Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   98
Mohira2702..

ishlayman. 
3)sabab ravishdoshlari: a)-b, -ib: uyalib kirmadi; b)-a, -y: o’qiy-o’qiy charchadi
4)maqsad ravishdoshlari: a)-gani (-kani, -qani): aytgani bormoq; b)-gali: ko’rgali 
kelmoq. Bu qo’shimcha mumtoz adabiyotda uchraydi.
Eslatma: Payt va maqsad ravishdoshlari tuslanmaydi. 
10-topshiriq:Gaplar tarkibidagi fe’llarning qaysi vazifa shaklida ekanligini 
aniqlang. 
1.Men go’yo tabiat bilan qo’shilib ketayotgandekman. 2.Jo’yakda cho’zilib dam 
olishga nima yetsin? 3.Bolalar har kuni tushdan keyin bog’da ashula aytishni odat 
qilishdi. 4.Yigit vazifalarni o’z vaqtida bajargan, uyiga ham o’z vaqtida yetib 
kelgan. 5.O’sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko’rsatib, shon-u shuhrat taratib, 
o’qituvchilarimni hayratda qoldirdim. 6.Kutubxonagacha ancha uzoq yuribdi.
To’liqsiz fe’llar. Edi, ekan, emish, esa, emas to’liqsiz fe’llar hisoblanadi. Bulardan 
emas bo’lishsiz shakli, esa bog’lovchiga aylangan. To’liqsiz fe’llar fe’l va fe’l 
bo’lmagan so’zlarga qo’shilib turli ma’nolar ifodalaydi. To’liqsiz fe’llar lug’aviy 
ma’noga ega bo’lmaydi.To’liqsiz fe’llardagi e tovushi ba’zi hollarda tushib qolishi 
yoki bashqa tovushga o’tishi mumkin.M: o’qigandi, borganakanaytganmish. 
To’liqsiz fe’llar uyushiq bo’laklar uchun umumiy bo’lganda oxirgi kesim tarkibida 
qo’llanadi. M:U qizni tanir, bilar, ko’rar edi
Fe’llarning yasalishi.Fe’llar 2 xil yo’l bilan yasaladi;
1. Morfologik (affiksatsiya)usulida so’z yasovchi qo’shimcha orqali fe’l yasaladi. 
M: gulla (Hozirgi o’zbek adabiy tilida eng faol fe’l yasovchi qo’shimcha –la 
qo’shimchasidir. Bu qo’shimcha sondan boshqa barcha so’z turkumlariga qo’shilib 
fe’l yasay oladi), suvsa, vizilla (-illa qo’shimchasi u unlisi yoki v undoshi bo’lgan 


79 
bir bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda –ulla aytiladi va yoziladi: lovulla, shovulla, 
gurulla ).
Eslatma: -la qo’shimchasida omonimlik ham, sinonimlik ham bor.Omonimlik: 
ishla, savala, qo’l-la(qo’li bilan, bilanning qisqargan shakli). Sinonimlik: izla – 
ista(shevada), hidla – iska.
2. Sintaktik (kompozitsiya) usulida qo’shma fe’llar yasaladi. Ularning tarkibi 
quyidagicha bo’ladi:
- fe’l+fe’l: tortib olmoq, ishlab chiqarmoq, sotib olmoq, bilib yozmoq;
- fe’l bo’lmagan so’z + fe’l(bunday fe’llarning ikkinchi qismini bo’l, ayla, qil, et 
kabi yordamchi fe’llar tashkil qiladi): sayr qilmoq, bunyod etmoq, shunday 
bo’lmoq, yangi bo’lmoq;
- undov yoki taqlid so’z+ fe’l: dod soldi, uh tortdi, yalt etdi, tiq etmadi.
Eslatma: Qo’shma fe’llar har doim ajratib yoziladi. 
Fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari. Fe’llar tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi:
1. Sodda fe’llar: a)tub – ketmoq, yozmoq; b)yasama – tezla, gapir, guvulla.
2. Qo’shma fe’llar ot, sifat, son, olmosh, taqlid va undov so’zlarga qil, et, bo’l, 
ber, sol, ayla singari fe’llarni qo’shish bilan hosil bo’ladi. M: tarbiya qilmoq, eski 
bo’lmoq, bir bo’lmoq, chirs etmoq. Har ikkala qismi ham fe’llardan tashkil topgan 
fe’llarning har ikkala qismi o’zining lug’aviy ma’nolariga ega bo’ladi: kirib chiqdi, 
borib keldi.
3. Juft fe’llar ish-harakatning tez va kutilmaganda ro’y berishini ifodalaydi. M: 
Yangi mavzuni ko’chiraman-qo’yaman.
Eslatma: oldi-berdi, bordi-keldi, keldi-ketdi, qo’ydi-chiqdi ot turkumiga; kuydi-
pishdi, oldi-qochda sifat turkumiga; ag’dar-to’ntar, uzil-kesil ravish turkumiga 
o’tgan so’zlardir.
4.Takroriy fe’lar: kuta-kuta, ishlay-ishlay.
11-topshiriq:Matn tarkibidagi fe’llarni aniqlab, ularni izohlang. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin