Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi


Buxgalteriya apparati va uning tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/21
tarix29.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#81474
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
2-BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH, PREDMETI VA METODI

Buxgalteriya apparati va uning tashkiliy tuzilmasi 
Buxgalteriya korxonani zarur va mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uni bosh 
buxgalter boshqaradi. Korxonalarda buxgalteriya hisobiga bosh buxgalter rahbarlik 
qiladi. O‘z navbatida bosh buxgalter ma’muriy tomondan korxona rahbariga, hisob 
ishlarini yuritish bo‘yicha esa, tegishli yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga 
bo‘ysinadi. 
Bosh buxgalterga quyidagi vazifalar belgilanadi: 

hisob ishlarini to‘g‘ri tashkil etish; 

korxona mulkchiligini saqlanishini nazorat etish; 

korxona tovar moddiy boyliklari oqilona sarflanishini ta’minlash; 

korxona tovar moddiy boyliklaridan samarali foydalanishini o‘rnatish; 

xo‘jalik jarayonlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri hujjatlashtirishni ta’minlash, 
hujjat aylanishini to‘g‘ri tashkil etish; 

hisob ma’lumotlari to‘g‘riligini, mulkchilik saqlanishini ta’minlash 
maqsadida investisiyani belgilangan muddatda, o‘rnatilgan tartib va o‘tkazilishini va 
natijalar o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash; 

smeta va moliya tartiblariga rioya etilishini nazorat etish. 
Bosh buxgalter yuqoridagi vazifalarni bajarishda buxgalteriya barcha xodiimlari 
uning ko‘rsatmalarini bajarishidan keng foydalaniladi. Buxgalteriya hamma 
bo‘limlarida qayta ishlangan hujjatlar o‘rnatilgan muddatda bosh buxgalterga 
topshirilishi shart. 
Hujjat yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy hisobotlarining barcha shakllarini 
rahbar bilan birga bosh buxgalter ham imzosi bilan tasdiqlaydi. 
Ma’muriy boshqaruv tizimida buxgalterlar xo‘jalik jarayonlarini ro‘yxatga 
oluvchi sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa, raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti 
sharoitida uning vazifalariga tahlil, nazorat, ma’lum bir miqyosida menejment hamda 
marketing sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish ham kiradi. 


Korxona bosh buxgalteriga qonunchilikka xilof va shartnoma hamda moliyaviy 
intizomga zid hujjatlarni rasmiylashtirish va bajarishga qabul qilish ta’qiqlanadi. 
Shunday hujjatlarga faoliyat davomida duch kelgan bosh buxgalter, korxona 
rahbariga yozma ravishda xabar bermog‘i kerak. Korxona rahbaridan yozma 
ravishdagi buyruqni yoki yuqoridagi kabi xujatlarda korxona rahbarini ikkinchi 
imzosi qo‘yilganidan so‘ng, bosh buxgalter uni bajarishga kirishadi. Bunday 
holatlarda sodir etilgan jarayonlarni qonuniyligiga korxona rahbari to‘liq javobgar 
hisoblanadi. 
Moddiy javobgarlik shaxslarni (kassir, ombor mudiri va boshqalar) tayinlash, 
almashtirish va bo‘shatish bosh buxgalter roziligi bilan amalga oshiriladi. 
Bosh buxgalter bo‘shayotganida yangi bosh buxgalterga (agar yangi bosh 
buxgalter belgilanmagan bo‘lsa, korxona rahbari buyrugi bilan tayinlangan xodimga) 
barcha buxgalteriya ishlari topshiriladi. Bunday holatda buxgalteriya hisobi holati 
tekshiriladi, shuningdek hisobot ma’lumotlari xaqikiyligi aks ettirilgan va korxona 
rahbari tasdiqlangan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini hozirgi zamon talabiga to‘liq javob berishini 
ta’minlashni yana bir omili, buxgalteriya hisobi bo‘limi xodimlarini ish joylarini 
oqilona tashkil etish hisoblanadi. Buxgalteriyada xodimlar ish joyini oqilona tashkil 
etilishi, birinchidan, mehnat unumdorligini oshishiga, ikkinchidan, xodimlarni 
sog‘ligini saqlashga, uchinchidan, ortiqcha xarajatlar kamayishiga yordam beradi. 
Buxgalteriya hisobi xodimlarini ish joyini oqilona tashkil etishda quyidagilarga 
ahamiyat berish kerak bo‘ladi: 

xodimlarni yorug, xonalar va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganligiga; 

buxgalteriya bo‘limi xodimlarini asosiy faoliyatlari ish joylarida amalga 
oshirilishiga (hisob xodimining bittasiga belgilangan maydon meyori besh kvadrat 
metrdan to‘qqiz kvadrat metrgacha); 

xodimlarni buxgalteriya hisobi qaysi bo‘limida ishlashiga ko‘ra ish joyi 
ta’yinlanganiga. 
Masalan, bosh buxgalter va uning o‘rinbosarlariga hamda, moddiy javobgar 
shaxslar, mijozlar bilan muloqotda bo‘ladigan buxgalteriya hisobi xodimlariga 
alohida xonalar ajratilishi kerak. Sababi, buxgalteriya bo‘limi boshqa xodimlarni 
mehnat unumdorligiga shovqinlar (telefon bilan so‘zlashuvlar, mijozlar bilan 
muloqotlar) salbiy ta’sir etishi mumkin. 
Xodimlarni xona ichida ish joyini tashkil etayotganda, hujjatlarni qayta ishlash 
ketma-ketligini yoki xodimlarni ish faoliyatidagi o‘zaro aloqadorligini hisobga olmoq 
kerak. 
Xodimlar ish joyini oqilona tashkil etishda texnikalar (kompyuter, printer, faks, 
telefon va boshqalar)ni joylashishini ham e’tiborga olmoq kerak. 
Xodim ish stoli tomonida qayta ishlash tarkibiga ko‘ra joylashgan holda 
qo‘yilishi lozim. Stolning o‘ng tomonida esa, qayta ishlangan hujjatlar turishi, 
buxgalteriya bo‘limi xodimi ish faoliyati samaradorligini oshishi omillaridan biri 
hisoblanadi. 
Xo‘jalik yurituvchi obyektlar menejment, marketing bo‘limi xodimlari uchun 
kerakli ma’lumotlarni tez va to‘g‘ri uzatilishi ham ish joyini oqilona tashkil etilishiga 
bevosita bog‘liqdir.


Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar bilan aloqa 
qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki 
markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish to‘g‘risidagi masalanihal etish zarur.
Buxgalteriya apparatining tuzilishi korxonaning boshqaruv tuzilmasi, ishlab 
chiqarish texnologiyasi, hisob ishlarining hajmi va texnik vositalar mavjudligiga 
bog‘liq. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda buxgalteriya tuzilmasini tashkil 
etishning asosiy 3 ta tipi shakllangan.
Buxgalteriya chiziqli tashkil etilganda barcha buxgalteriya xodimlari bevosita 
bosh buxgalterga bo‘ysunadi. Bundan buxgalteriya apparati tuzilmasi xodimlar soni 
7-9 kishidan iborat bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan korxonalarda qo‘llaniladi. 
Buxgalteriya bajariladigan hisob ishlarining funksional belgisi bo‘yicha tashkil 
etilganida bo‘limlar(guruhlar) tuziladi. Masalan, mehnat haqi hisoblash bo‘limi; 
moddiy bo‘lim, nafaqa bo‘limi kabilar bo‘lib, ularga katta buxgalter boshchilik qiladi. 
Bu holda bosh buxgalterning farmoyishlari tegishli bo‘lim (guruh)larning katta 
buxgalterlariga etkazilib, ular aniq bajaruvchini tayinlaydi va nazorat qiladi. 
Buxgalteriyaning bunday tuzilmasi ko‘plab o‘rta va ayrim yirik korxonalarda 
qo‘llaniladi.
Buxgalteriya korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha tashkil etilganida har 
bir tarkibiy bo‘linmada (bo‘linma, bo‘lim, yordamchi xo‘jalik va ishlab chiqarishlar 
va h.k.) buxgalteriya tashkil etiladi. Bu holda, bunday buxgalteriyaga katta 
buxgalterlar tayinlanib, ular o‘z bo‘linmasida hisobni tashkil etish bilan mustaqil 
shug‘ullanadilar. Buxgalteriya apparatini tashkil etishning bunday shakli juda katta 
korxonalarda va ishlab chiqarish birlashmalarida qo‘llaniladi. 
Buxgalteriya apparatining ishi korxonaning barcha bo‘limlari faoliyati bilan 
bog‘liq. Buxgalteriya xodimlari ulardan hisobni amalga oshirish uchun zarur 
bo‘ladigan u yoki bu ma’lumotlarni oladilar.
Buxgalteriya korxona va uning alohida bo‘linmalari faoliyati to‘g‘risidagi 
axborotlarni korxona (bo‘linma) rahbariyatiga va korxona boshqaruviga, 
menejerlarga va boshqa axborot foydalanuvchilarga muntazam ravishda taqdim etadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin