74
daftaringizga yozing. 2. Fe’llarning
zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi buyruq-istak maylini ifodalaydi:
kel,
ayt. Buyruq-istak mayli qo’shimchalarining har birining o’z ma’nosi bor:
- I shaxs istak-xiohishn, iltimosni bildiradi:
Men boray. Ba’zan fe’lning ma’nosini
kuchaytirish uchun –in qo’shimchasi qo’shiladi. M:
o’qiyin, borayin.
– II shaxs sof buyruq, istak, iltimos, maslahatni bildiradi:
Sen o’qigin.
– III shaxs buyruqni bildiradi
: O’qisin.
III. Shart mayli. Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi
uchun shart bo’lgan harakat va holatni, istak-xohishni bildirgan fe’l shakli shart
mayli deyiladi. Qo’shimchasi: -sa. M
: Jahl kelsa, aql ketadi.
Shart mayli edi, ekan kabi to’liqsiz fe’llar bilan kelganda orzu-istak ma’nosini
bildiradi:
Yomg’ir tezroq tinsa edi.
Eslatma: –sa edi ba’zan saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi:
Odam
kamtarlikni odat qilsaydi.
Shart mayli kerak so’zi bilan kelganda taxmin-gumon ma’nosini bildiradi:
U ko’z
yoshi to’kib ariq qazisa kerak. Ba’zan -gan bilan yasalgan sifatdoshning o’rin-payt
kelishigidagi shakli ham shart mayli ma’nosini bildiradi. M:
Akam kelganda,
Toshkentga borardik.
Shart maylidagi fe’llarning tuslanishi:
I yozsam I borsak
II borsang II borsangiz
III borsa III borsalar
Eslatma: –sa qo’shimchasi fe’lda so’z yasovchi, nisbat, bo’lishsizlik
qo’shimchasi bo’lsa, shu qo’shimchadan keyin keladi:
tezlashsa, o’qittirsa,
Dostları ilə paylaş: