registrni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan
shaxslarning lavozimlari, familiyalari
hamda ismi va otasi ismining bosh harflari ko‘rsatilgan holdagi imzolari yoki ushbu
shaxslarni identifikasiya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvizitlar.
Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
16-modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizasiya qilish. Buxgalteriya
hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda ishonchliligi aktivlar
va majburiyatlarni majburiy tarzda inventarizasiyadan o‘tkazish orqali tasdiqlanadi.
Inventarizasiya
obyektlari, uni o‘tkazish tartibi va muddatlari inventarizasiya
bo‘yicha buxgalteriya hisobi standartida belgilanadi.
17-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash. Tovar-moddiy
zaxiralarni
baholash quyidagi ikkita bahoning eng pasti bo‘yicha — balans tuzilayotgan sanadagi
haqiqiy tannarx (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo‘yicha yoki bozor
bahosi (realizasiya qilishning sof qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ularning boshlang‘ich (qayta tiklanish)
qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning
qiymati to‘liq qoplanguniga yoki obyekt hisobdan chiqib ketguniga qadar eskirishni
(amortizasiyani) hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Amortizasiya ajratmalari
obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
Yerning qiymati amortizasiya qilinmaydi.
Moliyaviy qo‘yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga
olinadi.
Majburiyatlar taraflarning kelishuviga muvofiq
pulda ifodalangan holda aks
ettiriladi.
Sud qarori bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks ettiriladi.
Shartli aktivlar va majburiyatlar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq aks
ettiriladi.
Byudjet tashkilotlarining aktivlari va majburiyatlarini
baholash byudjet hisobi
standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobi milliy valyutada — so‘mda yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: