Bolalar bogchasida bolalarni sheriyat bilan tanishtirish


TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə3/5
tarix26.12.2022
ölçüsü51,5 Kb.
#77951
1   2   3   4   5
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo’lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o’zining
tarbiyaviy rolini bajaradi. Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko’rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim. Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o’qib beradigan asarlarini tavsiya ro’yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda histuyg’u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o’zaro munosabatlarini, o’yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak-atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog’lash va o’sha vaqtdagina o’qib berish lozim, deb o’ylash noto’g’ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog’liq mavzuni o’qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o’qishni o’tkazish lozim. Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini aniqlab olishi kerak. Notanish so’zlari ko’p bo’lgani uchun bolalar mazmunini tushuna olmaydigan asarni o’qimagan ma’qul.
O’tmishda tarixiy davr bilan bog’liq bo’lgan mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarida, masalan, A.S. Pushkin ertaklarida, xalq ertaklarida uchraydigan juda ko’p notanish so’zlarni tushuntirish kerakmi? degan savol tug’iladi. Bu so’zlar bolalarning asar mazmunini tushunib olishlariga xalaqit bermaydimi, shuning uchun ularni tushuntirmasa ham bo’ladi. Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg’ulotlar g’oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg’itmasligi lozim. Mashg’ulotlarni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog’lom, optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o’tkazish kerak.
NATIJALAR
Ba’zan tarbiyachi muqaddima so’zida asarning nomi, muallifning ismi, mavzuni ma’lum qiladi. Masalan, «Bugun men sizlarga o’zbek xalq ertaklaridan «Aqlli qiz qanday qilib qizg’anchiq boyni aldagani»ni o’qib beraman. Mashg’ulotni muqaddima suhbati bilan boshlash mumkin. Masalan, S.Y.Marshakning «O’n ikki oy» ertagini o’qib berishdan oldin: Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi? Bolalar yoki tarbiyachi: O’n ikki oy. Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi? Bolalar oylar nomini aytishadi, tarbiyachi esa, zarurat bo’lsa, ularning javoblarini tuzatadi. Tarbiyachi: Bir oy tugashi bilanoq ikkinchisi boshlanadi. Hali hech qachon fevral yanvar tugamasdan kelmagan yoki may oyi aprelni quvib o’tmagan. Oylar birin-ketin kelaveradi va hyech qachon bir-biri bilan uchrashmaydi. Ammo odamlar tog’lik o’lka – Begimiyada bir qiz bir vaqtning o’zida o’n ikki oyning hammasini ko’rganligi haqida hikoya qiladi. Bu qanday bo’lgan? Manna bunday .... Keyin tarbiyachi kitobdan o’qiy boshlaydi. Ertak o’qib bo’lingach, qizcha bir vaqtning o’zida birdaniga o’n ikki oyni qanday ko’rganligi, qiyin vaqtda oylar qizchaga qanday yordam berganligi va boshqalar haqida suhbat o’tkazgan ma’qul. Ayniqsa, axloqiy-estetik va bilish mazmuniga ega bo’lgan kitoblarni o’qib berishda puxta tayyorgarlik talab qilinadi.

Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin