiz  raqobatdosh  mahsulotlarning 

namoyishi  sizning  yangi  mahsulotingizning  kutilayotgan  sotuvini  3  mln  dollarga 

tushirganini  bildirishdi.  Agar  rivojlantirishni  yakunlash  va  mahsulotni  ishlab 

chiqarish  1  mln  dollarga  tushsa,  siz  yo’lingizda  davom  etib,  shunday  qilasizmi? 

Rivojlantirishni tugallash uchun maksimum qancha sarflashingiz mumkin? 

6. 


Sehrli  damlama  kompaniyasining  3  ta  boshqaruvchisi  ishlab  chiqarishda 

kutilayotgan  o’sishni  muhokama  qilishmoqda.  Qaror  qabul  qilish  uchun  har  biri 

tahminlari aytishmoqda: 

Garri:      Biz  kompaniyamiz    samaradorligini  –  damlama  gallon  har  ishchiga  – 

o’sishini yoki kamayishini tekshirishimiz kerak.  

Ron:   Biz o’rtacha narxni-  har bir ishchi nisbatan narx- o’sishi yoki kamayishini 

tekshirishimiz kerak. 

                                                           

30

 

Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) 



kitobining I bobi asosida tayyorlangan.

 


313 

 

Germiona:    Biz qo’shimcha  damlamalar  sotuvidan   olingan  qo’shimcha  daromad 



qo’shimcha  narxlardan  ko’ra  kattaroq  yoki  kichikroq  bo’lishini  tekshirishimiz 

kerak. 


Sizningcha, kim haq? Nimaga? 

7. 


 Ijtimoiy  himoya  tizimi  65  yoshdan  oshgan  odamlarni  daromad  bilan 

ta’minlaydi.  Agar  ijtimoiy  himoyani  qabul  qiluvchi  shaxs  ishlashga  va  ba’zi 

daromadini  jamg’arishga  qaror  qilsa,  uning  mazkur  tizimdan  oladigan  foydasi 

kamaytirib boriladi 

a. 

Ijtimoiy himoyaning ta’minlashi odamlar ishlayotganda jamg’arish istagiga 



qanday ta’sir ko’rsatadi? 

b. 


Yuqori  jamg’arma  bilan  bog’liq  bo’lgan  foydadagi  kamayish  65  yoshdan 

oshgan odamlarning ishlashga bo’lgan xohishiga qanday ta’sir etadi? 

8. 

 Davlatning kambag’allikka qarshi yaqindagi qonuniga asosan, ta’minlangan  



ijtimoiy yordam oluvchilarni 2 yil ta’minlash orqali  cheklov qo’ydi. 

a. 


Bu o’zgarishlar ishlashga bo’lgan xohishga qanday ta’sir etadi? 

b. 


Qanday  qilib  bu  o’zgarish  tenglik  va  samaradorlik  o’rtasidagi 

mutanosiblikni ko’rsatishi mumkin? 

9. 

Sizning  xonadoshingiz  sizdan  ko’ra  yaxshiroq  oshpaz,  ammo  siz 



xonadoshingizdan  ko’ra  ancha  tez  tozalaysiz.  Agar  xonadoshingiz  barcha 

oshpazlik ishlarini, siz esa hamma tozalash ishlarini qilsangiz,  sizlarning bunday 

ish  taqsimlashingiz  har  ishni  bo’lishdan  ko’ra  ko’proq  yoki  kamroq  vaqtni  talab 

etadimi? Ikki davlatning ixtisoslashuvi va savdosi ularni qanchalik yaxshilanishini 

namoyish etadigan misollar keltiring. 

10.  Tasavvur  qilamiz,  AQSh  o’zining  iqtisodiyoti  uchun  markaziy 

rejalashtirishni  qo’llamoqchi,  va  siz  bosh  rejalashtiruvchi  bo’ldingiz.  Keying  yil 

uchun qilishingiz kerak bo’lgan million ishlar orasida qancha disk ishlab chiqarish, 

qaysi  artistlarning  ovozini  yozish,  kimlar  bu  diskni  sotib  olishadi  degan  qarorlar 

bor.  Bu  qarorlari  qabul  qilish  uchun  siz  kompakt  disk  sanoati  haqida  nimalarni 

bilishingiz zarur? Amerikadagi har bir dam haqida qanday ma’lumotlar bilishingiz 

kerak?  Siz o’z ishingizni qanday bajara olaman deb o’ylaysiz? 

11.  Quyidagilarning  qaysi  biri  orqali  davlat  faoliyatida  rag’batlantiriladi: 

samaradorlikmi  yoki  tenglik?  Samaradorlik  holatida,  bozorning  qaysi  turlari 

murakkabligini muhokama qiling.  

a. 


  Tv tarmoqlari narxini tartibga solmoq 

b. 


Ba’zi  kambag’al  odamlarni  ovqat  sotib  olish  uchun  vaucherlar  bilan 

ta’minlash 

c. 

Jamoat joylarida chekishni taqiqlash 



d. 

Standart Oil (hamma neft zaxiralarining 90% iga egalik qiladi) ni bir nechta 

kichik kompaniyalarga bo’lish 

e. 


Yuqori daromadli insonlarga  yuqori soliq foizlarini solmoq 

f. 


Ichgan holatda haydashga ruxsat bermaydigan qonun institutlari 

12.  quyidagilarni samaradorlik va tenglik nuqtai nazaridan muhokama qiling: 

a. 

“ Jamiyatda har bir kishi iloji boricha eng yaxshi sog’liq muhofazasi bilan 



kafolatlanishi mumkin.” 

314 

 

b. 



“ Ishchilar ishdan bo’shatilganda, yangi ish topgunlaricha ishsizlik nafaqasi 

bilan ta’minlanishlari kerak” 

13.   Sizning  yashash  standartlaringiz  ota-onangiz  yoki  buva-buvilaringizning 

shu yoshda bo’lgan hayot tarzlaridan qanday farq qiladi? Bu farqlar qanday kelib 

chiqdi? 

14.   Faraz  qilamiz,  amerikaliklar  o’zlarining  daromadlarini  ko’proq    saqlashga 

qaror  qildilar.  Agar  banklar  bu  qo’shimcha  jamg’armalarni  yangi  zavodlar 

qurilishiga  oid biznesga jalb etishsa, samaradorlikning tezroq o’sishiga bu qanday 

ta’sir etishi mumkin? Sizningcha , yuqori samaradorlikdan kim foyda ko’radi? 

15.  Revolyutsion urush davrida, Amerika koloniyalari urush xarajatlarini qoplay 

oladigan  yetarlicha  soliq  stavkalarini  joriy  eta  olmadilar.  Bu  farqlarni  yopib 

yuborish maqsadida koloniyalar qo’shimcha pul chiqarishga qaror qildilar. Bu kabi 

pulni  chiqarish  inflyatsiya  solig’i  deyiladi.  Siznngcha  ,  pul  ko’p  chiqarilganda 

kimlar soliqqa tortiladi? Nima uchun? 

16.   Tasavvur  qiling,  siz  inflyatsiya  darajasini  kamaytirishni  qaror  qilishga 

urinayotgan  mansabdor  shaxssiz.  Aqlli  qaror  qabul  qilishiz  uchun  inflyatsiya, 

ishsizlik va ular o’rtasidagi tanlov haqida nimalari bilishingiz kerak bo’ladi? 

 

 

3-MAVZU Talab va taklif bozor kuchlari sifatida 

 

Muammolar va tatbiqlar 

MUAMMO VA TALABLAR 

1. 

Q

uyidagi axborotlarni talab va taklif rasmsidan foydalangan holda tushuntiring. 

a.  Floridada sovuq bo’lganda mamlakat supermarketlarida apelsin narxi oshdi 

b.  Angliyada  har  yozda  havo  iliq  bo’lganda,  Karibdagi  mehmonxona  xonalari  narxi 

zudlik bilan tushib ketdi.

31

 

c.  O’rta Sharqda urush boshlanganda, yoqilg’i narxi oshdi va Kadillak narxlari tushdi. 

2.  “Kompyuterga talab oshishi kompyuterga bo’lgan taklif hajmini emas talab miqdorini 

oshirdi”. Bu axborot to’g’rimi yoki noto’g’ri? Tushuntiring. 

3.   Tasavvur qililng minifurgon bozori. Har bir hodisa quyida keltirilganiga ko’ra, talab 

yoki  taklifga  ta’sir  etishini  aniqlang.  Talab  yoki  taklifning  o’sishini  aniqlang.  Keyin 

minifurgonlarning narxi va hajmiga ta’sirini grafikda tasvirlang. 

a.  Odamlar ko’proq bolali bo’lishni hohlashmoqda. 

b.  Ishchilarning ish tashlashi po’lat narxini oshirdi. 

c.  Muhandislar  minifurgon  ishlab  chiqarishda  avtomatlashgan  mexanizmni  joriy 

qilishdi. 

d.  Transport vositasining foydalilik darajasi oshdi 

e.  Birjadagi tushish odamlarning boyligini kamaytirdi. 

4.  Quyidagi  tahlildagi  kamchilikni  aniqlang:  “Agar  ko’pchilik  Amerikaliklar  parhezda 

bo’lishsa, nonga bo’lgan talab tushadi. Talabning tushishi non narxiningpasayishiga 

sabab  bo’ladi.  Biroq  keyin  talab  oshdi.  Amerikaliklar  avvalgiga  qaraganda  ko’proq 

non iste’mol qilishni to’xtatishlari mumkin”. 

5.  DVD kinolari, telivideniya tomoshalari va kinoteatr chiptalari uchun bozorni olaylik. 

                                                           

31

 

31



 N.Gregory Mankiw. Principles of Microeconomics. (Fifth edition). USA 2008. P 87-88 

 


315 

 

a.  Har bir juftlik uchun o’rin bosuvchi va to’ldiruvchi tovarlarni aniqlang: 

  DVDlar va telivideniya tomoshalari 

  DVDlar va kinoteatr chiptalari 

  telivideniya tomoshalari va kinoteatr chiptalari 

b.  texnologik  siljish  telivizor  ishlab  chiqarishni  qisqartirishi  haqida  o’ylab  ko’ring. 

Telivizor bozorida nima sodir bo’lishini grafikda tasvirlang. 

c.  Telivizor bozoridagi o’zgarish DVD va kinoteatr chiptalari bozoriga ta’sirini grafikda 

tasvirlang. 

6.  So’nggi  20  yilda  texnologik  siljishlar  kompyuter  chiplari  narxini  qisqartirdi.  Bu 

kompyuter  bozori  uchun  qanday  ta’sir  ko’rsatadi?Kompyuter  dasturlari  uchun-chi? 

Yozuv mashinalari uchun-chi? 

7.  Talab  va  taklif  grafigidan  foydalanib,  quyidagi  hodisalarning  kamzul  bozoriga 

ta’sirini ko’rsating. 

a.  Janubiy Karolinadagi bo’ron paxta dalasini vayron qildi. 

b.  Charm jeket narxi tushdi 

c.  Hamma jamoalar uchun ertalabki mashqlarda maxsus kiyim talab qilindi 

d.  Yangi tikish mashinasi ixtiro qilidi. 

8.  Tekshiruv  yoshlar  tomonidan  ko’p  narkotik  modda  iste’mol  qilinishini  ko’rsatdi.  

Muzokarada ikki xil gipoteza ilgari surildi: 

  Siyosiy kuchlarning susaygani narkotik moddalarning ko’chada sotilishiga olib keldi 

  Ta’lim tizimining yomonlashuvi narkotik moddaga berilib ketishga sabab bo’ldi. 

a.  Narkotik modda iste’mol hajmini ko’payishiga sabab bo’lgan har ikkala tahmin uchun 

talab va taklif grafigini chizing. 

b.  Yuqoridagi  ikki  tushuntirishdan  so’ng  narkotik  modda  narxi  haqida  qanday  xulosa 

qilish mumkin. 

9.  Aytaylik,  2010-yilda  tug’ilishlar  soni  juda  yuqori.  Bu  bolalar  bog’chasi  xizmati 

narxiga  2015  va  2025-yillarda  qanday  ta’sir  ko’rsatadi?  (Ko’rsatma:  5  yoshlilar 

uchun bolalar bog’chasi kerak, 15 yoshlilar tarbiyachi bo’lishi mumkin). 

10.  Ketchup  hot  dog  uchun  to’ldiruvchi  tovar.  Agar  hot  dogning  narxi  oshsa,  ketchup 

bozorida  narx  qanday  bo’ladi?  Pomidor  uchun-chi?  Pomidor  sharbati  uchun-chi? 

Apelsin sharbati uchun-chi? 

11.  Pitsa bozori uchun talab va taklif jadvali quyidagicha: 

 

Narx 

Talab 

miqdori 

Taklif 

hajmi 

4$ 

135 

ta 

pitsa 

26 ta pitsa 



104 

53 



81 

81 



68 

98 



53 

110 



39 

121 

 

 

 

a.  Talab  va  taklif  chizig’ini  chizing.  Bu  bozordagi  muvozanatli  narx  va  muvozanatli 

miqdor qanday? 

b.  Agar haqiqiy narx bu bozorda muvozanatli narxidan past bo’lsa, bozorda muvozanatli 

narx qaysi yo’nalishda o‘zgaradi? 


316 

 

c.  Agar  haqiqiy  narx  bu  bozorda  muvozanatli  narxidan  yuqori  bo’lsa,  bozorda 



muvozanatli narx qaysi yo’nalishda o‘zgaradi? 

12.  Hodisa  quyidagicha  bo’lsin:  Olimlar  apelsinni  iste’mol  qilish  qand  kasalligi  havfi 

tufayli tushishini aytishmoqda, shu bilan birga fermerlar apelsin daraxtini foydaliroq 

qilish  maqsadida  yangi  changlatish  turidan  foydalanishmoqda.  Muvozanatli  narx  va 

apelsin hajmiga nimalar ta’sir etishini tushuntiring va tasvirlang. 

13.  Biskvit  va  pishloqli  krem  odatda  birga  iste’mol  qilinadi,  ular  to’ldiruvchi 

mahsulotlar. 

a.  Bizning  kuzatishimiz  bo’yicha  pishloqli  kremning  muvozanatli  narx  va  biskvitning 

muvozanatli  narxi  o’sgan.  Bunga  nimani  sabab  qilib  ko’rsatishimiz  mumkin:  un 

narxining  tushganliginimi  yoki  sut  narxining  tushganliginimi?  Javobingizni 

tushuntiring va izohlang. 

b.  Aytaylik, pishloqli krem muvozanatli narxi o’sdi, lekin biskvitning  muvozanatli narxi 

tushdi. Bunga nimani sabab qilib ko’rsatishimiz mumkin: un narxining oshganliginimi 

yoki sut narxining oshganliginimi? Javobingizni tushuntiring va izohlang. 

 

14.  Aytaylik,  sizning  jamoaingizda  basketbol  chiptasi  bozor  kuchlari  orqali  tartibga 

solinadi. Talab va taklif jadvali quyidagicha berilgan: 

Narx 

Talab 

miqdori 

Taklif 

hajmi 

4$ 

10 000 

chipta 

8 000 

chipta 



8 000 

8 000 

chipta 

12 

6 000 

8 000 

chipta 

16 

4 000 

8 000 

chipta 

20 

2 000 

8 000 

chipta 

 

a.  Talab va taklif egri chiziqlarini chizing. Taklif egri chizig’i uchun nima noodatiy? Bu 

nima uchun to’g’ri bo’lishi mumkin? 

b.  Chipta uchun muvozanatli narx va miqdor qanday? 

c.  Sizning  kollejingiz  keyingi  yilda  umumiy  a’zolar  sonini  5  000  talabaga  oshirishni 

rejalashtirdi. Qo’shimcha talabalarga quyidagicha talab jadvali berilgan: 

 

Narx 

Talab miqdori 

4$ 

4 000 chipta 



3 000 

12 

2 000 

16 

1 000 

20 



 

Hozir oldingi va keying talab jadvalini yangi talab jadvalini hisoblash uchun qo’shing. 

Yangi muvozanatli narx va miqdor qanday bo’ladi? 

15.  Bozorni o’rganish natijasida shokolad bozori uchun quyidagi ma’lumotlar to’plandi: 

talab jadvalini quyidagi tenglik orqali tuzish mumkin: 

 

 



             

 

 , bu yerda 



317 

 

 



 

 –  talab  miqdori  va  P  –  narx.  Taklif  jadvalini  quyidagi  tenglik  orqali  tuzish 

mumkin: 

 

 



             

 

 ,  bu  yerda 

 

 

 –  taklif  hajmi.Shokolad  bozori  uchun 



muvozanatli narx va muvozanatli miqdorni aniqlang. 

 


Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin