o‘z kapitalidan turli samaradorlik bilan foydalanishi mumkin. Amaliyotda aholida
mavjud bo‘lgan inson kapitali zahirasibilan uning mehnat bozorda
foydalanilayotgani o‘rtasida katta tafovut bo‘lishi mumkin.
Ashyoviy kapital boylikning bevosita moddiy shakliga – binolar va inshoatlar,
er va boshqa tabiiy resurslar,
dastgohlar, moddiy–tovar boyliklari zahiralariga
egadir. Ashyoviy bo‘lmagan kapital o‘z moddiy shakliga ega bo‘lmasdan, jismoniy
kapitalda mujamlashadi va ushbu kapital sifati yoki
samaradorligini oshirishi
mumkin. Kapital jamlanmasining bu ikki qismi o‘z navbatida insonlarda
mujassamlashmagan kapital va inson kapitaliga bo‘linadi.
Odamlarda mujassamlangan ashyoviy kapital insonni shakllantirish uchun
zarur bo‘lgan, ya’ni bolalarni tarbiyalashga chiqimlardir. Iqtisodchi J. Kendrik
noashyoviy inson kapitali qatoriga umumiy ta’lim va maxsus tayyorgarlik uchun,
sog‘liqni saqlash va ish kuchi harakatlanishiga xarajatlarni kiritadi.
Insonda
mujassamlashmagan noashyoviy kapitalga ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar kiradi
10
.
Inson kapitali nazariyasini shakllantirish, uni rivojlantirish, ilmiy jamoatchilik
tomonidan e’tirof etilishiga T. SHuls ulkan hissa qo‘shgan. U birinchilardan bo‘lib
inson kapitali tushunchasiga ishlab chiqaruvchi omil sifatida qaragan. Olim sanoat
rivojlanishi va sanoat rivojlanishidan keyingi iqtisodiyotda inson kapitalining asosiy
harakatlantiruvchi kuch sifatidagi rolini anglab etish uchun ko‘p ish qildi.
T. SHuls o‘zining “An’anaviy agrar sohasining transformatsiyasi” asarida
qishloq xo‘jaligidagi texnologiyalarning roliga alohida e’tibor qaratgan. Uning
fikriga ko‘ra,
bu texnologiyalarning darajasi, eng avvalo fermerlar egallagan
bilimlarga bog‘liqdir. Fermerlar bilimi darajasining pastligi hosildorlik o‘sishi va
qishloq xo‘jaligi samaradorligi ortishi yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan biridir.
T.SHulsning hismoblashicha, insonga investitsiya kiritishning asosiy natijalari
odamlarda mehnat qobiliyatining ortishi, ularning jamiyatda samarali bunyodkorlik
faoliyatini amalga oshirishi, salomat bo‘lishi va hokazolarda o‘z ifodasini topadi. U
inson kapitali jamlanish va takror hosil qilinishga qodir deb hisoblagan. Olimning
baholashicha, jamiyatda ishlab chiqarilayotgan
jamlanma mahsulot umumiy
hajmining to‘rtdan uch qismi inson kapitalini to‘plashga sarflanmoqda. Holbuki, XX
asrdagi takror hosil qilishga doir ko‘pchilik nazariyalarda bu ko‘rsatkich to‘rtdan
bir qismni tashkil etadi, deb ko‘rsatilar edi.
Inson kapitali nazariyotchilaridan G. Bekker
11
inson kapitali tushunchasini
birinchi bo‘lib mikrodarajada qo‘llay boshladi. U korxonadagi inson kapitalini inson
ko‘nikmalari, bilim va mahoratining jamlanmasi deb belgilagan.
Bunda u
xodimlarni maxsus o‘qitish, ularda maxsus bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga
alohida ahamiyat bergan.
10
Кендрик Дж. Совокупный капитал США и его функционирование. – М.: Прогресс, 1976. - С.113.
11
Dostları ilə paylaş: