Biznes va tadbirkorlik


Xususiy yechimlar nega har doim ham ishlamaydi?



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


Xususiy yechimlar nega har doim ham ishlamaydi? 

Kouz  teoremasining  mantiqiga  qaramay,  xususiy  shaxslar  ko`pincha  tashqi 

ta’sir muammolarni hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Kouz teoremasi 

faqat  manfaatdor  tomonlar  bitim  tuzishi  va  amalga  oshirishida  hech  qanday 

muammo  bo`lmaganda  amal  qiladi.  Biroq  real  dunyoda,  o`zaro  manfaatli 

shartnoma tuzish mumkin bo`lsa ham, savdolashish har doim ham ishlayvermaydi. 

Ba'zan  manfaatdor  tomonlar  operatsion  harajatlar,  ya’ni  savdolashish 

jarayonida  tomonlar  rozi  bo`ladigan  harajatlar,  tufayli  tashqi  ta’sir  muammosini 

hal  qilishda  muvaffaqiyatsizlikka  uchraydi.  Bizning  misolda,  tasavvur  qiling, 

Dilshod  va  Lola  turli  tillarda  gapirishadi,  shuning  uchun,  shartnomaga  erishish 

uchun  ular  tarjimon  yollashi  kerak.  Agar  huruvchi  it  muammosini  hal  qilish 

foydasi tarjimon harajatidan kam bo`lsa, Dilshod va Lola masalasini yechilmagan 

holatda  tashlab  qo`yishi  mumkin.  Yanada  real  misollarda,  operatsion  harajatlari 

tarjimon harajati emas, balki shartnomalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun 

zarur bo`lgan huquqshunos harajatlari bo`ladi. 

Boshqa  vaqtlarda,  savdolashish  shunchaki  buziladi.  Urushlar  va  mehnat 

to`qnashuvlari  sodir  bo`lishi  kelishuvning  qanchalik  qiyin  bo`lishi  mumkinligini 

ko`rsatadi  va  kelishuvga  erishish  juda  qimmatga  tushishi  mumkin.  Muammo 

shundaki,  har  bir  tomon  odatda  o`zi  uchun  yaxshiroq  shartnoma  uchun  harakat 

qiladi. Misol uchun, Dilshod itdan 500 so`mlik foyda oladi va Lola it hurishidan 

800 so`mlik harajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Lolaning itdan qutilish uchun 

Dilshodga  to`lashi  samarali  bo`lsa-da,  bu  natijaga  olib  kelishi  mumkin  bo`lgan 

ko`plab  narxlar  bor.  Dilshod  750  so`m  talab  qilishi  mumkin,  va  Lola  faqat  550 

so`m  taklif qilishi  mumkin.  Ular narxi ustida savdolashaversa,  huradigan it bilan 

samarasiz natija davom etaveradi.  

Manfaatdor  tomonlar  soni  ko`p  bo`lganda  samarali  savdolashishga  erishish, 

ayniqsa, qiyin, chunki hammani muvofiqlashtirish qimmatga tushadi. Misol uchun, 

yaqin  ko`l  suvini  ifloslantiradigan  bir  zavodni  olaylik.  Ifloslanish  mahalliy 

baliqchilarga salbiy tashqi ta'sir ko`rsatmoqda. Kouz teoremasiga ko`ra, ifloslanish 

samarasiz  bo`lsa,  unda  baliqchilar  ifloslantirmaslik  uhchun  zavodga  haq  to`lashi 

orqali  zavod  va  baliqchilar  savdolashishga    erishishi    mumkin.    Biroq,    agarda  

baliqchilar      ko`p  bo`lsa,  zavod  bilan  savdolashishga  ularning  barchasini 



294 

 

muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin. 



Xususiy  savdolashish  ishlamaganda,  ba'zan  hukumat  rol  o`ynashi  mumkin. 

Hukumat  ommaviy  harakatlar  uchun  mo`ljallangan  muassasa  hisoblanadi.  Bu 

misolda,  baliqchilar  o`zlari  uchun  harakat  qilishi  ilojsiz  bo`lsa  ham,  davlat 

baliqchilar nomidan harakat qilishi mumkin.



  

Tayanch  so`z  va  iboralar:  tashqi  ta’sir    tashqi  ta’sirni  o`zlashtirish  

tuzatuvchi soliq  Kouz teoremasi  operatsion harajatlar 



 

 

XVIII-BOB.  IJTIMOIY NE`MATLAR VA UMUMIY RESURSLAR 

 

Reja

 

18.1.Mahsulotlarning turli xil turlari 

18.2.Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar 

18.3.Umumiy resurslar 

 

18.1.Mahsulotlarning turli xil turlari 

Bozorlar  insonlar  hohlayotgan  mahsulotlar  etkazib  berishda  qanchalik 

yaxshi  ishlashadi?  Bu  savolga  javob  masalani  mohiyatini  qay  darajada  chuqur 

anglib  etilganligiga  bog`liq.  Biz  ta’kidlab  o`tganimizdek,  bozor  konussimon 

qutili muzqaymoqni samarali sonini ta’minlab berishi mumkin: muzqaymoqning 

narxi  ularga  bo`lgan  talab  va  taklifni  muvozanatlashtirishi  mumkin,  va  bu 

muvozanat ishlab chiqaruvchi daromadlarini maksimallashtirishi hamda iste’mol 

tanqisligini  bartaraf  etishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  biz  10  bobda  ko`rib 

o`tganimizdek,  bozor  alyuminiy  ishlab  chiqaruvchilarini  biz  nafas  olayotgan 

havoni  ifloslantirishdan  qaytarishga  umid  qila  olmaydi.  Bozorda  xaridor  va 

sotuvchilar  odatda  o`z  qarorlarining  tashqi  oqibatlariga  e’tibor  qaratishmaydi. 

Shunday qilib, bozorlar mahsulot muzqaymoq bo`lganda yaxshiroq va mahsulot 

toza havo bo`lganda yomonroq ishlashadi. 

Bozordagi  turli  xil  mahsulotlar  haqida  fikr  yuritib,  ularni  quyidagi  ikki 

sifatiga ko`ra guruhlash mumkin: 

- Mahsulot  iste’moldan  mahrum  qilinish  (eksklyuzivlik)  xususiyatiga 

egami? Ya’ni, kishilarni uni iste’molidan mahrum etish mumkinmi? 

- Mahsulot  iste’molda  cheklanganmi?  Ya’ni,  bir  kishining  mahsulotni 

iste’mol  qilishi  boshqa  kishilarning  uni  iste’mol  qilish  qobiliyatlarini 

kamaytiradimi? 

Ushbu  ikki  sifatni  ishlatilishi,  1-rasmda  mahsulotlarni  4  guruhga 

taqsimlaydi: 

1. Shaxsiy  buyumlar  ist’emoldan  mahrum  qilinish  va  iste’molda 


295 

 

cheklanganlik  xususiyatlariga  ega.  Masalan,  konussimon  qutili  muzqaymoqni 



ko`rib chiqamiz.  

Muzqaymoq  iste’moldan  olinishi  mumkin,  chunki  kimnidir  muzqaymoq 

iste’molidan mahrum qilish uchun o`sha kishiga muzqaymoqni bermaslikni o`zi 

kifoya.  Konussimon  qutili  muzqaymoq  iste’molda  cheklangan,  chunki  agarda 

biror  kishi  muzqaymoqni  iste’mol  qilsa  boshqa  bir  kishi  aynan  o`sha 

muzqaymoqni  iste’mol  qilish  imkoniyatiga  ega  bo`lmaydi.  Iqtisodiyotda 

ko`pgina mahsulotlar aynan konussimon qutili muzqaymoq kabidir: siz to`lovni 

amalga oshirmay turib biror narsani qo`lga kirita olmaysiz va siz to`lovni amalga 

oshirgandan  so`ng  shu  tovar  hisobiga  foyda  olishi  mumkin  bo`lgan  yagona 

shaxsga  aylanasiz.  Biz  ilgarigi  talab  va  taklifni,  shuningdek  bozorlar 

samaradorligini ta’lil qilganimizda  mahsulotlar ist’emoldan  mahrum qilinish va 

iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega ekanligini taxmin qilgan  edik. 

2. Umumiy foydalanishdagi mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish va 

iste’molda  cheklanganlik  xususiyatlariga  ega  emasdirlar.  Ya’ni  kishilarga 

umumiy  foydalanishdagi  mahsulotlarning  iste’molini  cheklash  mumkin  emas, 

shuningdek  bir  kishining  iste’moli  boshqa  kishining  uni  iste’mol  qilish 

imkoniyatini  kamaytirmaydi.  Masalan,  kichik  shaharchada  tornado  ovozi 

umumiy foydalanishdagi mahsulot hisoblanadi. Ya’ni, tornado yuzaga kelgandan 

keyin  hech  kimni  uning  ovozidan  himoya  qilish  mumkin  emas  (demak  bu 

ist’emoldan  olinishi  mumkin  emas).  Undan  tashqari,  biror  kishi  ushbu 

shovqindan  foyda  oladigan  bo`lsa,  u  boshqa  biror  kishining  imkoniyatlarini 

kamaytirib yubormaydi (demak bu iste’molda cheklangan emas). 

 

3. Umumiy  resurslar  Cheklanganlik  xususiyatiga  ega,  biroq  iste’moldan 



mahrum  qilinishi  mumkin  bo`lmagan  mahsulotlar.  Masalan,  okeandagi  baliq 

iste’molda cheklanganlik xususiyatiga ega, agar biror shaxs okeandan baliq tutib 

olsa,  u  holda  boshqa  bir  shaxs  uchun  tutib  olish  mumkin  bo`lgan  baliqlar  soni 

kamayadi.  Shu  bilan  birga  bu  baliqlar,  iste’moldan  mahrum  qilinishi  mumkin 

bo`lgan  mahsulot  emas.  Sababi  okeanni  cheksizlik  xususiyatini  inobatga  olsak, 

baliq tutuvchilarni baliq tutishdan to`xtatish o`ta mushkul vazifadir. 

4. Agar  mahsulot  iste’moldan  mahrum  qilinish  xususiyatiga  ega  bo`lish 

RASM 

Tovarlarning  to'rt turi. 

Mahsulotlar  ikki  xususiyatlariga 

ko'ra  to'rt  toifaga  guruhlangan 

bo'lishi  mumkin;  (1)  odamlar 

undan 


foydalanishdan 

to’xtatiadigan  tovarlar  bundan 

mustasno.  (2)    Agar  bitta 

odamning 

tovarlarni 

iste’mol 

qilishi,  boshqa  odamlarning  shu 

tovarlarni 

iste’mol 

qilishlarini  

qisqartirsa, 

bu 


tovarlar 

raqobatdosh bo’ladi.  

Xususiy mulk 

• Muzqaymoq  ko’nusi 

• kiyimlar 

• tirband yo’llardan 

foydalanish uchun to’lov

 

Umumiy resurslar 



• dengizdagi baliq 

• Atrof muhit 

• bepul yo’llardan 

ketyapish 

Tabiiy monopoliyalar 

• yong'indan himoya 

• Kabel TV 

• tirbanad bo’lmagan 

yo’llar  uchun  to’lov 

davlat maxsulotlari 

•  Milliy mudofaa 

• Tirband bo’lmagan yo’llar 

uchun to’lov 

Ha 


Mustasnomi?  

Yo`q 


Ha 

Yo`q 


Iste'moldagi raqobat?

 


296 

 

bilan  bir  qatorda  cheklanganlik  xususiyatiga  ega  bo`lmasa,  u  holda  mazkur 



mahsulot tabiiy Monopoliya ishlab chiqarish uchun yaxshigina misol bo`la oladi. 

Masalan, kichik shaharchada yong`inga qarshi himoya tizimini misol keltiraylik. 

Biror  kishini  bu  mahsulotni  (xizmatni)  iste’mol  qilishdan  mahrum  etish  juda 

oson: yong`inga qarshi kurashish bo`limi shunchaki o`sha kishining uyini yonib 

bitishi  uchun  imkoniyat  yaratib  beradi.  Shu  bilan  birga,  bu  mahsulot  (xizmat) 

cheklanganlik xususiyatiga ega emas.  Ya’ni butun boshli shaharning  yong`inga 

qarshi  kurashish  bo`limi  harajatlari  to`langanda,  kichik  bir  uyni  yong`indan 

himoya qilish harajatlari hech narsa emas. 

Yuqorida  ko`rib  chiqilgan  1-rasm  mahsulotlarni  aniq  4  guruhga  bo`lishni  

ko`zda tutganiga qaramasdan, odatda ular o`rtasidagi chegara ko`p hollarda aniq 

bo`lmaydi.  Mahsulot  iste’moldan  mahrum  qilinish  xususiyatiga  egami  yoki 

iste’molda cheklanganmi ko`p holatlarda aniq bir darajaga bog`liq bo`lib qoladi. 

Okeandagi  baliq  iste’moldan  mahrum  qilinish  xususiyatiga  ega  bo`lmaydi, 

sababi  okeanda  kuzatish  imkoniyati  juda  qiyin,  lekin  shu  bilan  birga 

qo`riqlanadigan  qirg`oqqa  ega  suv  havzasi  baliqni  aksariyat  holatlarda 

iste’moldan mahrum qilinuvchi xususiyatiga ega qilishi mumkin. Xuddi shunday 

tartibda,  baliq  odatda  iste’molga  cheklangan  mahsulot  bo`lgani  bilan  baliq 

ovlovchilar  soniga  ko`ra  uni  iste’molga  cheklanmagan  mahsulot  sifatida  ko`rib 

o`tish  mumkin  (shimoliy-amerikalik  balik  tutvchilarni  u  erlarga  evropalik 

ko`chmanchilarni ko`chib kelgungacha bo`lgan holatini eslang). Bu fikr bizning 

tahlil uchun, shu bilan birga, yuqoridagi boshqa to`rt guruh mahsulotlari uchun 

ham foydali bo`ladi. 



Mazkur  bobda  biz  iste’moldan  mahrum  qilinish  xususiyatiga  ega 

bo`lmagan 

mahsulotlarni 

ko`rib 

chiqamiz: 

ommaviy 

(umumiy 

foydalanishdagi)  mahsulotlar  va  umumiy  resurslar.  Sababi  kishilar  bu 

mahsulotlarni iste’molidan mahrum etilishlari yoki voz kechishlari mumkin 

emas,  ular  hamma  uchun  mavjud.  Ommaviy  mahsulotlar  va  umumiy 

resurslarni o`rganish tashqi faktorlarni  o`rganish bilan chambarchas bog`liq. 

Ushbu  har  ikkala  mahsulot  uchun  ham  tashqi  faktorlar  yuzaga  keladi,  chunki 

ba’zi bir tabiiy ne’matlar (boyliklar) narxga ega bo`lmaydi. Agar biror bir kishi 

ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotdan iste’mol qilishi (foydalanishi) 

kerak  bo`lsa,  aytaylik  tornado  ovozidan,  boshqa  bir  kishi  esa  undan  ko`ra 

yaxshiroq ko`rinishda (vaziyatda) ham foydalanishi mumkin. Ularning har ikkisi 

mahsulot uchun haq to`lamasdan foyda olishadi  – bu ijobiy tashqi ta’sir. Xuddi 

shunday,  biror  kishi  ommaviy  (umumiy  foydalanishdagi)  mahsulotni  iste’mol 

qilayotganda,  aytaylik  okeandagi  baliqni,  boshqa  kishilarda  undan  foydalanish 

imkoniyati  pasayib  ketadi,  chunki  tutilishi  mumkin  bo`lgan  baliqlar  soni 

kamayadi.  Ular  yuzaga  kelgan  yo`qotishdan  ma’lum  ma’noda  zarar  ko`rishadi, 

biroq hech kim buni qoplab berish majburiyatini olmaydi  – bu esa salbiy tashqi 

ta’sir.  Ushbu  kabi  tashqi  ta’sirlar  tufayli,  iste’mol  qilish  va  ishlab  chiqarish 

to`g`risidagi  ko`pchilik  qarorlar  resurslarni  samarasiz  taqsimlanishiga  olib 

keladi.  Ushbu  holatlarda  davlatning  aralashuvigina  iqtisodiy  farovonlikka  va 

resurslar barqarorligiga olib kelishi mumkin. 



297 

 

18.2.Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar 

Ommaviy (umumiy  foydalanishdagi)  mahsulotlarni boshqa mahsulotlardan 

farqini  yaxshiroq  tushunish  va  ular  tufayli  jamiyatga  kelib  chiqishi  mumkin 

bo`lgan  muammolarni  ko`rib  chiqish  uchun  keling  bir  misolni  ko`ramiz: 

mushakbozlik. Bu mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, 

sababi  mushakbozlik  bo`lgan  holatda  biror  kishini  uni  tomosha  qilishdan 

qaytarish  mumkin  emas.  Shuningdek,  bu  cheklanganlik  xususiyatiga  ham  ega 

mahsulot  emas,  sababi  biror  kishini  mushakbozlikdan  zavq  olishi  boshqa  bir 

kishini undan olishi mumkin bo`lgan zavq darajasini kamaytirmaydi. 



“Tekinxo`rlar”  (ommaviy  mahsulotlardan  foydalanib,  ularga  haq 

to`lamaydigan  kishilar)  muammosi.  Bayramlarda  ko`pchilik  odamlar 

mushakbozlikni  yoqtirishadi.  Mushakbozlik  shaharchaning  har  500  aholisiga  10 

so`mdan  to`g`ri  keladi  va  shahar  byudjetiga  yakunda  jami  5000  so`m  daromad 

keltiradi. Mushakbozlikni tashkil etish harajatlari jami 1000 so`mga to`g`ri keladi. 

Ushbu faoliyatdan olinayotgan daromad (5000 so`m) unga ketgan harajatdan (1000 

so`m)  ko`proq  ekanligi  inobatga  olinsa,  Bayramda  mushakbozlikni  o`tkazish 

shaharcha uchun daromadli faoliyatdir. 

Xo`sh,  xususiy  sektor  mazkur  faoliyatni  samarali  yo`lga  qo`ya  oladimi? 

Yo`q.  Aytaylik,  shaharchada  yashovchi  tadbirkor  Farhod  shaharcha  uchun 

mushakbozlik o`tkazishni tashkil etishga bel bog`ladi. 

Farhodda,  shubhasiz,  chiptalarni  sotish  bilan  bog`liq  muammolar  yuzaga 

keladi,  sababi  uning  salohiyatli  mijozlari  bilishadiki,  mushakbozlikni  chipta 

sotib olmasdan ham ko`rish mumkin. Sababi, mushakbozlik iste’moldan mahrum 

qilinish  xususiyatiga  ega  bo`lmagan  mahsulotdir,  chunki  kishilarda  chiptasiz 

ham  mushakbozlikni  tomosha  qilishga  rag`bat  bor.  “Tekinxo`rlar”  bu  shunday 

kishiki  –  yaxshi  narsadan  foyda  oladi,  ammo  unga  haq  to`lamaydi.  Kishilar 

bunda  rag`batga  ega  bo`lishadi,  turgan  gapki,  agar  chipta  sotib  oluvchilar 

mavjud bo`lmasa bozor samarali natijaga ega bo`lmaydi.  

Bozorda  mazkur  muvaffiqqiyatsizlikni  ko`rib  chiqish  yo`llaridan  biri  bu 

mazkur holatga sabab bo`layotgan tashqi ta’sirlarni ko`rib chiqish. 

Agarda,  Farhod  mushakbozlik  marosimini  shahar  markazidagi  displeyda 

namoyish  etsa,  bu  narsa  “tekinxo`r”  tomoshabinlar  uchun  samara  keltiradi, 

ammo  Farhodga  emas.  Marosimni  ekranda  namoyish  qilish  to`g`risida  qaror 

qabul  qilish  bilan  Farhod  tashqi  ta’sirlarni  e’tibordan  chetda  qoldiradi. 

Mushakbozlik aholi tomonidan katta qiziqishga sabab bo`lgani bilan, yakunda u 

daromadli  faoliyat  bo`lmay  qoladi.  Natijada,  marosimni  displeyda  namoyish 

etmasdan  Farhod  o`zi  uchun  ratsional  qaror  qabul  qiladi,  biroq  aholini 

mushakbozlik zavqidan mahrum etadi. 

Xususiy  bozor  shaharcha  aholisi  hohishiga  ko`ra  mushakbozlik  tashkil 

etishga  tayyor  emasligiga  qaramay  ushbu  holatni  echimi  juda  oddiy:  to`rtinchi 

iyul  tadbirlarini  mahalliy  hukumat  moliyalashtirishi  zarur.  Shahar  hokimiyati 

aholidan olinadigan soliqni 2 so`mga oshirib, kelib tushgan mablag`lar hisobiga 

Farhodni  mushakbozlik  o`tkazish  uchun  yollashi  mumkin.  Shaharchada  8  so`m 


298 

 

barcha  uchun  yaxshi  echim,  10  so`mdan  esa,  2  so`m  soliq  to`lovini  ayirib 



tashlagan  holda,  daromad  hosil  bo`lmoqda.  Shunday  qilib,  Farhod  shaharchaga 

tadbirkor  sifatida  yordam  bera  olmagan  bo`lsada,  unga  jamiyat  a’zosi  sifatida 

yordam berishi mumkin. 

Shaharcha  hikoyasi  sodda  bo`lsada  real  hayotni  aks  ettiruvchi  o`ziga  xos 

voqe’likdir. 

Aslida 


ko`pgina 

mahalliy 

hukumatlar 

bayramlardagi 

mushakbozliklar uchun pul to`lashadi. Undan  tashqari mazkur hikoya ommaviy 

mahsulotlarning  umumiy  xususiyatini  ochib  beradi:  ommaviy  mahsulotlar 

iste’moldan  mahrum  qilinish  xususiyatiga  ega  emas,  “tekinxo`rlar”  muammosi 

esa  ommaviy  mahsulotlarni  xususiy  sektor  tomonidan  taqdim  etilishiga 

to`sqinlik qiladi. Shu bilan birga, davlat bu masalani mahsulotlardan kelayotgan 

daromad  ularga  sarflanayotgan  harajatlarni  qoplashi  mumkin  bo`lgan  darajada 

hal etishi, soliqlar bilan birga umumiy harajatlarni qoplashi, barcha masalalarni 

ijobiy hal etishi mumkin. 



Ba’zi bir muhim ommaviy mahsulotlar 

Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar uchun misollar talaygina. 

Quyida biz ulardan eng muhim uchtasini ko`rib chiqamiz. 

Mudofaa  tizimi.  Mamlakatni  xorijiy  bosqinchilardan  himoya  qiluvchi 

mudofaa  tizimi  bunga  klassik  misol  bo`la  oladi.  Butun  mamlakat 

himoyalangandan keyin biror bir kishini bu mahsulotni (xizmatni) iste’molidan, 

ya’ni tinchlikdan bahra olishdan mahrum qilib bo`lmaydi. Undan tashqari biror 

kishi  mudofaa  tizimidan  foydalanayotganda,  u  boshqa  bir  kishini  bu 

mahsulotdan (xizmatdan) foydalanishiga to`sqinlik qila olmaydi. Shunday qilib, 

mudofaa  tizimi  iste’moldan  mahrum  qilinish  xususiyatiga  ham  cheklanganlik 

xususiyatiga ham ega emas. 

Shu  bilan  birga  mudofaa  tizimi  eng  serharajat  ommaviy  mahsulot 

hisoblanadi.  Bu  mablag`ni ko`p  yoki  kamligi  yuzasidan  aholi  o`rtasida  turli  xil 

fikrlar mavjud bo`lganiga qaramay,  hech   kim  mudofaa  tizimi  uchun  davlat 

harajatlari  zarur  ekanligini  inkor  etmaydi.  Davlatni  o`ziga  hos  himoyachilari 

bo`lgan  iqtisodchilar  ham  mudofaa  tizimini  ommaviy  mahsulot  ekanligini 

inobatga olib, uni davlat tomonidan ta’minlanishini yoqlashadi. 



Fundamental  ilmiy  tadqiqotlar.  Bilim  ilmiy  tadqiqotlar  asosida  yuzaga 

keladi. U yoki bu davlatning bilimlarni shakllantirishga yo`naltirilgan siyosatini 

baholashda  umumiy  bilimlarni  aniq  texnologik  bilimlardan  farqlash  zarur. 

Uzoqroq muddat xizmat qiluvchi batareykalarni ixtiro qilish, kichikroq hajmdagi 

mikrochiplarni yaratish yoki yaxshiroq musiqa eshitish asbobini ishlab chiqishga 

o`xshagan aniq texnologik bilimlar odatda patentlangan bo`lishi mumkin. Patent 

ixtirochiga  ma’lum  bir  muddatda  u  yaratgan  yoki  ixtiro  qilgan  sohada  faoliyat 

yuritish  uchun  alohida  huquqni  beradi.  Boshqa  shaxslar  patentlangan 

ma’lumotlardan  foydalanganlik  huquqi  uchun  ixtirochiga  haq  to`lashadi. 

Boshqacha  so`z  bilan  aytganda  patent  ixtirochini  bilimini  iste’moldan  mahrum 

qilinish xususiyatiga ega qiladi. 

Bunga  qarama-qarshi  ravishda,  umumiy  bilimlar  ommaviy  mahsulot 

hisoblanadi.  Masalan,  matematik  olim  teoremani  patentlay  olmaydi.  Teorema 


299 

 

isbotlanganidan  so`ng  bilim  iste’moldan  mahrum  qilish  xususiyatiga  ega 



bo`lmaydi.  Teorema  umumiy  foydalanishdagi  bilimlar  sirasiga  kiradi,  har  kim 

biror-bir  ayblovsiz  undan  foydalanish  huquqiga  ega.  Teorema  shuningdek, 

iste’molda  ta’qiqlangan  ham  emas,  biror  kishini  teoremadan  foylanishi  boshqa 

bir kishini undan foydalanish imkoniyatlarini kamaytirmaydi. 

Daromad olishga intilgan firmalar keyinchalik ularni patentlash yoki qayta 

sotish  hisobiga  ko`proq  daromad  olishni  ko`zlab,  tayyor  ilmiy  tadqiqotlar 

hisobiga yangi loyihalarni ishlab chiqishga juda ko`p mablag` ishlatishadi, biroq 

ular fundamental ilmiy izlanishlarga ko`p mablag` sarf etishmaydi.Bunda ularni 

rag`batlantiruvchi  omil  -    ilgari  boshqalar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  umumiy 

bilimlarga  mablag`ni  iqtisod  qilish.  Buning  natijasi  o`laroq,  u  yoki  bu  davlat 

siyosatining  mavjud  emasligi  tufayli  jamiyat  yangi  fundamental  ilmiy 

izlanishlarga juda kam resurs sarflaydi. 

Davlat  ommaviy  mahsulot  hisoblangan  umumiy  bilimlarni  turli  xil  usullar 

bilan  ta’minlashga  harakat  qiladi.  Sog`liqni-saqlash  milliy  instituti  va  Milliy 

ilmiy  jamg`arma  kabi  davlat  idoralari  tibbiyot,  matematika,  fizika,  ximiya, 

biologiya va hatto iqtisodiyot kabi yo`nalishlarda fundamental tadqiqotlar uchun 

turli  xil  subsidiyalar  ajratadi.  Ba’zi  kishilar  davlatning        kosmik      dasturlarni   

moliyalashtirish siyosatini ularni jamiyatda umumiy bilimlarni kuchaytirilishiga 

qo`shishi mumkin bo`lgan hissasi tufayli yoqlashadi (biroq ba’zi olimlar komik 

sayoxatlarni  amalga  oshirishga  qaratilgan  loyihalarga  skeptik  yondoshishgan). 

Olinayotgan  foydani  aniqlash  qiyinligi  hisobiga  davlat  tomonidan  mazkur 

urinishlarga  mustahkam  qo`llab  quvvatlashni  aniqlash  qiyin.  Bundan  tashqari 

mazkur  tadbirlarga  yo`naltirilgan  moliyaviy  mablag`larni  tasdiqlab  bergan 

Kongress a’zolari ushbu yo`nalishlarda etarlicha bilim va tajribaga ega emas, bu 

tadbirlarni  samarali  ekanligini  aniqlab  berishga  qodir  emaslar.  Shunday  qilib, 

fundamental  izlanishlar  ommaviy  mahsulot  bo`lgan  bir  paytda  davlatni  ularni 

kerakli  hajm  va  yo`nalishlarda  moliyalashtirishga  qodir  emasligiga  hayron 

bo`lishimiz kerak emas. 



Qashshoqlikka  qarshi  kurashish.  Ko`pgina  davlat  dasturlari  nochorlarga 

yordam berishga yo`naltirilgan. Ijtimoy himoya qilish tizimi (rasman yordamga 

muhtoj oilalarga vaqtincha ko`mak deb nomalanadi) ayrim nochor oilalarga katta 

bo`lmagan  daromadni  ta’minlab  beradi.  Undan  tashqari  oziq-ovqat  talonlari 

dasturi  kam  daromadli  kishilarga  oziq-ovqat  mahsulotlarini  xarid  qilishni 

subsidiyalaydi,  shuningdek  turli  xil  uy  joy  bilan  ta’minlash  davlat  dasturlari 

ularni yashash joylari bilan ta’minlab beradi. Qashshoqlikka qarshi kurashishga 

yo`naltirilgan  ushubu  dasturlar  moliyalviy  jihatdan  barqaror  bo`lgan  oilalar 

tomonidan to`lanadigan soliqlar hisobiga moliyalashtiriladi. 

Iqtisodchilar  qashshoqlikka  qarshi  kurashishda  davlatning  tutgan  roli 

borasida  o`zaro  hamfikr  emaslar.  Biz  mazkur  masalani  atroflicha  o`rganib 

chiqishimizga  qaramasdan  hozir  muhim  bir  jihatga  e’tibor  qaratamiz: 

qashshoqlikka  qarshi  kurashish  tarafdorlari,  ushbu  kurashishni  ommaviy 

mahsulot  hisoblashadi.  Hatto,  barcha  qashshoqlik  mavjud  bo`lmagan  jamiyatda 

yashashni hohlasada, qashshoqlikka qarshi  kurashish umuman olganda “yaxshi” 


300 

 

tadbir emas, sababi bu masalalar shaxsiy tartibda amalga oshirilishi zarur. 



Qashshoqlikni  bartaraf  etish  maqsadida,  aytaylik,  kimdur  boy  kishilar 

jamiyatini tashkil etdi. Ular ommaviy mahsulotlar taqdim etishadi. Bu iste’molda 

cheklangan  mahsulot  bo`lmaydi:  biror  kishini  qashshoqlik  mavjud  bo`lmagan 

jamiyatda  yashashi  boshqa  bir  kishini  ana  shu  jamiyatda  yashashiga  to`sqinlik 

qilmaydi.  Bu  iste’moldan  mahrum  qilish  xususiyatiga  ham  ega  bo`lmaydi: 

qashshoqlik  bartaraf  etilgandan  so`ng  kimdur,  xech  kim  bundan  mahrum 

etilmaydi. 

Natijada, “tekinxo`rlar” qashshoqlikka qarshi kurashishda ishtirok etmasdan 

turib  qashshoqlik  mavjud  bo`lmagan  sharoitda  yashash  imkoniyatiga  ega 

bo`lishadi. 

“Tekinxo`rlar”  muammosi  tufayli  qashshoqlikni  xususiy  homiylik 

yordamlari hisobidan bartaraf etish, turgan gapki, mumkin emas. Shu bilan birga, 

davlatni aralashuvi ushbu masalani hal etishi mumkin. Nochorlarni hayot tarzini 

ko`tarishni  ko`zlab  boylarni  soliqqa  tortish  hammasini  yaxshilashi  mumkin. 

Nochorlar  baxtli  –  sababi  ular  yaxshi  hayot  tarziga  ega  bo`lishayapti,  boylar 

baxtli  –  sababi  ular  qashshoqlar  nisbatan  kam  bo`lgan  jamiyatda  yashashni 

yaxshi ko`rishadi. 


Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin