138
Zidlik, sabab, shart,payt munosabatlari bog’lovchisiz, bog’langan va ergash
gapli qo’shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin. Shunga ko’ra ular bir-biriga
ma’nodosh bo’la oladi. M-n:
Bahor keldi va gullar ochildi – bog’langan qo’shma
gap.
Bahor keldi, shuning uchun gullar ochildi – ergashgan qo’shma gap.
Bahor
keldi, gullar ochildi – bog’lovchisiz qo’shma gap.
Izoh: Ular o’rtasidagi farq qo’shma gap qismlri o’rtasida qanday bog’lovchi vosita
ishlatilishidadir.
Murakkab qo’shma gaplar
Turli bog’lovchi vositalar yordami bilan o’zaro uch va undan ortiq gaplarning bir
butunligi murakkab qo’shma gap sanaladi. Ular quyidagilar:
I.Bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gaplar. Tarkibida ikki va undan ortiq
ergash gaplari mavjud bo’lgan gaplar
bir necha ergash gapli murakkab qo’shma
gaplar sanaladi. Misollar:
1.Shunday bo’lmog’iga barcha asoslar bor edi, chunki ular bir qishloqda o’sib-
ulg’aygan edilar, bunisining asrori unisiga besh qo’lday ayon edi.
2.Tol ekdik suv bo’yiga, soya-salqin bo’lsin deb,
G’ayrat qilgan botirlar yotib damin olsin deb.
3.Reja bajarilsa, dasturxon mo’l bo’lsa, yor-u do’st, birodarlar qalin bo’lsa,
tantanalar qishgacha davom etaveradi.
4.Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nashtar bilan tilsinlar, men sizdan
ajralmayman.
5.Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo’lsin, turmushimiz farovon bo’lsin,
mustaqilligimiz barqaror bo’lsin. (ostiga chizilgan gaplar ergash gaplar)
Eslatma: Bir necha ergash gaplar bosh gapdan
vergul bilan ajratiladi.
II.Bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gaplar. Tarkibida ikki va undan ortiq
bosh gap mavjud bo’lgan qo’shma gaplar
bir necha bosh gapli murakkab qo’shma
gap hisoblanadi. Misollar:
1.Boshimda o’ynar qamchilar, qon ko’zlarimdan tomchilar, bir benavo gul
yanchilar,ozodkorim kelmasa.
2.O’zbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug’, istiqboli baland,
ularning O’zbekistondek jannatmakon yurti bor.
3.Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, orolni saqlab qolish
hammamizning burchimiz.
4.Kimning qalbi pok bo’lsa, uning ishlari o’z-o’zidan yurishib ketaveradi, hamma
unga madadkor bo’ladi. (ostiga chizilgan gaplar bosh gaplar)
III.Aralash murakkab qo’shma gaplar.
Tarkibida ergashgan, bog’langan yoki
bog’lovchisiz qo’shma gaplar mavjud bo’lgan gaplar
aralash murakkab qo’shma
gaplar hisoblanadi. Misollar:
1.Akang armiyadan kelsa,issiqxonani ishga solamiz, lekin sen akangga
yordamchilik qilasan.
2.Har kimning zari bo’lmasa-da, ammo hunari bo’lsa, dunyoda hech bir xavf-u
xatar bo’lmaydi, shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog’i lozim.
3.Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan.
139
4.Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi.
IV.Qismlari uyushgan murakkab qo’shma gaplar. Bir turdagi uch va undan ortiq
gaplardan tashkil topgan
qismlari uyushgan murakkab qo’shma gaplar deyiladi.
Eslatma:Murakkab qo’shma gapning bu turida ergash gap ishtirok etmaydi.
Misollar:
1.Dam qushlar ovozi yangraydi, dam daryoning shovullashi eshitiladi, dam musiqa
sadosi yangraydi.
2.Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi.
3. O’zbekning kurashi
hamisha halol,
Unda yo’qdir g’irrom, yo’qdir ymonlik,
Hamisha do’stlarga tilaydi kamol,
Tilaydi barchaga do’stlik, omonlik.
4.O’sha yillar mashoq terar edik, mol bqardik, g’oza jo’yakka kultivatsiya
yurgizardik.
Havola bo’lakli qo’shma gaplar
Qo’shma gap tarkibidagi faqat ergash gapgina bosh gapga ma’lum bog’lovchi
vositalar yordamida bog’lanib qolmaydi.Ko’pincha bosh gap tarkibida ham ergash
gapni taqozo etadigan, uning mavjud bo’lishiga ishora (havola) qiladigan
ko’rsatish olmoshlari ishtirok etadi.Aniqroq tushuntiradigan bo’lsak, ya’ni
qo’shma gap ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli bo’lsa, u gapimiz havola
bo’lakli qo’shma gap hisoblanadi. M-n:
Toleyim shuki, Vatanda bir guliston
Dostları ilə paylaş: