141
Ko’chirma gapli qo’shma gapni sodda gapga aylantirish uchun ko’chirma gap va
muallif gaplari tarkibida ega va kesim vazifasida kelgan bo’laklarning
shakl va
vazifasida ayrim o’zgarishlar qilinadi.
Xususan, ko’chirma gapning egasi qaratqich – aniqlovchiga, kesimi esa
to’ldiruvchiga aylantiriladi. Ko’chirma gap kesimini to’ldiruvchiga
aylantirish
uchun unga - lik yoki ekanlik shakllari qo’shiladi. Egasi II shaxs kishilik
olmoshida ifodalangan bo’lsa, u I shaxs kishilik olmoshiga aylantiriladi. Muallif
gapining kesimi vazifasida kelgan dedi - so’zi aytdi so’zi bilan almashtiriladi.
Masalan: Ko’chirma gap: “Szilar bir oilaning farzandisizlar” - dedi rais.
O’zlashtirma gap: Rais bizning bir oilaning farzandlari ekanligimizni aytdi.
2-topshiriq: Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gaplarga aylantiring.
1.Qadimgilar demishki: “O’z uyim – o’lan to’shagim”. 2.”Kamgaplik, - deydi
Hamid Olimjon, - donolik yo’lining boshlanishi”. 3.Mahmudxo’ja Behbudiy:
“Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir”, - deb yozadi.
4.”So’z – qolip, fikr – uning ichiga quyilgan g’isht”, - deb yozadi Abdulla Qodiriy.
Matn – eng katta sintaktik birlik
Har qanday og’zaki va yozma nutq parchasi matn (mikromatn) hisoblanadi.
Matn mikromatnlarning o’zaro mazmuniy va grammatik bog’lanishidan hosil
bo’ladi.
Bir necha gaplarning o’zaro grammatik va mazmuniy bog’lanishidan tashkil
topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo’lgan, qo’shma
gaplarga nisbatan yirikroq
yozma va og’zaki nutq parchasi mikromatn hisoblanadi.
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi
yaxlit asarga makromatn deyiadi.
Matnning eng kichik birligi gap hisoblanadi.Ular matn tarkibida ma’lum
bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi. Ular quyidagilardan iborat:
1)bog’lovchilar;
2)bog’lovchi vazifasidagi ayrim so’zlar;
3)takroriy bo’laklar;
4)olmoshlar;
5)sinonimlar.
M-n:
Karimjon a’lo o’qishi va odobi bilanlitseyda katta hurmatga ega.U jamoat
ishlarida ham faol qatnashadi.
Matn tarkibidagi ikkinchi gap boshida kelgan u olmoshi birinchi gap tarkibida
kelgan Karimjon o’rnida kelib, ikkinchi gapni birinchi gapga mazmunan bog’lab
keladi.Shuning uchun ham u olmoshi matn qismlarini bog’lovchi, ya’ni matn hosil
qiluvchi vosita sanaladi.
Mikromatnni hosil qilishda
takrorlar eng muhim vositadir, chunki u ham gaplarni
bog’lovchi vosita
hisoblanadi, ham uslubiy bo’yoqdorlik hosil qiladi.M-n:
Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada,
Olti oykim, o’zgalarga tilayman omad.
Olti oykim, do’stlarim ham pana-panada,
Istedodim so’nganidan qilar karomat.
142
Ma’lum bir fikrni batafsil ifodalash uchun gaplarni tilimizning muayyan
qoidalari asosida bog’lab, matn tuzamiz.
Mazmunva grammatik jihatdan
bog’langan, bir mavzuni ifodalovchi gaplar matnni hosil qiladi.
Mavzu matndagi asosiy fikrning nima haqida ekanligidir. Shundan kelib
chiqqan holda matnning sarlavhasi ham bo’lishi mumkin.
Matn turlari. Matn turli maqsadlar bilan tuziladi. Masalan:
muayyan predmet
yoki voqea - hodisalar haqida xabar berish, hikoya qilish, ularning ta’rif –
tavsifini berish, ya’ni mulohaza yuritish. Ana shunga ko’ra,
matnlarning quyidagi
turlari farqlnadi:
1: Hikoya matni. 2: Tasviriy matn. 3: Muhokama matni.
Hikoya matnida muayyan predmet yoki voqea – hodisalar haqida xabar
beriladi, hikoya qilinadi.
Tasviriy matn. Muayyan predmet yoki voqea – hodisalar ta’riflangan,
tavsiflangan matn tasviriy matn hisoblanadi. Tasviriy matn badiiy adabiyotda
ko’proq qo’llanadi.
Muhokama matni.Muayyan predmet yoki voqea – hodisalar haqidagi fikr –
mulohazalar bayon qilingan matn muhokama matni hisoblanadi.Muhokama matni
darsliklar va ilmiy kitoblarda ko’proq qo’llanadi.
Dostları ilə paylaş: