84
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Yordamchi so’z turkumlari
Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap
bo’lagi vazifasida kela olmaydigan so’zlar yordamchi so’z turkumlari deyiladi.
Yordamchi so’z turkumlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
- gap bo’laklarini bir-biriga bog’lash:
tog’am bilan amakim
- gaplarni bir-biriga bog’lash:
Ukam keldi-da, eshikni ochdi.
– mustaqil so’z va gaplarga turli qo’shimcha ma’no beradi:
Ahmadgina imtihondan
o’tdi (chegaralash).
Yordamchi so’z turkumlari 3 ta: 1. Ko’makchi 2.Bog’lovchi 3. Yuklama
KO’MAKCHI
Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga
bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar ko’makchi deyiladi. M: bilan, uchun, kabi,
orqali, sayin.
Ko’makchilar 2 xil bo’ladi: 1. Sof 2. Vazifadosh
Sof ko’makchilar. Atash ma’nosini butunlay yo’qotib, faqat o’zi brikkan so’zni
boshqa so’zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar sof
ko’makchilardir. Bular quyidagilar: kabi, singari, bilan, uchun, sayin, haqida, sari,
qadar, uzra, tufayli, yanglig’, holda,orqali. M:
Yanoqlari olma yanglig’ bu qiz
hammaning nigohini o’ziga qadadi.
Vazifadosh ko’makchilar. Leksik ma’nosinisaqlagan holda gapda grammatik
ma’no ifodalash vazifasini bajaruvchi so’zlara v azifadosh ko’makchilar deyiladi.
Quyidagi so’z turkumlari vazifadosh ko’makchiga ko’chgan:
a) ot: ost, yon, ust, old, orqa, ro’para, ich, ora, o’rta, bosh, tag, uch, qosh + egalik
va kelishik qo’shimchalari;
b)fe’lning ravishdosh va sifatdosh shakllari: qarab, bo’ylab, qaraganda, ko’ra,
yarasha, tortib, deya, deb, atab;
d) ravish: avval, keyin, burun, ilgari, so’ng, oldin.(7-sinf darsligida
tomon
vazifadosh ko’makchi ravish so’z turkumiga kiritilgan)
Vazifadosh ko’makchilar o’rni bilan mustaqil so’z, o’rni bilan esa ko’makchi
bo’lib keladi. Qiyoslang:
Kitob stol ustida turibdi (mustaqil so’z). U bu masala
ustida uzoq bosh qotirdi(ko’makchi).
Sayyora bizga qarab qo’ydi. U bog’ga qarab
ketdi. Avval o’yla, keyin so’yla. Darsdan keyin bog’ga boraman.
1
-topshiriq: Gaplar tarkibidagi ko’makchi vazifasidagi so’zlarni aniqlang. Agar
ular mustaqil so’z bo’lib kelayotgan bo’lsa, ko’makchi qilib, ko’makchi bo’lib
kelayotgan bo’lsa, mustaqil so’z qilib gaplar tuzing.
Dostları ilə paylaş: