Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma

Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98
Mohira2702..

qo’sha, bilinar-bilinmas, shartta-shartta, birma-bir, o’z-o’zidan. 
2-topshiriq: Ravishlarni toping va ularni izohlang. 
1.Barno ertalab tursa, yonida mushugi yo’q. 2.Bu gaplarni eshitib turgan bola 
birdan kelib boshini Zaynabning tizzasiga qo’ydi. 3.Men xuddi shu savolni kutib 
turgandek, darhol javob bera qoldim. 4.Xo’roz arang qochib qutilibdi. 
5.Otamizning o’lganiga ancha yil o’tib ketdi. 
__________________________________________________________________

Ismlar 
Qadimgi hindlar tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan va so’zlarni otlar, 
fe’llar, yordamchilarga ajratgan. Arablar ham, yunonlar ham qadimgi hind 
tilshunoslari fikrlari asosida so’zlarni ismlar(bu atamani birinchi bo’lib arablar 
kiritgan), fe’llar, yordamchilarga ajratadi. Rus tilshunoslari ham mustaqil 
so’zlarni ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’lga ajratishadi.Bizning ajdodlarimiz 
qadimdan ot, sifat, olmosh, sonni birlashtirgan holda ismlar nomi bilan o’rganib 
kelishgan.
Ismlarga ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, harakat nomi va taqlid so’zlar kiradi. M: 
Kecha uyda oila a’zolarimizning yig’ini bo’lib o’tdi.
Ismlarning lug’aviy shakllariga ko’plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash 
ma’nolarini bildiruvchi qo’shimchalar kiradi. 
Ismlarning munosabat shakllariga egalik, kelishik va bog’lamalar (-man, -san, -
miz, -siz, -dir, sanalmoq, hisoblanmoq, bo’lmoq) kiradi.
Kelishik va egalik qo’shimchalarini takrorlayman.
Bog’lamalar kesim mavzusida batafsil berilgan
Ismlarni kesimga xoslovchi shakllar (bog’lamalar). Gapda kesim ismlar bilan 
ifodalanishi mumkin. Bunday hollarda egani kesim bilan shaxs-sonda 

83 
moslashtirish uchun bog’lamalardan foydalanamiz. M: Sen guruhdagi eng faol 
talabasan
1-topshiriq: Matn tarkibidagi so’zlarni ismlar va ism bo’lmaganlarga ajrating. 
Bobur ham bolaligi o’tgan Andijon osmonini esladi. Mana shu Yetti Og’ayni 
yulduzlari o’sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o’tib, g’arbga botib ketardi. 
Bobur o’smirligida Hulkar yulduzlarini olmos yasalgan varrakka o’xshatardi. 
Dumuni quvnoq silkitibuchadigan olmos varrak uning xayolini yana musaffo 
bolalik yillariga olib ketishini o’yladi. U osmonga qarab yotar ekan, endi yosh, 
sog’lom yigitga aylandi. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
_________________________________________________________________ 
2-topshiriq: Ismlarning munosabat shakllarini hosil qiluvchi qo’shimchalarning 
tagiga chizing. 
1.Jon do’sting jonidan kechsa ham ,Mol do’sting molidan kechmas .2.Qurbon 
cholning gapini eshitib hayron qoldi. 3.Ra’noning yerga qaragan ko’zi sekingina 
Anvarga ko’tarilib,yana yerga og’di.4.Hammaning ko’zi domlada ekan ,Zebi 
chimmatini yuzidan oldi. 5.Humoyun hamma dardini aytib ko’nglini bo’shatsin 
uchun Xonzoda begim uning so’zini bo’lmay toqat bilan jim tingladi. 6.Chol 
podshoning oldiga borib savoliga javob beribdi. 7.Tilingga juda ehtiyot bo’lgin, 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin