Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Mohira2702..

tanladim. Kim ko’p kitob o’qisa, o’sha ko’p biladi. 
Havola bo’lakli qoshma gaplarni doimo sodda gapga aylantirish mumkin, chunki 
gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshining umumiy mavhum ma’nosini aniqlashtirish, 
izohlash vazifasini bajaradi.Yuqoridagi misollarni sodda gapga aylantiramiz: 
Toleyim shuki, Vatanda bir guliston tanladim.Toleyim Vatanda bir guliston 
tanlaganimda.
Kim ko’p kitob o’qisa, o’sha ko’p biladi. Ko’p kitob o’qigan ko’p biladi. 
Eslatma: Havola bo’lakli qo’shma gaplar ko’proq kitobiy uslubga xos. Agar sodda 
gapga aylantirilsa, uslubiy betaraf bo’ladi. 
Ko’chirma gapli qo’shma gaplar 
Monologik nutqda so’zlovchining o’zgalar nutqidan aynan foydalanishi 
ko’chirma gapli qo’shma gapni yuzaga keltiradi.Ko’chirma gapli qo’shma gaplar 
doimo ikki qismdan: muallif gapi va ko’chirma gapdan tashkil topadi. 
Muallif gapi (M) va ko’chirma gap (K) bir-biriga nisbatan turlicha joylashishi 
mumkin, bunda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi: 
1) M: “K”; M:”K?”; M:”K!”; 
2) M:”K”,-m; M:”K?”-m; M:”K!”-m; 
3) “K”,-m; “K?”-m; “K!”-m 
4) “K,-m,-K”; 


140 
Masalan: “So’z san’atining qudrati shundaki, - dedi Asqad Muxtor, - U hayotda
aynan bo’lmagan narsalarga, hodisalarga jon kiritib yuboradi. 
1-topshiriq: Gapar tarkibidan tushib qolgan tinish belgilarini qo’yib chiqing. 
1.Payg’ambardan bir kishi so’rabdi Ey Rasululloh men kimni hurmat qilay O’z 
onangni deb javob beribdi Payg’ambar. 2.Rahmat ona qizim dedi muharrir mehri 
tovlanib. 3.Kampir oyoq ostida o’sgan o’tdan yulib, kiyik tomon yura boshladi Ma 
jonivor ma. 4.Xalil bobo nevarasiga girgitton bo’lib Hoy bolam senga nima bo’ldi 
Nima qildi toychog’im der edi. 5.Hunari va odobi bo’lmagan kishidan deydi 
Mahmud Qoshg’ariy baxt va davlat ketadi. 6. Odob o’rgatsalar quloq sol deydi 
Yusufiy Birov odob o’rgatsa, o’rganmagan kishi hayvon kabidir.
Ko’pincha , so’zlovchining nutq jarayonida o’z fikrini dalillash uchun buyuk 
shaxslarning gaplarini aynan keltiradi. Yoki ma’lum shaxs xarakterini ochish 
uchun shu shaxs bayon qilgan gaplardan foydalaniladi. Bunday gaplar o’zganing 
gapi sanaladi.O’zganing gapidan ikki xil yo’l bilan foydalaniladi: 
1)o’zganing gapi hech o’zgarishsiz nutqqa tayyor holda olib kiriladi va bunday 
gaplar ko’chirma gap sanaladi. Masalan, “Yaxshi fe’l bilan kishilar ko’nglini
olib,o’zingni yomon qiliqlardan saqlab yasha”, deydi Ahmad Yugnakiy; 
2)o’zga gapning mazmuni saqlangan, ammo shakli o’gartirilgan holda, nutqqa olib 
kiriladi va bunday gaplar o’zlashtirma gap sanaladi. Masalan:-Ahmad Yugnakiy 
yaxshi fe’l bilan kishilar ko’nglini olib, o’zini yomon qiliqlardan saqlab yashash 
haqida gapirgan. 
O’zganing gapi ko’chirma gap orqali ham, o’zlashtirma gap orqali ham berilishi 
mumkin. Bunday vaqtda ko’chirma va o’zlashtirnma gap ma’nodosh bo’ladi. 
Ko’chirma gap quyidagi shakily o’zgarishlar yo’li bilan o’zlashtirma gapga 
aylantiradi: 
1.Darak gap shaklidagi ko’chirma gap kesimi tushum kelishigidgi sifatdosh yoki
harakat nomi bilan ifodalangan to’ldiruvchiga, egasi qaratqich aniqlovchiga 
aylantiradi. Muallif gapining kesimi vazifasidagi “dedi” so’zi “aytdi” so’zi bilan 
almashtiriladi. Muallif gapining egasi o’zlashtirma gap egasi bo’lib gap boshida 
keladi. Masalan: “Yoshlarimizning istiqboli porloq”, - deydi o’qituvchimiz. 
O’qtuvchimiz yoshlarimiz istiqbolining porloqligini aytdi. 
2.So’roq, buyruq shaklidagi ko’chirma gaplar darak shakliga aylantiriladi. 
Masalan:“Salima qanday o’qiyapti?” - deb so’radi onasi. Onasi Salimaning 
qanday o’qiyotganligini so’radi. 
3.Ko’chirma gap tarkibidagi undov, kirishlar tushirib qoldiriladi. Undalma chiqish 
kelishigidagi to’ldiruvchiga aylantiriladi.M-n: Do’stim dedi: “Xo’sh, u holda 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin