4. Tuzilish formulalari, oksidlanish darajasi, valentlik.
Kimyoviy birikmalarning tarkibi kimyoviy formulalar: empirik, elektron, tuzilish formulalari ko`rinishida tasvirlanadi.
Empirik formulalar: H2, H2O, NH3, СH4
Elektron formulalar: HH, HOH, Na:Sl, KOH,
Tuzilish formulalari: H-H, H-O-H, Na-Сl, K-O-H.
Oksidlanish darajasi kimyoning asosiy tushunсhalari qatoriga kiradi. U atomning birikmadagi holatini tavsiflash uchun kiritilgan. Oksidlanish darajasi–bu birikmadagi atomning birikma faqat ionlardan tarkib tobgan degan taxmin asosida hisoblab topilgan shartli zaryadidir.
Oksidlanish darajasi bu atomning birikmadagi boshqa atomlar bilan bog`lanishda ishtirok etgan elektronlar jufti elektrmanfiyroq atomlarga o`tgandagi, bu xil atomlarga tegishli elektron juftlar esa ular orasida bo`linganda atomda paydo bo`ladigan elektr zaryadidir, masalan, Na2+O-2, Cl20.
Birikmadagi atomlar oksidlanish darajalarining algebraik yigindisi doimo 0 ga, murakkab ionda esa ionning zaryadiga tengligini e`tiborga olish kerak.
H3+P+5O4-2 (+1)3 + X + (-2)4 = 0 = 3 + X –8 = 0 = X = +8 –3 = X = +5
S+6O4-2 X + (-2)4 = -2 = X –8 = -2 = +8 –2 = X = +6
Atomning valentligi ham kimyoning asosiy tushunchalaridan hisoblanadi. U elementlar atomlarining kimyoviy bog`lanishlar hosil qilish hususiyatlarini ko`rsatadi.
Elementlarning atomlari elektronlar berish, biriktirib olish yoki umumiy elektron juftlar hosil qilish xossalariga ega. Atomlar orasida kimyoviy bog`lanishlar hosil bo`lishida ishtirok etadigan elektronlar valent elektronlar deyiladi. Bular eng bo`sh bog`langan elektronlardir.
Valent elektronlar odatda davriy gadvaldagi guruh raqamiga teng bo`ladi, hamda ularga tashqi tugallanmagan pog`onalardagi elektronlar kiradi. d- va f- elementlarda esa tashqi va tashqidan oldingi elektronlar ham kiradi. Valentlik berilgan atom boshqa atomlar bilan birikkan kimyoviy bog`lanishlar soni sifatida aniqlanadi, ammo valentlikning ishorasi bo`lmaydi, valentlik rim raqami bilan belgilanadi.
H2O ; NaOH ; K2SO4 ; H3PO4 ; Ca3(PO4)2 ; Fe(OH)3
Ko`pchilik anorganik birikmalarning formulalariga qarab elementlarning valentligi haqida emas, balki ularning oksidlanish daragasi haqidagina fikr yuritish mumkin.
H-O-H, Na-O-H, H-O-Ca-O-H, H-O-Fe-O-H.
Dostları ilə paylaş: |