Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   98
Mohira2702..

quyosh chiqadi. Bu gapni eshitib yigit cholga bir qarab qo’ydi. Bir – son, ba’zan 
– ravish, ham – yuklama, dam – ot. 
Bog’lovchilar 2 xil bo’ladi: 1. Sof bog’lovchilar. 2Vavifadosh bog’lovchilar.
Sof bog’lovchilar: va, ammo, lekin, biroq, hamda.
Vazifadosh bog’lovchilar:bilan (ko’makchi), ham, na…, na…; -u, -yu, -
da(yuklama), balki (modal so’z). M: Akam bilan ukam kinoga borishdi. 
(bog’lovchi) Akam ukam bilan kinoga bordi. (ko’makchi).
1- topshiriq: Bilan  bog’lovchi bo’lib kelgan o’rinlarni aniqlang va o’sha 
gaplarning tagiga chizing. 
1.Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-u jondir. 
2.Endi buva bilan yong’oq tepasida o’tirgan nevara teng odamday gaplashishadi. 
3.Odam odam bilan tirik. 4.Yer bilan suv egizak, bir-birisiz yashay olmaydi. 
5.Eshon bilan Kifoyatxon qulay bir joyni topib, bularni kuzatishardi. 6. Jiyda esa 
bahor paytlari butun shaharni o’zining hidi bilan to’ldirardi. 
2- topshiriq: Balki so’zi bog’lovchi vazifasida kelgan gaplarning tagiga chizing. 
1.Bo’rondan so’ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana ko’paydi. 
2.Xalqni qo’rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo’lgan odam marddir. 
3.Sobir nafaqat o’qishda, balki sportda ham eng faol o’quvchi. 4.Ertalab o’ziga 
isitib berish uchun, balki, shunaqa deyayotgandir. 5.Inson go’zalligi bilan emas
balki mehnati bilan kamol topadi.
Bog’lovchilar ma’no va vazifasiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1. Teng bog’lovchilar. 2. 
Ergashtiruvchi bog’lovchilar.
Teng bog’lovchilar uyushiq bo’laklarni vat eng huquqli bo’lgan sodda gaplarni 
bir-biriga bog’lash uchun ishlatiladi. Teng bog’lovchilar 4 xil bo’ladi:
1. Biriktiruv. 2. Zidlov. 3. Ayiruv. 4. Inkor.
I. Biriktiruv bog’lovchilari: va, hamda, bilan, -u, -yu, -da, ham. Va , hamda sof 
bog’lovchilardir. Bilan ko’makchi- bog’lovchsi uyushiq bo’laklarni bog’laganda 


87 
bog’lovchi, o’zaro tobe bog’lanuvchi so’zlarni bog’lasa ko’makchi bo’ladi. M: Gul 
bilan lola; qalam bilan yozdi.
–u, -yu, -da yuklama-bog’lovchilari qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni 
bog’lasa, undan keyin vergul qo’yiladi.Bu yuklama-bog’lovchilar chiziqcha bilan 
yoziladi.M: Eshik ochildi-da, Bahora kirib keldi.
3- topshiriq:  Berilgan gaplarda –u, -yu,-da yordamchilarining qaysi o’rinda 
bog’lovchi, qaysi o’rinda yuklama vazifasida kelganini aniqlang. 
1.Nosir oxun eski bo’lsa-da, ozoda libosda edi. 2.Majlis ertaga qoldirilmaydi-
yu. 3.Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs 
uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi. 4. Biladilar-da bu kishi. Yovlar bilan 
olishgan-a? 5.Hozir kelaman dedim-u, loy kechib uyga yugurdim. 6.Choy qaynatib
 ichishni-da unutdi. 7.Birov kirdi-da, chiqib ketdi.
Eslatma: Bilan bog’lovchisi oddiy so’zlashuv uslubida ko’proq ishlatiladi. Va, 
ham, hamda bog’lovchilari yozma nutq uslubi uchun xoslangan.
Ham bog’lovchisi uyushiq bo’laklardan oldin keladi. Agar uyushiq bo’laklardan 
keyin kelsa,yuklama hisoblanadi va uyushiq bo’laklarni ajratish uchun 
qo’llaniladi.M: Gavhar kitobni ham, daftarni ham sumkasiga soldi.(yuklama). 
Gavhar ham kitobni,ham daftarni sumkasiga soldi.(bog’lovchi). Bu yuklamada 
tovush o’zgarish hodisasi bor. Ba’zan h tovushi tushib qolishi, ba’zan h y ga 
almashishi mumkin. M: Kinoga menam boraman. Uyam boradi.
II. Zidlov bog’lovchilari: ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, -u, -yu, -da. Bu 
bog’lovchilar o’zaro zid munosabatdagi sodda gaplarni bog’laydi va yovzuvda 
ulardan oldin vergul qo’yiladi. M: Osmon bulut, lekin yomg’ir yog’madi.
III. Ayiruv bog’lovchilari: yo, yoki, yoxud, yoingki, goh…, goh…; xoh…, 
xoh…; dam…, dam…; bir…, bir…; ba’zan…, ba’zan…; yo…, yo…; yoki…, 
yoki… M: Ba’zan ustoz garirardi, ba’zan o’quvchilar. Ayiruv bog’lovchilari 
bog’lagan qo’shma gaplar quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1. Voqealar ketma-ketlikda sodir bo’ladi: Dam quyosh chiqadi, dam yomg’ir 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin