qilish tarkibida doimiy axborot, ilmiy, ta’lim, texnologik oqimlar mavjud bo‘lishini
aks ettiradi;
• sotsial kapital.
Sotsial normalar, ishonch va hokazolar uning unsurlari
xisoblanadi. Sotsial kapital har bir iqtisodiy sub’ekt u yoki bu tarzda ijtimoiy
munosabatlar tizimiga integratsiya qilinganligii bilan bog‘liqdir. Inson kapitalining
ushbu turi qator o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:
birinchidan, bu hamisha tashkillashtirilgan o‘zaro munosabatlar mahsulidir,
shuning uchun shaxsiy emas, balki ijtimoiy shaklga egadir;
ikkinchidan, sotsial kapital tashkiliy-ijtimoiy tizim amal etishining unsuri
sifatida xususiy mulk bo‘lishi mumkin emas, ya’ni ijtimoiy ne’mat xisoblanadi.
A.I. Merko sotsial kapital axborot, g‘oyalar, ishonch, kooperatsiya, hissiy
qo‘llab-quvvatlash va tashkiliy darajaning boshqa unsurlarini qamrab olgan deb
xisoblaydi. Bundan kelib chiqqan xolda u ijtimoiy kapitalning ikki darajasini ajratib
ko‘rsatadi
19
.
1. Tarkibiy kapital – bu xo‘jalik yurutuvchi sub’ektning bozorning o‘zgarib
boradigan kon’yunkturasiga moslashgan hamda buni korxona uchun manfaatli
yo‘nalishga qaratgan holda o‘z tashkiliy tuzilmasini boshqarish qobiliyatidir
20
.
Hozirgi davr iqtisodiyotida firmalar ish ko‘radigan raqobat muhiti
innovatsiyalar ta’siri ostida mutassil o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlarning
yuqori sur’ati korxona muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni
murakkablashtiradi. Ana shunday sharoitlardan biri - korxonada salmoqli darajada
tarkibiy kapital mavjud bo‘lishidir.
2. Tashkiliy kapital. Moxiyat jihatidan bu xo‘jalik yuritishning tizimga solish
malakasi hamda tashkiliy imkoniyatlardir. Tashkiliy kapital quyudagilarni qamrab
oladi:
Dostları ilə paylaş: