77
Fe’lning vazifa shakllari(fe’lning xoslangan shakllari). Turli gap bo’laklari
vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa shakllari sanaladi.
Ular 4 xil:
1. Sof fe’l 2. Harakat nomi 3.Sifatdosh 4. Ravishdosh.
1. Sof fe’l shakli gap ichida fe’l-kesim vazifasini bajaradigan fe’l shaklidir. Sof
fe’llarda hech qanday maxsus qo’shimcha bo’lmaydi. M: keldi, o’qidi, aytmadi,
boray.
2. Harakat nomi fe’lning otga xoslangan shaklidir. Qo’shimchalari: -(i)sh, -(u)v, -
moq (-mak). M:
o’qish, yozish, o’quv, yozuv, o’qimoq, yozmoq.
Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi va gapda
ular bajaradigan gap bo’laklari vazifasida keladi. Masalan:
To’g’ri suzishni o’rgan.
Dostları ilə paylaş: