Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi


Alohida hisob ishlari bo‘yicha rejalarning turlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/21
tarix29.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#81474
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
2-BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH, PREDMETI VA METODI

Alohida hisob ishlari bo‘yicha rejalarning turlari:

Hujjatlashtirish rejasi va hujjatlar aylanishi grafigi

Buxgalteriya xodimlarining mehnatinitashkil etish rejasi

Inventarizatsiya rejasi 

Bajariladigan hisob ishlarining individual grafigi 

Hisobni texnik rasmiylashtirish rejasi 

Bajariladigan hisob ishlarining tuzulmaviy va yig‘ma grafigi
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobini markazlashtirish bosh 
buxgalter tomonidan rahbarlik va nazorat qilishning ta’sirchanligini ta’minlaydi, 
hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini maqsadga muvofiq amalga oshirish va 
EHM dan samarali foydalanishga imkon beradi. Shuning uchun, buxgalteriyahisobini 
faqat yirik korxonalarda markazlashtirilmagan holda tashkil etish maqsadga muvofiq.
Aksariyat 
korxonalarda 
markazlashtirilgan 
buxgalteriya 
hisobi 
tizimi 
qo‘llaniladi. Ayrim korxonalarda muayyanshart-sharoitlardan kelib chiqqan holda 
qisman 
markazlashtirilmagan 
buxgalteriya 
hisobi 
tashkil 
etilib, 
tarkibiy 
bo‘linmalarda dastlabki hujjatlarni tuzishdan tashqari ayrim sintetik schotlar bo‘yicha 
analitik hisob yuritiladi, xarajatlar hisobi amalga oshiriladi, mahsulot (ish, 
xizmat)larning haqiqiy tannarxi hisoblanadi va h.k. Lekin, tarkibiy bo‘linmalarda 
yakuniy buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Balans hamda boshqa hisobot shakllari 
tuzilmaydi.
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ishlarining grafigini 
tuzish muhim bosqich hisoblanadi.
Hisob ishlari grafiklarining asosiymaqsadi xodimlar o‘rtasida vazifalarni 
taqsimlash, ishlarning bajarilish muddatlarini aniqlash bo‘lib, hisob xodimlarining 


mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlar belgilanmoqda. Bunday grafiklar 
individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo‘lishi mumkin.
Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi tomonidan qanday 
ishlar vaular qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi.
Grafikda xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda (xafta, oy, 
chorak va h.k.) band bo‘lishi ta’minlanadi.
Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida tarkibiy 
bo‘linmalari (hisob-kitob bo‘limi moddiybo‘lim, omborxona va h.k.) tomonidan 
qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi ko‘rsatiladi.
Yig‘ma grafikda butun korxona bo‘yicha alohida hisob ishlarini bajarish 
(inventarizatsiya o‘tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlarni tuzish va sh.k.) 
muddatlari 
ko‘rsatiladi. 
Unda 
korxona 
bo‘yicha 
butun 
hisob-jarayoni 
umumlashtirilgan holda aks ettiriladi.
Uning bajarilishi uchun korxona bosh buxgalteri mas'ul hisoblanadi.
Hisob ishlarining grafigi jadvallar ko‘rinishida tuzilib, ularda rejalashtirilgan 
ishlarning bajarilish muddatlari to‘g‘risida belgi quyish ko‘zda tutiladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin