71
2. O’zlik nisbat. Bajaruvchining o’zi ustida amalga oshadigan harakat
yoki holatni
ifodalaydigan fe’l shakli o’zlik nisbat deyiladi. Qo’shimchalari: -n, -in, -l, -il.
M:
Nur yog’ildi qorong’u jarga. Akam bu xabardan behad sevindi.
Quyidagi fe’llardan o’zlik nisbat yasalmaydi:
yayra, qichqir, uxla, o’qi, hayda,
kes, tik, sug’or, sep,bor. O’zlik nisbat o’timli va o’timsiz fe’llardan hosil bo’ladi.
M: yuv (o’timli)-yuvindi; kuy (o’timsiz) – kuyindi.
Eslatma:
Quvondi, seskandi, faxrlandi, shodlandi, jonlandi, odatlandi aniq
nisbatdagi fe’llardir.
3. Majhul nisbat.
Bajaruvchisi noma’lum bo’lgan harakat
yoki holatni ifodalovchi
fe’l shakli majhul nisbat deyiladi. Qo’shimchalari: -n, -in, -l, -il. M:
Archa bezaldi.
Yangiliklar aytildi. Otning yoli taraldi. Majhul nisbatdagi fe’llar asosan III
shaxsda qo’llaniladi. O’zlik nisbat bilan majhul nisbat qo’shimchalari bir xil
bo’lsa-da, ularning
bir biridan keskin farqi bor, ya’ni o’zlik nisbatda bajaruvchi
aniq bo’ladi. Majhul nisbatda esa grammatik ega bo’lsa ham bajaruvchi noaniq
bo’ladi. M:
Orqa hovliga tuproq to’kildi. (majhul n.)
Daraxtning barglari
to’kildi.(o’zlik)
Eslatma:
Yemoq, demoq so’zlariga majhul nisbat qo’shimchasi
quyidagicha
qo’shiladi:
yeyilmoq, deyilmoq. Bunda y tovushi ortadi.
4. Orttirma nisbat.
Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa
tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l
shakllari orttirma nisbat
shakli deyiladi. Qo’shimchalari: -t, -tir, -dir, -giz, (-kiz, -qiz, -g’iz), -gaz,( -kaz, -
qaz), -ir, -ar, -iz, -sat.
M:
Ukangga ovqat yedir.
Orttirma nisbat qo’shimchalari bir biri bilan sinonim bo’lib keladi. M:
ichir –
ichkiz, yedir – yegiz, to’ldir – to’lg’az. Faqat
orttirma nisbat qo’shimchalari bir
fe’lga birdan ortiq qo’shilishi mukin:
o’qittir, to’ldirtir, o’tkazdir.
Eslatma: 1.
Solishtirmoq, uzatmoq, surishtirmoq, yaratmoq aniq nisbatdagi
fe’llardir. 2.Ba’zan fe’l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi
birdan ortiq
qo’shimchalar qo’shilishi mumkin. Masalan:o’qit – o’qittir, to’ldir – to’ldirg’iz.
Bunday holatda orttirma nisbat ma’nosi kuchayadi.
5. Birgalik nisbat. Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan
harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli birgalik nisbati
deyiladi.Qo’shimchasi: -sh, -ish. M: aytishdi. Birgalik nisbati qo’shimchasi –lar
qo’shimchasiga sinonim: yozishdi – yozdilar.
Eslatma:
To’qnashdi, o’rtoqlashdi, suhbatlashdi, salomlashdi, janjallashdi,
gaplashdi aniq nisbatdagi fe’llardir.
Eslatma: Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning
qaysi nisbatdaligi
nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab belgilanadi: yuvintirildi
– majhul
nisbat.
Fe’l nisbatlari o’timli o’timsizlik bilan bog’liq. Nisbat qo’shimchasini olgan
fe’lning o’timli -o’timsizligida quyidagicha o’zgarishi mumkin:
1) o’timli fe’l o’timsizga aylanadi:
kiydi –kiyindi;
2)
o’timli fe’ldan yana o’timli fe’l hosil bo’ladi:
o’qidi – o’qittirdi;
3)o’timsiz fe’ldan o’timsiz fe’l hosil bo’ladi:
keldi – kelishdi;
4) o’timsiz fe’l o’timliga aylanadi:
keldi – keltirdi.
72
Nisbat qo’shimchalari ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalariga quyidagicha
qo’shiladi:
1)o’zlik nisbat qo’shimchasi asosan yetakchiga qo’shiladi:
izlanib yuribdi, kuyinib
Dostları ilə paylaş: