Kichik soha: : Sog„lom turmush tarzi va xavfsizlik Talab: Bola sog„liqni saqlash malakalarini namoyon qiladi. Bola xavfsiz sog„lom taom va hayot xavfsizligi qoidalari haqida tushunchaga ega. Kutilayotgan natija:
o‘zining tashqi ko‘rinishiga etibor beradi;
jismoniy mashqlarni mustaqil bajaradi;
tabiat burchagidagi o‘simliklar va jonzotlarni parvarishlaydi;
salomatlikka zararli bo‘lgan xulq shakllarini anglaydi (chekish, ichkilikbozlik, olov bilan o‘ynash va hokazo);
bog‘chada, ko‘chada, transportda yurish qoidalariga rioya qiladi;
piyodalar va velosipedchilar uchun yo‘l qoidalarini biladi;
yong‘in xavfsizligi -101; milliy gvardiya- 102; tez yordam -103; gaz xizmati -104 telefon raqamlarini biladi;
xavfli vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni biladi va tushuntiradi
supermarketda, shaharda, qishloqda, dalada yo‘qolib qolsa, o‘zini qanday tutish kerakligini biladi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Kichik soha: «Men» konsepsiyasi Talab: Bola o„zini o„ziga xos xususiyatlari bilan, ijobiy shaxs sifatida qabul qiladi, mustaqil va o„z xatti-harakatiga javob beradi. Kutilayotgan natija:
mustaqillikka intiladi;
o‘zining oilaviy, gender mansubligiga ijobiy his tuyg‘ularni anglaydi va farqlay oladi;
o‘zining millati, tili va o‘z madaniyatining muhim elementlarini biladi;
o‘ziga yuklatigan majburiyatlar asosida faoliyatni tashkil qiladi;