XULOSA Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishida nihoyatda yuqori e’tiborni talab qiluvchi umuta’lim tizimining sohasi hisoblansa, imkoniyati cheklangan bolalar esa jamiyatning ijtimoiy qatlamidir, chunki ularning ko’pchiligi kam ta’minlangan oilalarda voyaga yetganlar.
Inklyuziv ta’lim – bu imkoniyati cheklangan bolalarni barcha zaruriy vositalar bilan ko’pchilik bolalar uchun amalga oshiriluvchi ta’lim tabirlariga jalb etishdir. Shundagina imkoniyati cheklangan barcha bolalar jamiyat hayotida faol ishtirok etishga erishishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim nafaqat ta’lim borasida, balki bolalarning ma’naviy va jismoniy o’sishlari, shuningdek vositalarni iqtisod qilish borasida ham samaralidir.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maxsus ta’limda o’qitishni inklyuziv va integrallashtirilgan ta’lim asosida olib borish ta’lim siyosatidagi asosiy yo’nalishlardan biri sifatida e’tibor qaratilmokda.
Ta’limda inklyuziv yondoshish nafaqat pedagogik hissiy, psixologik jihatdan qulay, bu davlat uchun ham ancha arzon va samarali hisoblanadi. Bu vaziyatda mukammal tayyorlangan eksperimental loyihalar tuzilishi kerak, ular inklyuziv ta’limning ijobiy tomonlari amalda bajarilishini va ularning modellari tarqatilishini ta’minlashi lozim. Ayni vaqtda Xalq ta’limi vazirligi va xalqaro tashkilotlar ishtirokida ta’limni rivojlantirish borasida quyidagi eksperimental loyihalar amalga oshirilmokda.
2001 yilda YuNESKO tashabbusi bilan Respublika ta’lim markazi qoshida inklyuziv ta’lim yo’nalishi bo’yicha Resurs Markazi tashkil etildi. Markazning maqsad va vazifalari imkoniyati cheklangan bolalarga davlat va nodavlat tashkilotlar, ota-onalar, ko’ngillilar tomonidan ko’rsatilayotgan yordam va tashabbuslarni umumlashtirish va jamlashtirishdan iboratdir. O’zbekistonda inklyuziv-korreksion ta’lim va bolalar ta’lim muasssasalarining asosiy tayanch punktlarini tuzish Xalk ta’limi vazirligi va YuNESKO ning asosiy loyihasi hisoblanadi. Bu dasturni rivojlantirish maqsadida Farg’ona, Xorazm, Namangan, Surxondaryo, Andijon viloyatlarida inklyuziv ta’lim yo’nalishida Resurs Markazi tashkil etildi. Bu markazlar yordamga muhtoj bolalarni o’qitish, rivojlantirish va ularning reabilitasiyam bilan shug’ullanadi hamda inklyuziv yo’nalishdagi ta’limni davlat tashkilotlari va jamoatchilik bilan bo’lgan munosabatlar orqali rivojlantiradi. Mana shu kabi markazlar respublikamizning barcha viloyatlarida faoliyat yuritsa ta’lim sifati yanada oshgan bo’lardi.
Xalq ta`limi vazirligi bilan hamkorlikda Resplika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, kar bolalarning 99 foizi umumtalim muassasalarida o’qishni xohlashmaydi Ijtimoiy himoyalash bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlarda turgan Shvesiyada ham vaziyat xuddi shunday ekan. U yerda o’quvchilar alohida maxsus internatlarda o’qitiladi.
Xuddi shu holni Respublikamizdagi aqli zaif o’quvchilarga mo’ljallangan maktab-internatlarda ham kuzatish mumkin. Shu bois, deinstitusiyalashga, inklyuziv ta’limni kiritishda muhitni chuqur o’rgangan holda, ehtiyotlik bilan ish ko’rish zarur hisoblanadi. Zero, bizning asosiy maqsadimiz har bir bolaning o’z oilasida yashash va bolalar qatorida sifatli bilim olish haq - huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun biz murrakkab masalalarni hal qilishimiz, bu ishni turli yo’nalishda olib borishimiz lozim. Bolalarni ijtimoiy himoyalash yo’lida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish uchun tatbiq etilayotgan dasturlarning doimiy monitoringini olib borish zarur.
Men xulosa sifatida shuni ayta olamanki ta’lim olishga barcha birday haqlidir , xoh u jismonan yoki manam sog’lom yoki nosog’lom bo’lsin. Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqatmaxsusmaktablarda emas, balki sog’lom bolalar o’qiydigan umumta’lim maktablarida ham ta’lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e’tirof etadi.Buning uchun esa maktab ham, o’qituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv ta’lim tizimiga tayyor bo’lishi, maktab darajasi, jismoniy sharoit va o’qishga imkon omillari shu ta’lim talablariga to’la javob berishi kerak.