o’tiribdi; 2)majhul nisbat qo’shimchasi ko’makchi fe’lga qo’shiladi: yozib boshlanda, o’qib o’tildi;
3)birgalik nisbat qo’shimchasi ham yetakchiga, ham ko’makchiga qo’shiladi: yozib chiqishdi, yozishib chiqdi; 4)orttirma nisbat qo’shimchasi ko’pincha yetakchi fe’lga qo’shiladi: ayttirib keldi, yedirib qo’ydi. 5-topshiriq:Avval o’zlik nisbatdagi fe’lli gaplarni, keyin majhul nisbatdagi fe’lli
gaplarni ko’chiring.
1.Buyuk bobokolonimiz Alisher Navoiy 1441-yilda tug’ilgan. 2.U yuziga belbog’ini tashlab, ko’rpachaga cho’zildi. 3.Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda. 4.Bir bor ekan, bir yo’q ekan, dunyoda hamma narsa yaratilgan ekan-u, ammo xushnavo bulbul yaratilmagan ekan. 5.Ho’kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 6-topshiriq: Matn tarkibidagi fe’llarning qaysi nisbatda ekanligini aniqlang.
Qor yog’ib turibdi. Yo’lning o’n besh chaqirimchasi huvullagan dalalardan o’tadi. Qor siyrak yo’g’ayotgani uchun uzoq-uzoqlar ko’rinadi, lekin bora- borguncha bironta tirik jon ko’zga tashlanmaydi. Shamol yo’q, jimlik, “tiq” etgan tovush eshitilmaydi. Qo’limda bir metr keladigan irg’ay tayoq. Belbog’imga bitta kulcha tugilgan. Egnimda otamning uzun chakmoni. Zerikkanimda qorga tayoq bilan chiziq chizib o’taman. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 7-topshiriq:Berilgan fe’llarning nisbatini aniqlang.
Kuzatmoq, sarflamoq, ta’mirlamoq, atamoq, to’plamoq, yangilamoq,
kuchaymoq, ilinmoq, kuzatishmoq, sarflashmoq, ta’mirlattirmoq, kuchaytirmoq,
chizishmoq, sarflattirmoq, atalmoq, to’plashmoq, yangilattirmoq, joylashmoq,
gaplashmoq, to’planmoq.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
73
Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar. Fe’l asosida ifodalangan harakatning ro’y berish
yoki bermasligini bildirgan shakllarga bo’lishli-bo’lishsizlik shakli deyiladi.
Bo’lishli fe’llar: keldi, aytdi,ko’rdi. Bo’lishsizlik ma’nosi maxsus shakllarga ega.
Ular –ma, sifatdosh+ emas, yo’q, …na,…na bog’lovchisi. M: aytma, aytgani yo’q, aytgan emas, na o’qidi, na yozdi. Bunday holatda shaxs-son qo’shimchalari quyidagicha qo’shiladi: kelmadim, kelgan emasman, kelganim yo’q. –ma, emas, yo’q o’rtasida ham ma’lum ma’no
farqlanish bor. M: Borganim yo’q – oddiy inkor, Borgan emasman – umuman bormaganlikni ifodalamoqda, bormaganman – qat’iy inkor. Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasiga –ma qo’shimchasi quyidagicha qo’shiladi:
Yetakchi fe’lga qo’shilsa: O’qimay qo’ydi ( davomiylik),ko’makchi fe’lga qo’shilsa: O’qib qo’ymadi (bir martalik harakat), yetakchi fe’lga ham, ko’makchi