yaqinda keldi (payt). Maktab yaqinda joylashgan (o’rin).
O’rin ravishlarining ma’nosi o’rin ma’nosini bildirgan otning ma’nosiga nisbatan
mavhum bo’ladi. M: Uydan keldi (ot), uzoqdan keldi (ravish).
4. Miqdor-daraja ravishlari. Harakat va holatning bajarilishidagi miqdor-darajani
bildiradigan va qancha?, qanchacha? so’roqlariga javob bo’ladigan ravishlar
miqdor-daraja ravishlari hisoblanadi. Miqdor ravishlari: kam, biroz,oz, picha,
ko’p, ancha, mo’l, sal, qittay, xiyla, qisman, jinday. Daraja ravishlari:
nihoyatda, bag’oyat, g’oyat, o’ta, eng, juda, behad, obdan.
Eslatma: Daraja ravishlari sifat bilan birikib, belgi ma’nosini kuchaytiradi yoki
pasaytiradi.M: Bu juda katta imorat ekan.
5. Sabab ravishlari ish-harakatning bajarilish sababini bildirib, nima sababdan?,
nega?, nima uchun ? so’roqlariga javob bo’ladi.Sabab ravishlari: noiloj,
noilojlikdan, chorasizlikdan. M: Yigit chorasizlikdan shu yo’lni tanladi.
6. Maqsad ravishlari ish-harakatning bajarilish maqsadini bildiradi. Maqsad
ravishlari: atayin, ataylab, qastdan, jo’rtaga, azza-bazza.M: Ra’no ataylab
dadasining yuziga boqmadi.
Eslatma: 6-sinf darsligida sabab va maqsad ravishlari bitta qilib berilgan.
1-topshiriq:Ravishlarni topib, ma’no turini aniqlang.
1.Hozir mol-jon o’rtada, inim, Buxoroga yetib olaylik, u yog’I bir gap bo’lar.
2.Mehmondorchilik tugagach, u uzundan uzun duo qilib o’rnidan turdi. 3.Ular
yerni kavlab kirolmabdilar, lekin bir zumda allaqancha yerni o’yib yuboribdilar.
4.Uni buguncha tinch qo’y. 5.O’rtancha botir qo’rqmadi, ji turdi. 6.Shunda
bechora sayyor iltimos qilmish darrov,Vasiyatimni aytay,agar bo’lsa bemalol.
Ravishlarning yasalishi. Ravishlar 3 xil yo’l bilan hosil qilinadi:
1. Morfologik (affiksatsiya) usulida so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish orqali
ravishlar yasaladi. M: mardona, bolalarcha, qalban, yigitcha (-cha omonim
qo’shimcha bo’lib, uni quyidagicha farqlash lozim. Agar -cha qo’shimchasi
o’rniga kichkina so’zini qo’yish mumkin bo’lsa, -cha otning kichraytirish shakli
hisoblanadi: qushcha-kichkina qush; -cha o’rniga –dek, kabi, singari
ko’makchilarini qo’shish mumkin bo’lsa, -cha ravish yasovchidir: yigitcha – yigit
kabi)
2. Sintaktik (kompozitsiya) usulida qo’shma ravishlar hosil qilinadi. Qo’shma
ravishlar quyidagicha hosil qilinadi:
a)ko’rsatish olmoshlari + payt yoki o’rin ravishlari: u yerda, shu vaqt, o’sha
yoqdan, bu yerda;
b) tarkibida har, hech, hamma, bir, qay so’zlari bo’lgan ravishlar: bir zum, har
vaqt, hech vaqt, hamma vaqt, qay payt.
Quyidagi qo’shma ravishlar qo’shib yoziladi: allamahal, allavaqt, biryo’la,
birvarakay, birpas, birvarakayiga, biroz, birmuncha, birato’la, buyon.
Eslatma: Qay so’zi yoq, yer so’zlari bilan kelsa, y tovushi tushib qoladi va qo’shib
82
yoziladi: qayoqqa, qayerga.
3. Boshqa so’z turkumining ko’chishidan hosil bo’lgan ravishlar:
a)otlardan: erta, indin, kecha;
b)sifatlardan: yaqqol, baralla, tugal, bafurja, muttasil, vaqtli, rosa, baravar,
beomon;
d) ravishdoshlardan: osha, o’ta, qo’sha, qayta;
e)taqlid so’zlardan: shartta, tappa, taqqa, chippa.
Ravishlarning tuzilish jihatdan turlari:
1. Sodda ravishlar: a) tub- hozir, ko’p, so’ng; b) yasama – mahsichang, haftalab.
2. Qo’shma: hamma zamonda, qay zamon, har vaqt, biroz.
3. Juft ravishlar: erta-kech, asta-sekin, bugun-erta. O’rin-payt kelishigini olib
juftlashgan ba’zi ot, olmosh turkumiga oid so’zlar ham juft ravishlarga kiradi:
oyda-yilda, unda-bunda.
4. Takroriy ravishlar: tez-tez, uyma-uy, qadam-baqadam, qayta-qayta, qo’sha-
Dostları ilə paylaş: |