Buxgalteriya hisoboti – korxonalarning ma’lum bir davrdagi faoliyati, yakuniy
ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi jadvallar yig‘indisidir. Xo‘jalik yurituvchi
sub’yektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati haqida xulosa chiqarish uchun xo‘jalik
mablag‘lari, ularning tarkibi va tashkil topish manbalarini ko‘rsatuvchi
ma’lumotlarga ega bo‘lgan balansdan tashqari, korxonadagi ayrim bo‘limlar xo‘jalik
faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlari, xo‘jalik faoliyatining maxsus tomonlarini
tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar ham zarur bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish
buxgalteriya hisobi metodining muhim usullaridan bo‘lgan hisobot yordamida
erishiladi. Ma’lum davr uchun xo‘jalik faoliyatini aks ettiruvchi umumlashtirilgan va
o‘zaro aloqadorlikni ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig‘indisi
hisobot deyiladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan buxgalteriya hisobi metodini tashkil etuvchi usullar
(elementlar) ning har biri ma’lum darajada mustaqil bo‘lishi bilan birga
boshqalarining amal qilishlari uchun birlamchi muhim shart-sharoit ham hisoblanadi.
Bu esa fanning predmeti hisoblangan: mablag‘lar, manbalar va xo‘jalik jarayonlari
hamda unda sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari o‘rtasida sabab-oqibatli dialektik
bog‘liqlik mavjudligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga ularni buxgalteriya hisobi
tizimida to‘liq, uzluksiz va ob’yektiv aks ettirishga eirishiladi.
Dostları ilə paylaş: |