Bolalar pedagogikasi


-bosqich: «Barqaror toraqqiyot uchun inklyuziv ta’lim» mavzusida milliy anjuman tashkil etish. 3-bosqich



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə12/15
tarix21.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#133681
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
bolalar pedagogikasidan k. ishi

2-bosqich: «Barqaror toraqqiyot uchun inklyuziv ta’lim» mavzusida milliy anjuman tashkil etish.

3-bosqich: Xalq ta’limi vazirligining viloyat boshqormalori bilan hamkorlikda nuqson bilan rivojlanoyotgan bolalarni aniqlash bo’yicha tibbiy-psixologik-pedogogik komissiyani toshkil etish. Qo’shma guruh va sinflarda o’qitish moqsadida nuqson dorajosi me’yordon og’ishgon (3-7 yoshdagi) bolalarni aniqlash.

4-bosqich: Uslubiy tavsiyanomalar, qo’llanmalar va dasturlarni nashr qilish.

5-bosqich: Pedagog-tarbiyachilar, o’qituvchilar, psixologlarning qo’shma guruhlari va sinflarda bolalardagi nuqsonlarni tuzatish va rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish.

6-bosqich: Mavjud bolalar ta’limi muassasalarida, 2 ta bog’cha va 2 ta o’rta maktabda maxsus tajribaviy guruh tashkil etish, Texnik yordam ko’rsatish.

7-bosqich: Maktabgacha inklyuziv ta’lim Ixtisoslashgan ishlab chiqilgan tajribalarni targ’ib qilish bo’yicha ilmiy-uslubiy, amaliy-mintaqaviy anjumanni tashkil etish.

8-bosqich: Monitoring va baholash.

9-bosqich: Moliyaviy hisobot.

Loyiha yordamga muhtoj bolalar, ularning ota-onalari, bog’cha pedagog-tarbiyachilariga qaratilgan.

Loyiha Respublika ta’lim markazi qoshidagi Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi tomonidan Toshkent Davlat pedagogika universitetining Boshlang’ich ta’lim va defektologiya fakulteti, YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi va YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi, shuningdeq boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Loyiha bir yil muddatga mo’ljallangan.

Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi 2001 yilda O’zbekiston Xalq talimi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida tashkil etilgan.

Tashkilotning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:

- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchi va tarbiyachilar uchun turli anjuman va o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish


orqali O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga inklyuziv ta’limni tatbiq etish;

- nogiron bolalar uchun o’quv darsliklarini yaratish;

- nogiron bolalar uchun tajribaviy maydonlar barpo etish;

- bola uchun alohida rivojlantirish rejasini yaratish;

- pedagoglar va ota~onalarga maslahat xizmatini ko’rsatish;

- uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar, maxsus maktablarda nogiron bolalar bilan ishlash rejasini yaratish;

- yuridik faoliyat va ijtimoiy muhofaza bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash;

- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi jamoat va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

- nogiron bolalar ta’limi sohasida mavjud kamchiliklarni ommaviy axborot vasitalarida yoritib borish;

- xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; maxsus ta’lim sohasidagi tajribalarni tatbiq etish.

Ta’lim sohasida yordamga muhtoj bolalarning tahsil olishlari hamisha jamiyatning diqqat markazida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan, ularga ta’lim beruvchi pedagoglar va mutaxassislor malakasini oshirish, zarur zamonaviy qo’llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash ham bu masalani hal qilish uchun qo’yilgan qadamlardan biri hisoblanadi.

BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilingan «Bola huquqlari to’g’risidagi»gi Konvensiyasi hamma bolalarni, shu qatori maxsus ehtiyojli bolalar huquqlarini ham himoya qiladi va qo’llab-quvvatlaydi. Aynan 2, 23, 28, 29 - moddalarda maxsus ehtiyojli bolalari huquqlari belgilangan.

Bolalar huquqlari To’g’risidagi Konvensiyaning 2-moddasi maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun asosiy modda hisoblanadi. Unda mazkur Konvensiyadagi har bir modda irqi, dini, millati, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha bolalaga tegishliligi haqida ta’kidlanib, “Barcha huquqlar har bir bola uchun tegishli. Kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun zarur choralarni ko’rish ishtirokchi davlatlar majburiyatlariga kiradi” deb bayon qilingan.

2000 yil O’zbekistonda inklyuziv ta’limning ilk asosi sifatida Respublika ta’lim markazi maxsus ta’lim bo’limi tomonidan “O’zbekiston respublikasida alohida yordamga muhtoj bolalar ochiq ta’lim tizimining rivojlantirish chora-tadbir rejasi” ishlab chiqildi. Bu reja dasturda alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim tizimga kiritishning quyidagi tashkiliy asoslari yoritib berildi:

ommaviy axborot orqali jamiyat ongini inklyuziv ta’limga tayyorlash;

Respublikadagi alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalar haqida axborot banki yaratish;

-barcha turdagi nuqsonli bolalar uchun umumta’lim va yakka tartibda oilalarda o’qitilishi bo’yicha turli xil o’quv metodik adabiyotlar, didaktik vasitalar ishlab chiqish va ta’minlash masalalari qayd qilingan.

Inklyuziv ta’lim konsepsiyasini O’zbekistonda joriy qilish va undagi muammolarni hal qilish maqsadida turli xil chora-tadbirlar uyushtirish, matbuot-axborot vasitalari orqali targ’ibot-tashviqot ishlari bir muncha faollashdi.
Respublika ta’lim markazi YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda 2001 yilda “Inklyuziv ta’lim” mavzusida seminar o’tkazib, uning tavsiyalariga asosan Respublika Ta’lim Markazi maxsus ta’lim bo’limi qoshida “Inklyuziv ta’lim resurs markazi” tashkil etildi. “Inklyuziv ta’lim resurs markazi”ning vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:

-ta’limga jalb etilmagan imkoniyati cheklangan bolalar ta’limini tashkil etishga ko’maklashish;

-inklyuziv sinf va guruhlarni o’quv metodik majmualar bilan ta’minlash;

-joylardagi resurs markazlarga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish;

-imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalariga farzandlarini tarbiyalash, maktabga va ijtimoiy hayotga tayyorlashga oid turli shakldagi tadbirlarni tashkil etish, maslahatlar berish;

-imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga ta’lim berish, kasb-hunarga o’rgatish ishlarini amalga oshirish maqsadida umumta’lim muassasalarida inklyuziv sinflar va guruhlar tashkil etish, ta’limni integrasiya asosida olib borish kabilar.

2002 yilning 31 may kuni “Ta’lim hamma uchun Dakar Deklorasiyasi”ning mohiyatini O’zbekistonda tadbiq etish yuzasidan Xalq Ta’limi Vazirligi, YuNESKO xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “Ta’lim hamma uchun” mavzusida halqaro forum tashkil etildi. Forumda xalqaro YuNESKO tashkilotining eksperti janob Kotibxon ishtirok etib forum qatnashchilariga “Ta’lim hamma uchun” Milliy dastur rejasini ishlab chiqish mavzusida seminar tashkil etdi.

Natijada 2003 yil “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi ishlab chiqildi. “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi 2000 yilgi Dakar shartnomalari doirasida ishlab chiqilgan bo’lib, siyosatchilar, ta’lim tizimi, vazirlik va idoralar rahbarlari, pedagoglar, jamoat arboblari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish muammolari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo’ljallangan. “Ta’lim hamma uchun” Milliy harakat rejasini ro’yobga chiqarish bo’yicha yaqin davrlar (2001-2015- yillar)ga mo’ljallangan tadbirlar belgilanib, u Ta’lim hamma uchun milliy harakati hamda umumiy o’rta ta’lim maqsad va vazifalarini ro’yobga chiqarish siyosati” deb nom olgan VI bandining IX yo’nalishi Maxsus ta’limga yo’naltirilgan bo’lib, unda maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishda qonunchilik va me’yoriy bazani takomillashtarish, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim-tarbiya, maxsus ta’lim mazmunini, inklyuziv ta’lim jarayonining o’quv-uslubiy tomonini takomillashtirish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, inklyuziv ta’limning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, inklyuziv ta’limni joriy etishda targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish va boshqa masalalar qayd etilgan.

2005 yilning 19 sentyabr kuni XTVning 234-sonli buyrug’i bilan «Imkoniyati cheklangan bolalalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvaqqat Nizom»i tasdiqlandi. Ushbu Nizomda inklyuziv ta’lim tizimining maqsad, vazifalari belgilab berilgan. Unda qayd qilinishicha, imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar quyidagi tartibda inklyuziv ta’limga qamrab olinadi:

-ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar;

-harakat muvozanati buzilgan;

- o’z-o’ziga xizmat qila oladigan debillik darajasidagi oligofren bolalar va o’smirlar;

-nutqida nuqsoni bo’lgan (muloqoti cheklanmaydigan darajadagi) bolalar;

-zaif ko’ruvchi bolalar va o’smirlar;

-zaif eshituvchi va kech (5 yoshdan keyin)kar bo’lgan bolalar;

-ko’zi ojiz (Brayl yozuvi va o’qishni egallagan) bolalar va o’smirlar;

-kar (muloqot darajasida nutqi bo’lgan, o’qish va yozishna egallagan) bolalar va o’smirlar.

«Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvaqqat Nizom»ning 4-bandida inklyuziv ta’lim tizimida o’quv tarbiya jarayonini tashkil etishning quyidagi masalalari qayd etilgan:

4.1.Inklyuziv ta’limni tashkil etilgan barcha umumta’lim maktablarida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona munosabat ruhi shakllanadi.

4.2. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida Davtlat Ta’lim standartlariga ilova sifatida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun korreksion dastrlar ham inobatga olinadi, maxsus korreksion ishlarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi (maxsus jixozlangan korreksiya xonasi, maxsus infrastruktura).

4.3. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida tayorlov guruh va birinchi sinflarida 35 daqiqa boshqa sinflarad 45 daqiqadan darslar olib boriladi;

4.4. Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning bilimlari ularning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlariga asoslangan holda belgilangan tartibda baholanadi.

4.5. Ta’lim jarayonida zamonaviy umumdidaktik tamoyillar bilan bir qatorda maxsus tamoyillar ham e’tiborga olinadi.

4.6. Korreksion ta’lim o’quvchilarning ehtiyojlariga ko’ra tabaqalashtirilga holda tashkil etiladi.

4.7.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabiga o’quvchilar ota-onalarning arizasi hamda “Tibbiy-psixologo-pedagogik komissiya”lari xulosalari asosida qabul qilinadi va ta’lim muasasalari rahbarlarining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.

4.8.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabidagi sinflarida integrasiya qilingan o’quvchilar soni 4 nafardan oshirilmaydi hamda o’quvchilar umumiy soni 25 nafargacha belgilanadi.

Shuningdek mazkur Nizomda inklyuziv ta’lim ishtirokchilari, inklyuziv ta’lim mutaxassislarining ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar bilan hamkorligi, xalqaro hamkorlikda qatnashish xususiyatlari batafsil bayon etilgan.“Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smrlar uchun nklyuziv ta’lim muvaqqt Nizom” asosida Respublikamizda inklyuziv ta’lim tizimining quyidagi huquqiy-ijtimoiy asoslari yaratildi:

-bolani ijtimoiy hayotga tayyorlashda yoshi, jinsi irqi, millatidan qat’iy nazar O’zbekiston Konstitusiyasining moddasiga asosan barcha bolalar umumta’lim jarayoniga kiritish va ijtimoiy hayotga moslashtirish lozimligi belgilangan;

-har bir bola o’zining qiziqishi qobiliyati, va ehtiyojiga ko’ra mos ravishda bilim olishi huquqiga ega;

-ta’lim dasturini ishlab chiqishda va amalga oshirishda o’ziga xoslik va ehtiyojlarning turli-tumanligini nazarda tutish;

-har bir bola tengdoshlar qatori bilim olish huquqiga ega bo’lishi;

-bolani ta’limga emas, balki ta’limni bolani ehtiyojiga ko’ra tashkil etilishi;

-bolan muhtojligi va imkoniyatini e’tiborga olgan holda ta’lim metodologiyasini, o’quv rejalarni ixcham bo’lishini qo’llab-quvvatlash hamda baholash;

-inklyuziv ta’lim muammoni bolada emas, tizimda ekanligini aniqlaydi, bolaga qulay shart-sharoit yaratishni ta’minlaydi;

-bolani shaxsiy ehtiyojiga qarab korreksion-pedagogik va ijtimoiy yordamni tashkil qiladi va hokazo.

Bugungi kunga qadar Respublikamizda o’tkizilgan seminar treninglarda 500dan ortiq ishtirokchilar inklyuziv ta’lim tizimining mazmun mohiyati, uni joriy qilish bosqichlari xususida mukammal ma’lumotlarga ega bo’ldilar.


Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olishini yanada takomillashtirish, amaliyotda uchraydigan muammolarning yechimlarini davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida hal qilish masalalari yuzasidan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

-korreksion ta’lim strukturasini sifat jihatdan yangilash;

-respublikaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich to’liq integrasiyasiga amal qilish;

-davlat normativ hujjatlariga inklyuziv ta’limni joriy etish bo’yicha qo’shimchalar kiritish yoki tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash;

-binoni ularga mos ravishda rekonstruksiya qilish;

-umumta’lim tizimida ta’lim olayotgan maxsus ehtiyojli bolalar uchun zaruriy moddiy texnik ba’zani yaratish;

-inklyuziv ta’limni tashabbuskorliq mehr-muruvvat tarzida tashkil etish;

-maktabning ish faoliyatiga inklyuziv ta’limni amalga oshirish borasida o’zgarishlar kiritish;

-umumta’lim muassasa pedagoglarini inklyuziv ta’lim bo’yicha qayta tayyorlash;

-barcha pedagogika oliygohlarida va o’rta maxsus o’quv yurtlarida korreksion pedagogik kurslarni kiritilishi;

- korreksion Davlat ta’lim talablari va dasturlarni imkoniyati cheklangan bolaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda moslashtirishirilgan, ishlab chiqish;

-umumta’lim, maxsus maktab pedagoglari, ota-onalar uchun o’quv metodik va ilmiy ommabop, ixcham turdagi o’quv adabiyotlar va individual dasturlar yaratish;

-nogiron bolani ilk yoshidan tashxis qilish va korreksion pedagogik yordam berish;

-imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimida umumiy va korreksion ta’lim olishini ilmiy asoslari, standart talablar, o’quv metodik majmualarni yaratish va ta’minlash;



-kasb-hunarga o’rgatish, reabilitasiya qilish va bu ishda oilani bevosita ishtirokini ta’minlash kabi bir qator dolzarb masalalarni kelajakda keng qamrovli bajarish uchun davlat tasarrufida muvofiqlashtiruvchi ilmiy-pedagogik resurs markazi, boshqarma, ilmiy labaratoriyalar tashkil qilish kabi tashkiliy, ilmiy-uslubiy, amaliy ishlarni bajarish inklyuziv ta’limni joriy qilish muvaffaqiyatini ta’minlaydi.



Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin