I. Uzoq muddatli aktivlar –
bularga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq
muddatli moliyaviy qo‘yilmalar va h.k. kiradi.
II. Joriy aktivlar – bularga materiallar, tayyor mahsulotlar, pul mablag‘lari,
debetorlik qarzlar, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar,
tugallanmagan ishlab
chiqarish va h.k. kiradi.
Xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalari va tayinlanishiga ko‘ra bo‘linadi:
I. O‘z mablag‘lari manbalari.
II. Majburiyatlar.
Korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari xususiy kapital, maqsadli
tushumlarhamda kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralardan iborat.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq “Xususiy
kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va
taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi”.
Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda
ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga)
hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar
(ishtirokchilar) o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra
baholanadi, qonunda nazarda tutilgan
hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak.
Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki
sotishdan olinadigan emissiya daromadini, shuningdek ekvivalenti chet el valyutasida
ifodalangan ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish jarayonida yuzaga
keladigan kurs farqini aks ettiradi.
Zaxira kapitali uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil bo‘ladigan
inflyasiya
zaxiralarini, qonun hujjatlarida va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan
miqdorlarda sof foydadan ajratmalarni, shuningdek tekinga olingan mol-mulkning
qiymatini aks ettiradi.
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganligini
ifodalaydi va
mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shilishi mumkin.
Maqsadli tushumlarga maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan
va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari va boshqa
tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, subsidiyalar, a’zolik
badallari,maqsadli
foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli tushumlar misol bo‘ladi.
Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralarga xarajatlar va to‘lovlarni
xarajatlarga bir tekisda qo‘shish uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan
zaxiralar kiradi.
Xo‘jalik majburiyatlari - bu korxonalarining moliya organlari, bank muasasalari
va boshqa xo‘jaliklardan hamda shaxslardan bo‘lgan qarzidir. Bular ham muddatiga
qarab bo‘linadi:
a) Uzoq muddatli majburiyatlar. To‘lov muddati bir yildan ortiq bo‘lgan
majburiyatlar. Bularga uzoq muddatli bank kreditlari, ijara majburiyatlari, uzoq
muddatli qarzlar kiradi.
b) Qisqa muddatli majburiyatlar. To‘lov muddati bir yilgacha bo‘lgan
majburiyatlar. Bular qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar, mehnat haqi bo‘yicha
qarzlar, soliqdan qarzlar, ta’minotchilardan qarzlar va h.k. kiradi.
Buxgalteriya hisobining ob’yektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik
mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridan tashqari, xo‘jalik jarayonlari ham
kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab chiqarishva
realizatsiya jarayonlaridan
iborat.
Dostları ilə paylaş: