Kichik soha: «Men» konsepsiyasi Talab: Hissiyotlar va ularni boshqarish. Kutilayotgan natija:
o‘z hissiyotlari nazorat qiladi;
turli ijtimoiy vaziyatlarga emotsional munosabat bildiradi;
o‘z hissiy holatini izohlab berishi mumkin;
boshqa insonlar yoki badiiy asarlar qahramonlari hissiyoti haqida gapiradi;
o‘zini yomon his etayotganlarga hamdardlik bildiradi va yupatadi.
Kichik soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot. Talab: Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini rivojlantirishga qodir. Kutilayotgan natija:
kattalar va tengdoshlar bilan oson muloqotda bo‘ladi;
qiyin vaziyatlarda amaliy echim qidiradi;
boshqalar xatti-harakatiga o‘z taassurotlarini bildiradi;
o‘zgalar yutug‘iga quvonganligini namoyon etadi;
nizolarni hal etishda bir necha metodlardan foydalanadi (tinchlantiradi, o‘z o‘yinchog‘ini beradi, muloyim so‘zlar aytadi);
o‘yinlar o‘ylab topadi, syujetli rolli o‘yinlar, turli ertaklarni sahnalashtirishda ishtirok etadi.
Nutq, muloqot, o„qish va yozish malakalari
Kichik soha: Nutq va til Talab: Bola nutqni tinglaydi va anglaydi, so„zlashadi va muloqot qiladi. Kutilayotgan natija:
o‘z ona tilida erkin so‘zlashadi; so‘z turkumlarini yoshiga monand mustaqil, grammatik to‘g‘ri qodlaydi;
gapdan sinonim va antonimlarni topa oladi va berilgan so‘zlarga ularni moslaydi;
ko‘p ma’noli so‘zlarni turli ma’nolarini farqlaydi;
turli gaplarni tuzadi;
shaxsiy tajribasiga tayanib, rasm yuzasidan tasviriy hikoyani mustaqil tuzadi;
turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali hikoyalaydi;
guruh muokamasida muloqotga kirishib va tinglab ishtirok etadi;
qofiyalar tuzadi, topishmoqlar topadi;
nutqida xorijiy so‘zlarni qo‘llaydi;
kichik she’rlarni, qofiyalarni so‘zlab berishi mumkin;
yil fasllari nomini biladi (bahor, yoz, kuz, qish).