jarayoni investitsiya kiritish deb ataladi. Investitsiya kiritish dastlab xarajatlar qilish,
keyinchalik bu xarajatlarning qoplanishini nazarda tutadi.
Dastlabki paytda inson kapitali deganda odamlarning mehnatga bo‘lgan
qobiliyati – ta’lim va kasb ko‘nikmalariga investitsiyalar jamlanmasi tushunilgan.
Keyinchalik inson kapitali tushunchasi jiddiy ravishda kengaydi.
Jahon banki
ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan eng so‘ngi hisob-kitoblarda inson
kapitaliga iste’mol xarajatlari – oilalarning ovqatlanishi, kiyim–kechak, turar joy,
ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyatga va hokazolargasarflar, shuningdek davlatning
bu maqsadlar uchun xarajatlari kiritilgan.
YUqorida qayd etilganlar umumlashtiradigan bo‘lsa,
inson kapitali
tor
ma’noda
– bu insonning intellekti, sog‘lig‘i, bilimi, sifatli va unumli mehnati hamda
uning turmush sifatidir.
Keng ma’no
dagi inson kapitali – bu iqtisodiy rivojlanishning intensiv ishlab
chiqarish omili, jamiyat va oilani rivojlantirish, mehnat resurslarining bilimli qismi,
intellektual va boshqaruv mehnati, yashash va ish joyi muhitidir.
Ular inson
kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqarish omili sifatida samarali va oqilona amal
etishini ta’minlashi kerak.
Inson kapitali nazariyasiga muvofiq odamlar o‘zlariga
investitsiya kiritib,
imkoniyatlarini kengaytirishlari, davlat esa inson kapitalini boyitish uchun mablag‘
sarflab, milliy daromadni ko‘paytirishi mumkin. Bunday investitsiyalarning
samaradorligi sarf qilingan mablag‘larning mehnat unumdorligi ortishi va ish xaqi
ko‘payishi orqali qoplanishida o‘z ifodasini topadi.
Umuman, keng manodagi kapital deyilganda to‘planadigan, ishlab chiqarishda
foydalaniladigan va daromad keltiradigan ijtimoiy
boylikning barcha unsublari
nazarda tutiladi. Bu T. SHuls
8
fikriga ko‘ra, kapitalni: inson kapitali va ashyoviy
kapitalga izchil taqsimlash imkonini beradi
9
.
Inson kapitali konsepsiyasiga to‘liqroq aniqlik kiritish uchun jismoniy va inson
kapitali o‘rtasidagi farqni ajratish talab etiladi. Kapitalning
bu ikki turi muayyan
darajada, ayniqsa kelajakda foyda olish uchun bugun mablag‘ sarflash masalasida
o‘zaro o‘xshashdir. SHu bilan birga inson kapitali o‘ziga xos noyob belgilarga
egadir. Jismoniy kapitaldan farqli ravishda inson kapitali bevosita odamning o‘zi
bilan bog‘liqdir. Erkin jamiyatda inson kapitalining egasi faqat shu insonning o‘zi
bo‘lishi mumkin.
Kapitalning bu shakli ham, masalan uning egasi betob bo‘lsa
qadrsizlanishi,
vafot etsa butunlay yo‘qotilishi mumkin. Mazkur holat inson kapitaliga investitsiya
kiritish jismoniy kapitalga investitsiya kiritishga qaraganda ko‘proq tavakkalchilikni
talab etishidan dalolat beradi.
Inson kapitalini boshqalarga bera olmaslik ham uning egasiga bog‘liqligini
ko‘rsatadi. Inson o‘z e’tiqodi, moyilligi, hayotiy qadriyatlardan kelib chiqqan xolda
8
Dostları ilə paylaş: