78
4.Ravishdosh fe’lning ravishga xoslangan shaklidir. M
: U shoshilib keldi.
Ravishdoshlar bir fe’lni ikkinchi fe’lga bog’lashga xizmat qiladi. Gapda asosan hol
vazifasida keladi. M:
Qiz bu xabardan shodlanib kuldi. Ravishdosh harakatning
belgisini bildiradi va shu xususiyati bilan ravishga o’xshaydi. Lekin
ravishdoshning asosi fe’l bo’ladi. M: ko’p(ravish) gapirdi, shoshilib(ravishdosh)
gapirdi .
Ravishdoshlarning ma’no turlari:
1) holat ravishdoshlari: a) –b, -ib:
hidlab, kulib;
b) –a, -y:
yig’lay-yig’lay aytdi, ayta-ayta charchadi.
–b, -ib, -a, -y ravishdoshining bo’lishsiz shakli –mayin (she’riyatda), -may, -
masdan qo’shimchalari orqali hosil qilinadi. M:
Do’stim uyga bormay(ib)
qaytdi.Bu ravishdosh shakli tuslanadi.
–b, -ib qo’shimchali ravishdosh mumtoz
adabiyotda –bon, -ibon tarzida uchraydi:
Kecha kelgumdur debon…
d)-gancha (-kancha, -qancha):
tikilgancha o’tirdi. Bu ravishdosh shakli
tuslanmaydi.
e) –gudek: yig’lagudek gapirdi. Bu ravishdosh shakli tuslanadi.
2)payt ravishdoshlari: a) –gach (-kach, -qach):
bemorni ko’rgach boraman,
shifoxonadan chiqqach sotib olaman, ko’ylakni tikkach beraman.
b)-guncha, (-kuncha, -quncha): qorayguncha,
ekkuncha, chiqquncha;
e)-b, -ib (bu qo’shimcha ba’zan payt ma’nosini bildiradi):
o’qishni bitirib
Dostları ilə paylaş: