Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix29.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#81474
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
2-BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH, PREDMETI VA METODI

Hujjatlashtirish – bu sodir bo‘lgan muomalani dastlabki ro‘yxatga olish 
usulidir. Hujjatlarda xo‘jalik muomalalarining mazmuni, ularning miqdori va sifati 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Hujjatlarda aks ettirilgan xo‘jalik 


muomalalarining to‘g‘riligi uchun mas'ul shaxslar imzolari bilan tasdiqlanib, ularning 
dalillovchi 
kuchi 
ta’minlanadi. 
Hujjatlashtirish 
– 
buxgalteriya 
hisobi 
ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlay turib, mulklarning saqlanishini 
qat’iy nazorat qilish, tejamkorlikka rioya qilish va xo‘jalik faoliyati jarayonida 
mablag‘lardan maqsadli foydalanishning muhim shartidir. Buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari mavjud mablag‘lar bilan bir xil bo‘lmog‘i kerak. Bunday bir xillikni 
ta’minlash uchun vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya o‘tkazib turish kerak.
Inventarizatsiya – bu sanash, tortish, o‘lchash va boshqa yo‘llar bilan korxona 
mol-mulkini ro‘yxat qilish, olingan ma’lumotlarni buxgalteriya ma’lumotlari bilan 
solishtirish, aniqlangan kamomad, ortiqcha chiqish, nobudgarchilik vahokazolar 
tarzidagi farqlarni hujjatlar asosida rasmiylashtirish, bu farqlarning sabablarini va 
aybdorlarini aniqlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobi schotlari– bu korxona mablag‘lari, ularning tashkil topish 
manbalari va xo‘jalik jarayonlarini guruhlash, joriy tartibda aks ettirish va nazorat 
qilish usulidir. Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik 
jarayonlarining har bir guruhi bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar olish uchun iqtisodiy 
mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini guruhlashda schotlardan 
foydalaniladi.
Ikkiyoqlama yozuv – xo‘jalik operatsiyalarni bir schyotning debetida, ikkinchi 
bir schyotning kreditida aks ettirishdir. Xo‘jalik muomalasini buxgalteriya schotlarida 
aks ettirish ikki yoqlama yozuv usuli yordamida amalga oshiriladi. Bu usul xo‘jalik 
muomalalarining ikki taraflamalik xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, moddiy 
boyliklar sotib olish redm bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalasi bir tomondan moddiy 
boyliklar zaxirasini ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan pul mablag‘larining kamayishiga 
olib keladi. Xaridorda bu muomala aks ettirilganda sotib olingan materiallarning 
kirimi va mol yetkazib beruvchiga to‘langan pul mablag‘larining chiqimi bo‘yicha 
ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘lanadi. Mol etkazib beruvchi bu muomalani aks ettirganda, 
xaridordan kelgan pulning ko‘payishi va unga sotilgan materialning kamayishini 
o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin