Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix29.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#81474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
2-BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH, PREDMETI VA METODI

13-modda. Imzo huquqi. Pul, tovar-moddiy boyliklarni va boshqa boyliklarni 
qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, kredit va 
hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek moliyaviy va boshqa hisobotlar buxgalteriya 
hisobi sub’yektining rahbari tomonidan yoki u belgilaydigan shaxslar tomonidan 
imzolanadi. 
Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari imzolash huquqiga ega bo‘lgan 
shaxslarning ikkita ro‘yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro‘yxatga buxgalteriya hisobi 
sub’yektida rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga esa, 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar 
kiradi. Agar buxgalteriya hisobi sub’yekti rahbari buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
boshqarish vazifalarini o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, u holda har ikkala ro‘yxatda ham 
o‘zini ko‘rsatadi. 


Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning imzosi mavjud 
bo‘lmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. 
14-modda. Boshlang‘ich hisob hujjatlari. Operasiyalar amalga oshirilganligini 
qayd etuvchi boshlang‘ich hisob hujjatlari va ularni o‘tkazishga doir farmoyishlar 
xo‘jalik operasiyalarining buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi 
sub’yektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
haqi bank korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda to‘langanida to‘lov 
terminallarining cheklari ham boshlang‘ich hisob hujjatlari deb tan olinadi. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operasiyalari amalga oshirilayotgan 
paytda yoki operasiyalar amalga oshirib bo‘linganidan keyin tuziladi. 
Hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik operasiyalari, agar ular amalga 
oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjat 
rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir: 
buxgalteriya hisobi sub’yektining nomi; 
hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy; 
xo‘jalik operasiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklari ko‘rsatilgan 
miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda); 
xo‘jalik operasiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning) identifikasiya qilish 
uchun zarur bo‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari yoxud 
boshqa rekvizitlari ko‘rsatilgan holda lavozimlari nomi va imzolari. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning o‘z 
vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish 
uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzilishi va taqdim etilishi 
mumkin. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlariga xo‘jalik operasiyasi ishtirokchilari tomonidan 
tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bank va kassa-pul 
hujjatlarida tuzatishlar hamda o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin