G.Bekkerning hisoblashicha, xodimlarning maxsus tayyorgarligi firmaning
raqobat ustuvorligini shakllantiradi. Bu bozorlarda mahsulotlarning ma’lum va
mashhur bo‘lishi, pirovard natijada firmaning nufuzi, nou-xausi va savdo belgisida
o‘z ifodasini topadi. Xodimlarni
maxsus tayyorlashdan, eng avvalo, firma va
kompaniyalarning o‘zlari manfaatdor, shuning uchun ular buni o‘zlari
moliyalashtiradilar.
Amerikalik iqtisodchi oliy ta’limdan olinadigan qo‘shimcha daromadni
quyidagi tarzda belgilagan: kollejni tugallaganlar ishlab topgan daromaddan o‘rta
ma’lumotga ega xodimlarniki ayriladi. Ta’limga chiqimlar ham ta’lim olish uchun
bevosita
xarajatlar, ham muqobil chiqimlar – o‘qish davrida boy berilgan
daromadlardir. Uning xisoblab chiqishicha, ta’limga investitsiyalar yiliga taxminan
12,0 – 14,0 % miqdorida foyda keltiradi.
Mazkur tadqiqotlarning amaliy ahamiyat shundan iboratki, G. Bekker inson
kapitaliga investitsiyalar rentabelligining miqdorini aniqladi va uni AQSH dagi
ko‘pgina firmalarning rentabelligi bilan taqqosladi. Xususiy ta’lim
muassasalari
sonining ko‘payishi, qisqa muddatli seminarlar va maxsus kurslar tashkil etadigan
konsalting firmalari faoliyatining kengayishi natijasida ta’lim faoliyatining xususiy
sektordagi rentabellik darajasi tijorat faoliyatining boshqa turlari rentabelligi
darajasidan 10,0 – 15,0 % ortiq ekanligini ko‘rsatdi
12
.
Jamlanma ishlab chiqarish tarkibida alohida inson kapitali kategoriyasini
ajratib ko‘rsatish uni aniqroq tarkibiy tahlil qilish imkonini beradi (2.8-rasm).
Amerikalik iqtisodchi I. Ben-Poratning tasniflashiga ko‘ra, inson kapitali
quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1) inson kapitalini yaratishda ishtirok etayotgan odamlarning sifat xususiyatlari
va qobiliyati;
2) bozorda taklif etilayotgan hamda boshqa ashyovlar
ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishga kiritilgan kapital qismi
13
.
G. Bekker tomonidan, shuningdek “maxsus inson kapitali” tushunchasi ham
muomalaga kiritilgan. Bu kategoriya “umumiy inson kapitalidan” farqli ravishda
maxsus tayyorgalik natijasida egallangan hamda faqat o‘zining korxonasi uchun
ishlab chiqarishda manfaat keltiradigan bilimlar va ko‘nikmalar jamlanmasidir.
S. Fisher: “Inson kapitali insonda mujassamlashgan
daromad keltirish
qobiliyati mezonidir. Inson kapitali tug‘ma qobiliyat va iste’dod, shuningdek
olingan ta’lim va malakadan iborat”
14
deb ko‘rsatgan.
Ayrim olimlar inson kapitali tarkibiga uning egasining ishlab chiqarish
jarayonida ishtirok etish imkoni nuqtai nazaridan yondashadilar. Jumladan O.
Nordxog quyidigilarni ta’kidlaydi: “Tahlil etish nuqtai nazaridan, bir tarafdan,
xodimlarning solig‘i va malakasini, ikkinchi tomondan, ularning motivatsiyasi va
firmaga sodiqligini farqlash foydalidir. Dastlabki ikki unsur alohida bir xodimning
12
Беккер Г. Человеческое поведение: экономический подход. Избранные труды по экономической теории /
Пер. с англ., сост., научн. ред., послес. КапелнюшниковР.И. –М.: ГУВШЭ, 2003.- С.121.
13
Ben-Porath. The Production of Human Capital and the Life Cycle of Earnings. – N.Y.; -L, 1970.- P.49.
14
Фишер С.,Дорнбуш Р., Шмалензи Р. Экономическая теория. — М., Юнити, 2002. - С. 21.
topshiriqni bajarish, ya’ni mehnat qilish bo‘yicha asosiy qobiliyatini tashkil etadi.
Inson kapitalining keyingi ikki unsuri esa mazkur xodim o‘z malakasiga ko‘ra, ishda
qanday faoliyat olib borishini aks ettiradi. Qobiliyat
va xohish birgalikda mazkur
xodimning mehnatga qobiliyatini shakllantiradi”
15
.
I.V. Ilinskiy inson kapitali ta’lim kapitali, sog‘liq kapitali va madaniyat
kapitalida iborat deb hisoblaydi
16
.
Inson kapitali tarkibini kengroq tahlil etish uchun funksiyaviy yondashuv
prinsipini hisobga olish lozim. Funksiyaviy yonaoshuvning
metodologik prinsipi
hodisani faqat uning ichki tarkibi bo‘yicha emas, balki uning funksiyaviy maqsadi,
pirovard foydalanish maqsadi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishni talab etadi.
Rossiyalik iqtisodchi S.A. Dyatlov ushbu prinsip bo‘yicha inson kapitali
investitsiyalar natijasida shakllantirilgan va inson tomonidan jamlangan sog‘lik,
bilimlar, ko‘nikmalar, qobiliyat, motivatsiyaning muayyan zahirasidir degan fikrni
bildiradi. Bu zahira ijtimoiy ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida maqsadga
muvofiq foydalanar ekan, mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga yordam beradi, bu bilan mazkur insonning ish haqi (daromadi)
ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi
17
.
V.T. Smirnov va I.V. Skoblyakova esa inson kapitalini alohida inson, alohida
korxona yoki korxonalar guruhi darajasida baholash lozimligini ko‘rsatadilar
18
.
Inson kapitalini tahlil etish va ular turlariga turlicha yondashuvlarni
umumlashtirish bu iqtisodiy kategoriyani 2.7-rasmda aks ettirilgandek tassavur etish
imkonini beradi:
1.
Madaniy-ahloqiy kapital.
Xodimning obro‘si,
firmaning nufuzi ishlab
chiqarish ko‘rsatkichlari kabi juda muhimdir. Ma’suliyat, halollik, va’daning
ustidan chiqish amaliy munosabatlarda nihoyatda qadrlanadi. Sotsiologiya fanlari
doirasida madaniy-ahloqiy kapital intellektual qobiliyat, bilim, maxorat,
ko‘nikmalar, ahloqiy sifatlar, malaka jamlanmasini ifoda etadi.
2.
Salomatlik (biofizik) kapitali
. Jismoniy kuch, chidamlilik, ishchanlik, mehnat
faoliyatining davomiyligi har bir inson uchun har qanday ishlab chiqarish faoliyatida
juda muhimdir. Salomatlik kapitali inson kapitalining ajralmas qismi bo‘lib, unga
investitsiyalar kiritish xodimlar kasallanishining kamayishi hisobiga mehnat
qobiliyatini saqlab qolishda o‘z ifodasini topadi.
15
Nordhoug O. Human Capital in Organizations:
Competence, Training and Learning. – Oslo.: Scandinavian
University Press, 1993. - P.52.
16
Ильинский И.В. Инвестиции в будущее: образование в инвестиционном воспроизводстве. –СПб.: СПбУЭФ,
1996. - С.127.
17
Дятлов С.А. Теория человеческого капитала: Учебное пособие. – СПб.: СПбУЭФ, 1996. - С.72.
18
Смирнов В.Т., Скоблякова И.В. Классификация и виды человеческого капитала в инновационной
экономике. –СПб.: Проспект, 2001.- С.2003.
Dostları ilə paylaş: