80
Ravish
Harakatning belgisini bildirgan so’z turkumi ravish deyiladi.
Ravishlarning morfologik xususiyatlari:
1. Ravishlar yasaladi. M:
Yigitlar mardona harakat qilishdi.
2. Quyidagi ravishlarning qo’shimchalari qotib qolgan:
birdan, birga, kunda, o’z-
o’zidan, chalqanchasiga, birdaniga, yoppasiga, to’satdan, tubdan, oldinda,
uzoqdan,o’ngda, kechasi.
Eslatma: Ravish tarkibida yaxlitlanib qolgan qo’shimchalar:-ga, -da, -dan, -i, -si,
-lar (ravish tarkibida uchraydigan –lar qo’shimchasi noaniqlikni, davomiylikni
bildiradi).
So’ngra, qayta,
birin-ketin so’zlaridagi –ra, -a, -in qo’shimchalari ham
yaxlitlanib qolgan.
3. Ayrim ravishlar sifatlarga o’xshab daraja ko’rsata oladi: tez – tezroq, ko’p – juda
ko’p.
Ravishlarning sintaktik xususiyatlari:
1. Ravishlar asosan fe’lga bog’lanib hol vazifasida keladi. M:
Vodiylarni yayov
kezganda.
2. Ravishlar ba’zan otga bog’lanadi va aniqlovchi vazifasida keladi. M:
Oz so’z
insonning ko’rki.
3. Ravishlar kesim vazifasida ham keladi:
Kelajakdan umidim ko’p.
4.Otlashganda ega, qaratqich aniqlovchi va to’ldiruvchi bo’lib keladi.M:
Ko’pi
ketib, ozi qoldi.Ko’pning oshi shirin bo’ladi. Otaxonning gapidan ko’pni angladik.
Ravishlarning otlashishi. Ravishga bog’lanib kelgan otlar ba’zan gapda tushib
qolib, otga xos bo’lgan xususiyatlar ravishga ko’chadi va ravishlar otlashadi. M:
Ko’p(odam)lar bu holatga beparvo edi.
Ravishlarning ma’no jihatdan turlari. Ravishlar ma’no jihatdan quyidagi
turlarga
bo’linadi:1. Holat. 2. Payt. 3.O’rin. 4. Miqdor-daraja. 5. Sabab. 6. Maqsad.
1. Holat ravishlari. Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va
qanday?, qay holda?, qay tarzda? so’roqlariga javob bo’luvchi ravishlar holat
ravishlari deyiladi. Quyidagi so’zlar holat ravishiga kiradi: jim, yayov, chindan,
qo’qisdan, to’satdan(bu ravish ayrim shevalarda to’sindan holida aytiladi),
piyoda, majburan, bafurja, arang, zo’rg’a,
bexosdan, sekin, tez, darhol,
zimdan, aksincha, eskicha, asta, qat’iyan, dabdurustdan, dehqonchasiga,
shaxdam, qatorasiga, teskari, bekorga. M:
Uzun tunlar yotib jim.
Eslatma: Qo’qisdan, birdaniga, birdan, to’satdan harakatning kutilmagan paytda,
tez yuzaga kelganini bildiradi. M:
Qo’qisdan momoqaldiroq gumburlab, birdan
yomg’ir yog’ib yubordi.
2. Payt ravishi. Harakat-holatning bajarilishi yoki bajarilmaslik paytini bildirib,
qachon?, qachondan?, qachongacha? so’roqlariga javob bo’luvchi so’zlar payt
ravishlari deyiladi. Quyidagi so’zlar payt ravishlari hisoblanadi: endi, hozir,
so’ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin,
kecha-kunduz, yangi, ertaga, keyin, bugun, avval, ilgari, hali-beri, kechasi,
yaqinda,shu onda, hozirdan. M:
Uni buguncha tinch qo’y.
3. O’rin ravishlari. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o’rnini bildirib,
qayer(-da, -ga, -dan) so’roqlariga javob bo’luvchi so’zlar o’rin
ravishlari
81
hisoblanadi. Quyidagi so’zlar o’rin ravishlaridir: olg’a, ichkari, tashqari,
oldinda, olisda, uzoqda, yaqinda, yuqori, past, quyi, to’g’riga, nari-beri, u
yerda. M:
Qo’shin olg’a intildi.
Eslatma: Yaqinda, uzoq ravishlari ham o’rinni, ham paytni bildiradi. M:
Ukam
Dostları ilə paylaş: