bob. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi iqtisodiy o‘sish va inson taraqqiyoti



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix14.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#177152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 mavzu Inso taraqqiyoti konsepsiyasi

innovatsiyalar kapitali
– ularga muhofaza qilgan tijorat huquqlari, intellektual 
mulk hamda boshqa nomoddiy aktivlar va firmani yangilanishga qodirligini 
ta’minlaydigan qadriyatlar kiradi; 
jarayonlar kapitali
– ularga, masalan, ishlab chiqarish, mahsulotni sotish, 
maxsulot sotishdan so‘ng servis xizmati ko‘rsatish tizimlarini, ya’ni ular natijasida 
mahsulot qiymatini shakllantiradigan kapitalni kiritish mumkin. 
SHu bilan birgalikda 
mijozlar kapitali (brend-kapital
) ham farqlanadi. Mijozlar 
kapitaliga ega bo‘lgan korxona faoliyatini mahsulot yoki xizmatdan foydalanuvchini 
“iste’mol qiymatini birgalikda yaratish va takomillashtirishga jalb etish” korxonasi 
deb atash mumkin. Bunda xaridor korxona tomonidan yaratilgan barcha mahsulotlar 
va xizmatlarning oliy hakami vazifasini bajaradi
21

Inson kapitalining yuqorida qayd qilingan tarkibi mazkur iqtisodiy kategoriya 
insonning o‘zi serqirra ekanligi bilan izohlanadi. Ishlab chiqarish kapitali 
doirasidagi ashyoviy va inson kapitali yaxlitligi va ajralmasligiga qaramasdan inson 
19
Мерко А.И. Социально–ответственный бизнес–взаимосвязь государственной и корпоративной политики в 
глобализирующемся мире. Монография. – М., 2009. - С.180. 
20
Костюк В.Н. Теория эволюции и социоэкономические процессы. – М.: УРСС, 2004.- С.126. 
21
Эдвинссон Л., Мэлоун М. Интеллектуальный капитал. Определение истинной стоимости компании. –М.: 
Академия, 1999. - С. 442.


kapitali tobora mavqei ortib, etakchi rol o‘ynamoqda. Bevosita inson kapitali 
iste’mol qilinayotgan jismoniy kapitalning tovarlardagi qiymatini saqlab turadi 
hamda ish kuchi qiymatini qoplaydigan va kapital egalariga foyda keltiradigan yangi 
qiymat yaratadi. 
Professor q.X. Abdurahmonovning fikricha, “Inson kapitalini ahamiyati tabiiy 
resurslar, moddiy boylik va vositalarga qaraganda yuqoriroqdir”
22
. SHuning uchun 
inson kapitali iqtisodiy o‘sish va samaradorlikning asosiy omilidir. Inson 
kapitalining iqtisodiy kategoriyasi sifatidagi tushunchasi jahon axborot hamjamiyati 
va “bilimlar iqtisodiyoti” rivojlanishi bilan birgalikda muntazam ravishda kengayib 
bormoqda. Hozirgi davrda inson kapitali intellektual va boshqaruv mehnatini, 
yashash va mehnat faoliyati muhitini qamrab oladigan iqtisodiyotni, jamiyat va 
oilani rivojlantirishning intensiv ishlab chiqarish omilidir. Bu inson kapitalini 
rivojlantirishning ishlab chiqaruvchi omili sifatida samarali va oqilona amal etishini 
ta’minlaydi
23

Inson kapitali nazariyasiga muvofiq, inson kapitalining to‘planishi turli 
shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ularning eng asosiylari ta’lim olish hamda 
kasbiy tayyorgarlik davomida qobiliyatlarni rivojlantirish asosida kapitalni 
to‘plashdir. Odatda bu qatordan oiladagi tarbiya ham o‘rin oladi.
SHu bilan birga kapitalni to‘plashning boshqa shakllari ham mavjuddir. O‘z 
sog‘lig‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish (investitsiya kiritish), migratsiya, iqtisodiyot, 
mehnat bozori amal etishi to‘g‘risida axborot olish hamda insonning intellektual va 
jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, bu qobiliyatlardan foydalanish mehnat 
samaradorligini oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan boshqa shakllar shular 
jumlasidandir. 
Inson kapitalining shakllanishi manbalaridan (davlat, oila, xususiy shaxslar va 
boshqalar) qat’i nazar undan foydalanish va bevosita daromad olish insonning o‘zi 
tomonidan nazorat qilinadi. 
Alohida shaxsning inson kapitali
uning salomatligi, sog‘lig‘i, qobiliyati, bilimi 
va ko‘nikmalaridan iboratdir. “Insonning qiymati” uning hayoti bosqichlarida ortib 
boradi, bu qiymatdan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi, ayni 
paytda shaxsiy kapital daromadlarini ko‘paytiradi va insonni o‘z qobiliyatini yanada 
oshirishga shaxsiy investitsiyalar kiritishga rag‘batlantiradi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin